(melanotsitlarni) saqlaydi. Bu to`qima so`rg`ich sohasida, anal teshigi atrofida, yorg`oq xaltada hamda
hujayralari asosan fibroblastlar bo`lib, asosiy moddada juda ko`p miqdorda gialuron kislotasi
uchraydi. Bu kislota amorf yoki asosiy moddaga dirildoq yoki shilliqsimon xususiyat beradi.
Homiladorlikning ikkinchi yarmidan boshlab asosiy moddada kollagen tolalarining miqdori oshadi va
kamayishi kuzatiladi. Asosan fibro blast hujayralari kamayishi natijasida ma’lum darajada aso-siy
xondriotinsulfat va uning efirlari oshadi. Sulfatlangan polianionlar oshishi uning qon plazmasining
beta-lipoproteid fraksiyasi bilan erimaydigan komplekslar hosil qilishiga olib keladi. Bu esa qon tomir
devorida ateromatoz tanachalar hosil bo`lishiga va ateroskleroz kasalligining rivojlanishiga sabab
bo`ladi. Xondriotinsulfatning ko`payishi uning kaltsiy tuzlari bilan bog`lanishini kuchaytirib, bu
Shunday qilib, yosh ulg`ayishi bilan biriktiruvchi to`qimaning tolalari ko`payib, hujayra
123
yosh ulg`ayishi bilan sklerozga uchrashini e’tirof etadilar. Bu esa a’zolarning biriktiruvchi to`qima
orqali oziqlanishini buzilishga olib keladi.
QON VA BIRIKTIRUVCHI TO’QIMA HUJAYRALARINING O’ZARO MUNOSABATI
Ichki muhit tuzilmalari bo`lgan qon va biriktiruvchi to`qima hujayralari kelib chiqishi, tuzilishi
va faoliyati bo`yicha bir-biri bilan uzviy bog`liqdir. Sog`lom organizmda ular orasidagi munosabat
yaqqol ko`zga tashlanmaydi. Ba’zi kasalliklarda (masalan, yallig`lanish jarayonida), bu
hujayralarning birgalikda faoliyat qilishini aniq ko`rish mumkin. Yallig`lanish - bu to`qi-malarda turli
shikastlovchi ta’sirlarga javoban vujudga keladigan himoya jarayonidir. Bu jarayon bir-biridan keskin
chegaralanmagan bnr necha bosqichlardan iborat bo`lib, uning har bir bosqichida qon va biriktiruvchi
to`qimaning ma’lum bir hujayralari asosiy o`rin tutadi. To`qima jarohatlanganda yoki unga yot
zarrachalar (masalan, mikroblar) tushganda dastavval shu joy-dagi qon kapillyarlarining kengayishi
va devorining o`tkazuvchanligi oshishi kuzatiladi. Natijada, yallig`lanish maydonida to`qima
suyuqligining miqdori keskin oshadi va shish hosil bo`ladi. Yallig`lanish maydonidagi parchalanish
mahsulotlari bu yerga neytrofil leykotsitlarni jalb qiladi (xemotaksis). Qon kapillyarlari devori orqali
chiqqan neytrofil leykotsitlar yallig`la-nish maydoni atrofida to`planadi va leykotsitar valni hosil
qiladi. Neytrofil leykotsitlar yot zarrachalarni fagotsitoz qiladi va shu bilan birga o`zlari ham ko`p
miqdorda yemiriladi. Keyingi bosqichda yallig`lanish maydoni atrofiga ko`p miqdorda monotsitlar va
limfotsitlar to`planadi. Monotsitlar makrofaglarga aylanib, yot zarrachalarni fagotsitoz qiladi.
Yallig`lanish maydoni yot zarrachalardan va yemirilgan hujayra qoldiqlaridan tozalangandan so`ng
bu yerda qayta tiklanish (regeneratsiya) bosqichi amalga oshadi. Bu bosqichda yallig`lanish
maydonida ko`p miqdorda fibroblastlarning hosil bo`lishi kuzatiladi. Ular kollagen tolalarini ishlab
chiqarib, jarohatlangan joyning qayta tiklanishini ta’minlaydi. Shunday qilib, yallig`lanish jarayonida
shartli ravishda ketma-ket keladigan uch bosqichni qayd qilish mumkin: a) leykotsitlar; b)
makrofaglar; v) fibroblastlar bosqichlari. Bu jarayonda aytib o`tilgan hujayralardan tashqari to`qima
bazofillari, eozinofil va bazofil leykotsitlar ham ishtirok etadi.
Ichki muhit tuzilmalarining, ya’ni qon va biriktiruvchi to`qima hujayralarining o`zaro
munosabati rangli sxemada keltirilgan (sxemaga qarang). Bu sxema professorlar Q. R. To`xtayev, A.
Yu. Yu`ldoshevlar olib borgan ko`p yillik tadqiqotlar asosida tuzilgan bo`lib, ikki asosiy qismdan
iborat. Uning birinchi qismida qon hujayralarining taraqqiyoti keltirilgan. Bu yerda qonning o`zak
hujayralaridan to yetuk qon shaklli elementlari hosil bo`lgunga qadar kechadigan jarayonda (ya’ni,
gemopoez jarayonida) bo`ladigan morfologik o`zgarishlar o`z ifodasini topgan. Sxemaning ikkinchi
qismi esa to`qimalarga o`tgan qon hujayralarining biriktiruvchi to`qima va epiteliy to`qimasi
hujayralari bilan o`zaro munosabatini aks ettiradi. Yot zarrachalar, masalan,. mikroblar, ichki muhitga
jarohatlangan teri yoki shilliq pardalar epitslinsi orqali kiradi. Ularga javoban kapillyarlar va post
kapillyar venulalar devori orqali leykotsitlar chiqadi.. Ular bazal membranadan o`tib, epiteliy orasiga
kirishi va bu yerda yot zarrachalar bilan uchrashishi mumkin. Epiteliy jarohatlanganda yot zarrachalar
shilliq qavatning xususiy pardasiga kirishi mumkin. Bu holda qon va biriktnruvchi to`qima
hujayralarining himoya vazifasi bevosita shu yerda amalga oshadi.
Shunday qilib, organizmda kechadigan yallig`lanish va barcha turli xil himoya reaksiyalarida
qon va biriktiruvchi to`qima hujayralari bir-biri bilan uzviy bog`liq holda ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: