SUT BEZLARI
'Sut bezlari terining ko’rinishi o’zgargan apokrin bezlaridan iboratdir. U terining hosilasi bo’lib,
ektodermadan kelib chiqi-shiga qaramasdan faoliyati jihatidan ayollar jinsiy sistemasi bilan
chambarchas bog’liq bo’lganligidan jinsiy sistema bo’limida o’rganiladi.
Taraqqiyoti. Sut bezlarining kurtaklari homila taraqqiyoti-ning ikkimchi oyida epidermisning butun
tana bo’ylab cho’zilgan ikkita zich tizimchasi sifatida paydo bo’ladi va sut chizig’i deb nomlanadi.
Har bir sut chiziqlarining oldingi yuzasida epider-mis qalinlashib sut nuqtasini hosil qiladi. Epider-
mal tizimchadan ostida yotgan mezenximaga 20-25 tacha epidermal tizimcha o’sib kiradi. Ularning
distal oxiri shoxlanib ketadi va sut bezlarining kurtaklarini hosil qiladi. Homilaning tug’ilish vaqta
yaqinlashganda epitelial o’simtalarning ichida bo’shliq hosil bo’ladi. Buning natijasida naylar
sistemasi vujudga ke-lib, ularning uchlari kengayib, terining yuzasiga ochiladi. Bu naylar ochiladigan
joy uni qoplab turgan epiteliy hujayrala-rining muguzlanishi va tushib ketishi natijasida avval
chuqurcha shaklini oladi, tug’ilish davriga kelganda bu chuqurcha tekislana-di. ^eyinchalik shu soha
epiteliysining zo’r berib ko’payishi
natijasida chuqurlik o’rnida so’rg’ich paydo bo’ladi. YAngi tug’il-ganlarning sut bezlari to’la
differentciallashmagan bo’lishiga qaramay, bir oz bo’lsa ham, sekretciya qobiliyatiga egadir. Tug’nl
1
-
gandan keyin bir necha kun sut bezlari sekretor faoliyatini bosh.-laydi va tarkibi bo’yicha og’iz sutiga
yaqin suyuqlik ajratadi. Bu jarayon uzoqqa cho’zilmaydi, dastlabki haftalarda tugaydi.
Balog’at yoshiga etguncha sut bezlari har ikki jinsda bir xil tuzilishga ega bo’lib, rivojlanayotgan
epitelial naylar joylash-gan biriktiruvchi to’qimadan iborat. Har ikkala jinsda sut bez-larining
taraqqiyotidagi farq balog’at yoshiga etganda boshlanadi. Ug’il bolalarda bez apparati taraqqiyoti,
to’xtaydi, reduktciyalash-gan holatda qoladi. Qiz bolalarda esa bez naylaridan yoki sut yo’llari deb
ataluvchi naylardan yon o’simtalar hosil bo’ladi, ularning oxirlarida qopchasimon kengaymalar-
sekretor oxirla-ri (al’veolalar) yoki atcinuslar paydo bo’ladi. Hamma bezlar zo’r berib kattalashadi va
yirik murakkab nay al’veolali bez ko’ri-nishini oladi. Bir vaqtning o’zida biriktiruvchi to’qamada og’
hujayralari yig’ila boshlaydi, bu sut bezlariga qabari^; shaklni beradi. Sut bezlarining taraqqiyoti va
tuzilishi homiladorlik va laktatciya davrida nihoyasiga etadi.
SHunday qilib, ayollarda sut bezlarining taraqqiyotn tuxum-don faoliyatining boshlanishi bilan
bog’liq. Klimaks davrida tuxumdonda gormon hosil bo’lishi susaya boshlaganida sut bezlari ham
involyutciyaga uchraydi.
Sut bezlari o’zining tuzilishi va faoliyatida homiladorlik va laktatciya bilan bog’liq bo’lgan
davriylikka ega. SHuning uchun sut bezining uch holatini farqlash mumkin: 1) balog’at yoshida, ya’ni
bezning tinchlik davridagi tuzilishi: 2) sut bezining hom.n-ladorlik davridagi tuzilishi; 3) sut beznning
laktatciya davrida-gi tuzilishi.
Homilabor bo’lmagan ayol sut bezining tuzilishi. To’la rivoj-langan sut bezlari ayollarda al’veolyar-
naysimon tuzilishga ega bo’lib, so’rg’ichdan
radial yo’nalgan 15-25 ta bo’lakdan iborat. Har
402
bir bo’lak bir-biridan yog’ hujayralariga boy biriktiruvchi to’-qimali qatlam bilan ajralgan. Har bir
bo’lim kengligi 2- 4,5 mm keladigan o’zining sut yo’li (ductus lactifer) ra ega. Bu yo’llar ko’krakning
pigmentli maydoni sohasiga kelib kengayadi va sut sinuslari (sinus lactifer) ni hosil qiladi. Ular
so’rg’ich-da torayib, uning cho’qqisida 0,4-0,7 mm diametrdagi sut teshik-larini hosil qilib ochiladi.
Sut teshiklarining soni sut yo’l-larining sonidan kamdir. Sut sinuslari al’veolalarda ishlana-digan
sutning yig’iluvchi rezervuari hisoblanadi.
Har bir bo’lak, o’z navbatida, siyrak tolaln shakllanmagan biriktiruvchi to’qima yordamida kichik
bo’lakchalarga bo’linadi. Har bir bo’lakcha oxirgi sekretor bo’limlar - al’veolalar va sut iulidan iborat
(254-rasm). Bo’lakchalararo biriktiruvchi to’qima qatlamlarida kollagen tolalar kam, hujayra
elementlari mo’l bulib, ularning orasida fibroblast, makrofaglar, semiz hujay-ralar, limfotcitlar va
eozinofillar uchraydi. Jinsiy tcikl da-
254- rasm. Sut bezi. Gematoksilpn-eozpn bilap bo’yalgan. 06. 20. sk. 10
\__bo’lakchalarare sut yo’llari; 2- bo’lakchalararo birnktiruvchi to’qima;
3 - bez bo’lakchalari; 4 - oxirgi sekretor bo’limlar.
vomida sekretor bo’lim oxirlarida ma’lum bir o’zgarishlar bo’lib o’tadi.
Al’veolalarning kattalashuvi ovulyatciyadan bir necha kun oldin boshlanib, 20-kungacha davom
etadi. Ammo 22-23-kunlardan boshlab, ko’p al’veolalarda proliferatciya jarayoni to’xtab, kichik-
lashadi. Menstruatciyadan 9-10 kun o’tgandan keyin sut bezlari ning o’sishi yangitdan boshlanadi.
Sut yo’llari diametriga qarab yo bir qavatli kubsimon, yoki tcilindrosimon epiteliy bilan qoplanadi.
So’rg’ichga yaqinlashgan sari epiteliy ikki qatorli bo’ladi, sut teshigi sohasida u ko’p qavatliga
aylanadi.
Sut bezining so’rg’ichi terining bo’rtmasidan iborat bo’lib, uning epidermisi kuchli ravishda
pigmentlashgan va yuqori qavat-lari muguzlangan. Derma so’rg’ich va so’rg’ich atrofi sohasida epi-
dermisga baland so’rg’ichlar hosil qilib botib kiradi. SHu er, ayniqsa, kapsulaga o’ralgan retceptor
nerv oxirlariga boydir. Bu zonada retceptorlarning mo’lligi laktatciya davrida sut bezi aso-siy
faoliyatining nerv reflektor mexanizmlarga bog’liq ekanli-gini ko’rsatadi. So’rg’ichning asosida
so’rg’ichning taranglashuviga yordam beruvchi, sut chiqaruv yo’lining og’zida joylashgan aylana
eilliq mushak tolalari yotadi. Bundan tashqari, so’rg’ich atrofi dermasida radial yotuvchi mushak
tutamlarining qisqarishidan so’rg’ich bo’rtib turadi. So’rg’ich atrof maydonida ter va yog’ bezlari xam
mavjud.
Sut bezlarining biriktiruvchi to’qimasida qon tomirlar mo’l. So’rg’ich sohasida, so’rg’ich venalarini
qon bilan to’ldirib, o’ziga xos erektciyani yuzaga keltiruvchi arteriolovenulyar anastomozlar
joylashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |