Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet297/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

AYOLLAR JINSIY A’ZOLARI 

Ayollar  jinsiy  sistemasi  -  jinsiy  bezlar  (tuxumdonlar)  va  yordamchi  jinsiy  a’zolar  (bachadon  nayi, 

bachadon, qin hamda tash-qi jinsiy a’zolar) dan tashkil topgan. 

TUXUMDON (OVARIUM) 

(Tuxumdon, bir tomondan, jinsiy hujayralarni hosil qiluv-chi a’zo  bo’lsa, ikkinchi tomondan, ayol 

organizmiga  umumiy  ta’sir  qiluvchi  gormonlar  ishlab  chiqaradigan  murakkab  inkretor  bez 

hisoblanadi. 

Tuzilishi.  Odam  tuxumdonlari  -  uzunligi  2,5-2,6  sm,  kengli-gi  1,5-3,0  sm  va  qalinligi  0,6-1,5  sm 

bo’lgan ovalsimon juft a’zodir. Tuxumdonning yuzasi faoliyatsiz kurtak epiteliysi bi-lan qoplangan. 

Epiteliy ostida tolali  yoki oqsil pardani hosil qiluvchi  yupqa  biriktiruvchi to’qimali  qatlam  yotadi. 

Parda  osti-da  u  tuxumdon  stromasiga  aylanadi.  Oqsil  parda  ham,  organning  stromasi  ham  nozik, 

siyrak kollagen fibrillalardan iborat bo’-lib, ularning orasida duksimon biriktiruvchi to’qima xujayra-

lari yotadi. Elastik tolalar juda kam bo’lib, silliq mushak hujayralari bilan birgalikda mag’iz qismida 

uchraydi. 

Tuxumdonda po’stloq modda (cortex^ovarii) vamag’izmodda (medulla ovarii) farqlanadi. Po’stloq 

moddada tuxum hujayralarining rivojlanishi (germinativ funktciya) va ovarial gormonlarning ish-lab 

chiqarish jarayoni (endokrin funktciasi) kechadi. Tuxumdonning mag’iz qismi qoy tomir va nervlarga 

boy bo’lgan biriktiruvchi to’qi-madan hosil bo’lgan. 

Tuxumdonning  po’stloq  qavatida  birlamchi,  ya’ni  primordial  fol-likullar  (folliculus  ovaricus 

primarius),  o’suvchi  follikullar  (follicu-lus  ovaricus  crescens)  hamda  etilgan  (Graaf)  follikullari 

(folluculus ovaricus vesiculosus), sariq tana (corpus luteum), oq tana (corpus albi-cans) va atretik tana 

(corpus  a^eIsshp^joylashadi.  Oksil  parda  os-tida,  tuxumdonning  periferik  qismida,  primordial 

follikullar bir necha qator bo’lib, zich joylashadi (245-rasm). Har bir^ birlamchi fol-likul ovogoniy va 

uning  atrofini  o’ragan  bir  qavat  ""follikulyar  hu-jayralardan  iborat.  Balog’at  yoshidan  boshlab 

tuxumdonda muntazam ravishda primordial follikullar etilgan^ follikullarga aylanadi. 

Ovogenez. Ovogenez jarayoni spermatogenez bilan bir xil bo’lsa ham o’ziga xos ba’zi xususiyatlarga 

ham ega. Birinchidan, 

 

245- rasm. Tuxumdonning po’st moddasi. Gematoksilin-eozin bilan bo’yalgan. 06. 



20. Ok. 10. 

1 - birlamchi follikullar; 2 - ovogoniylar; 3 - oqsil parda. 

ko’payish davri faqat embrionning tuxumdonida bo’lib, qiz bola tug’ilishi bilan ovogoniyning paydo 

bo’lishi  to’xtaydi.  Ikkinchi-dan,  o’sish  davri  ikki  fazadan  iborat.  Birinchi  fazada  (kichik  o’sish 

fazasida) 1-tartibli ovotcit o’lchamlarining sekin katta-lashuvi kuzatiladi (ovotcitlar bunday holatda 

ko’p yillabyota-di). Ikkinchi faza (katta o’sish fazasi) sariqlik kiritmalari-ning sintezi bilan bog’liq. 

Katta o’sish fazasiga, odatda, bolog’at yoshiga etgan davrda bir vaqtda bir yoki bir necha 1-tartibli 



 

389 


ovo-tcit o’tadi (246-rasm). Katta o’sish ikki haftagacha davom etadi va 1-tartibli ovotcitning etilish 

davriga o’tish bilan tugaydi. Uchinchidan, ovogenez spermatogenezdan yana shu bilan farqlana-diki

bitta birinchi tartibli ovotcitdan 1 donagina urug’lanish-ga moyil ovotcit va 3 ta reduktcion tanacha 

hosil bo’ladi. To’rtin-chidan, ovogenezda tuxum hujayrasining etilish davri tuxumdondan tashqarida 

(bachadon naylarida) kechadi. Beshinchidan, ovogenezda shakllanish davri bo’lmaydi. 

Jinsiy hujayralarning etilish davri etilgan folikullar-ning yorilib (ovulyatciyaga uchrab)uning ichidan 

birinchi  tartibli  ovotcitning  chiqishi  bilan  boshlanadi.  Bu  jarayon  bachadon  nay-larida  kechadi. 

SHunday  qilib,  ovogenez  etilgan  organizmda  ikki  davrdan  iborat  bo’lar  ekan,  bulardan  birinchisi-

o’sish  davri  bo’lib,  u  tuxumdonda;  ikkinchisi  -  etilish  davri  -  tuxumdondan  tashqarida  (bachadon 

naylarida) kechadi. 

Ovogoniylar o’sish davri boshlanishdanoq birinchi tartibli ovo-tcitga aylanadi, shuning bilan birga 

ovogoniy joylashgan primordial 

 

246- rasm. Tuxumdonning po’st moddasi. Gematoksilin-eozin bilan bo’yalgan. 



06. 40, ok. 10. 1 -to’sabtgan follikullar; 2-tuxum hujayra; 3 - tuxumdon stromasi. 

follikul o’suvchi follikullarga aylanadi. O’sishning dastlabki kunlarida follikulyar epiteliy hujayralari 

tezda ko’payib, ko’p qa-vatli epiteliyga aylanadi va follikulning donador qavati (stratum granulosum) 

ni  hosil  qiladi.  O’sish  davridagi  ovotcit  atrofida  zich  yal-tiroq  parda  (zona  pellucida)  shakllanadi. 

Follikul o’lchamining kat-talashishi uni o’rab turuvchi~ biriktiruvchi to’qimali qobiq (theca fol-lciuli) 

ning paydo bo’lishiga asos bo’ladi. 

Follikulning donador qavati bilan biriktiruvchi to’qimali qobiq orasida follikul  epiteliysining bazal 

membranasi- Slavyanskiy membranasi bo’ladi. Qeyinchalik, ko’p sonli qon ka-pillyarlari o’sib kirgan 

follikul qobig’i ikki qavatga diffe-rentciallashadi. Qobiqning ichki qavati (theca interna) siyrak tolali 

biriktiruvchi  to’qimadan  iborat  bo’lib,  unda  ko’igina  ka-pillyarlar  joylashadi.  Bu  kapillyarlarning 

atrofida ko’p sonli bezli interstitcial hujayralar yig’iladi. Qobiqning tashqi qavati (theca externa) zich 

tolali biriktiruvchi to’qimadan iborat. 

Follikulning  boshlang’ich  o’sishi  ancha-muncha  mustaqil  bo’lib,  yuqorida  bayon  etilganidek,  qiz 

bolaning tuxumdonida u bolag’at yoshiga etguncha bo’lishi mumkin. Ammo follikulning keyingi ta-

raqqiyoti gipofizning follikulni stimullovchi gormon (FGS) ta’sirida ro’y beradi. Hujayralari mitoz 

bo’linish  bilan  inten-siv  ko’payayotgan  va  qalinlashgan  donador  qavat  hujayralari  fol-likulyar 

suyuqlikni sekretciya qila boshlaydi. Sekret avvaliga 



 

390 


 

247- rasm. Tuxumdonning etilgan follikuli (Graaf^pufakchasi). Gematoksi-lin-eezin bilan 

bo’yalgan. 06. 40. ok. 10. 

1 - tuxum hujayra; 2 - yaltiroq parda: 3 -nurlitoj; 4 - donador qavatning fol-likulyar xujayralari; 4 - 

tuxum saqlovchn do’mboqcha; R - follikul bo’shllg’i; 7 -fol-likulnnng ichk,1 pardasi; 8 - 

follikulning tashqi pardasi; 9-birikgiruvchi to’qimali stroma. 

 

hujayralar  orasida  to’plana  boshlaydi,  so’ngra  ular  qo’shiladi.  Natijada  follikulyar  suyuqlik  bilan 



to’lgan bo’shliq paydo bo’-ladi. Bu bo’shliqning o’lchamlari tezda kattalashadi va 1 tartibli ovotcit 

nurli  toj  (corona  radiata)  ko’rinishiga ega  bo’lgan  bir  qavat  follikulyar  hujayralar  bilan  birgalikda 

follikulning  yuqori  qutbiga  surilib  qoladi.  Bunday  o’sishning  maksimumiga  erishgan  follikullar 

etilgan follikullar (Graaf pufakchasi) nomini oladi. Donador qavatning ovotcit joylashgan qismi tu-

xum tutib turuvchi tepacha ' (cumulus oophorius) nomini oladi Graaf pufakchasining diametri 40 mm 

gacha etadi (247-rasm). 

Bevosita  ovotcitni  qurshab  turgan  nurli  toj  hujayralari  uzun  o’simtalarga  ega  (248-rasm).  Bu 

o’simtalar  yaltiroq  parda-dan  o’tib  ovotcitning  tcitolemmasiga  etib  boradi.  Follikul  epi-teliysining 

tuxum hujayrasi trofikasida ahamiyati katta. 

Ovulyatciya  murakkab jarayon bo’lib, bunda gipofizning lyu-teinlovchi gormonining (LG)  muhim 

roli bo’ladi. Ovulyatciyada follikul qobig’i ichki qavatining kapillyariga qon kelishining kuchayishi 

va follikul suyuqligining ko’payishi natijasida ichki bosimning ortishi follikul qobig’ining yorilishiga 

sabab bo’lsa kerak. Ovulyatciya natijasida yorilgan pufakchaning bor mahsuloti qorin bo’shlig’iga 

quyiladi. Bu erda birinchi tartibli ovotcit va uni o’rab turgan nurli toj bachadon voronkasining ovotcit 

shoki-lalari orqgli nay ichiga o’tadi. Odamda har bir ovulyatciyada, odatda, bitta follikul etiladi va 

yoriladi.  Ba’zi  sut  zmizuvchilarda  esa  bir  vaqtning  o’zida  10-12  follikullar  o’sib,  ovulyatciyaga 

uchraydi. 

Ovogenezning etilish davrida reduktcion (meyoz) bo’linish ketib, birinchi bo’linishdan yirik ikkinchi 

tartibli ovotcit va abortiv (reduktcion) tanacha hosil bo’ladi. Ikkinchi tartibli ovotcit tezda ikkinchi 

marta  bo’linib,  etilgan  tuxum  hujayra  va  ikkilamchi  reduktcion  tanachani  hosil  qiladi.  Birlamchi 

reduk-tcion  tanacha  ham  ba’zida  ikkiga  bo’linadi.  Etilish  davrida  ketma-ket  ikki  marta  bo’linish 

natijasida xromosomalar soni-ning ikki marta kamayishi yuz berib, har bir birinchi tartibli ovotcitdan 

bir  dona  yirik,  urug’lanishga  tayyor  bo’lgan,  gaploid  xromosoma  tutgan  tuxum  hujayra  va  uchta 

abortiv (reduktcion) tanacha hosil bo’ladi. 

 



 

391 


 

248- rasm. Tuxumdondagi ovotcit11ing elektron mikrofotografiyasi X 2. 500. 

1 - yadro, 2 - yadrocha; 3]-'tcitoplazmadagn^sariqlik donachalarn: 4 -*mul’tivezikulyar'"tana- 

cha; 5 - hujayra qobig’n; b'-yaltiroq zona; 7 - donador qavatdagi follikulyar hujayralar; 

8 - follikulyar hujayralarning o’siqlari (Rodindan). 

Sariq tananing tuzilishi va uning tciklik o’zgarishlari. Etilgan pufaksimon follikul yorilganidan so’ng 

uning  donador  qavati  va  biriktiruvchi  to’qimali  qobig’i  (theca  folliculi)  saq-lanib  qoladi.  Uning 

devorlari  burishib,  bo’shlig’i  esa  ovulyatciya  vaqtida  yorilgan  qon  tomirlardan  chiqqan  qon  bilan 

to’ladi. Ho-sil bo’lgan qon ivindisi tezda biriktiruvchi to’qima bilan al-mashinadi, natijada, bo’lg’usi 

sariqlik tana markazida birik-tiruvchi to’qimali chandiq hosil qiladi. SHunday qilib, ovulya-tciyadan 

so’ng follikul o’rnida yangi tuzilma-sariq tana rivoj-lana boshlaydi. 

Urug’lanish bo’lish-bo’lmasligidan qat’i nazar sariq tana ri-vojlanishida ma’lum davrlar sodir bo’ladi. 

Odatda, 4 bosqich farqlanadi: 

1. Proliferatciya va vaskulyarizatciya davri. 

2. Bezli metamorfoz davri. 

3. Gullash yoki ravnaq topish davri. 

4. Aks taraqqiyot davri. 

Birinchi  davr  -•  proliferatciya  va  vaskulyarizatciya  davri  so-biq  donador  qavat  epiteliysining 

ko’pashshi  va uning orasiga  (theca interna)  sohasidan  yo’nalgan  kapillyarlarning tez  o’sib ki-rishi 

bilan xarakterlanadi. 

Ikkinchi - bezli metamorfoz davrida donador qavatning fol-likulyar hujayralari kattalashadi va ular 

tcitoplazmasida  lipoxrom  gruppasiga  oid  sariq  pigment  -  lyutein  yig’iladi.  Bu  hujayralar  lyutein 

hujayralar  (luteocytus)  nomini  oladi  (249-rasm)  Lyutein  hujayralarning  gipertrofiyasi  va 



 

392 


giperplaziyasi tufayli sariq tananing hajmi oshib, nomiga yarasha sariq tus oladi. Bunday sariq tanada 

kapillyarlar shunday ko’pki, har bir chyutein hujayrasini qon kapillyarlari qamrab oladi. 

Lyutein hujayralarining tcitoplazmasida sekret donachalari-ning paydo bo’lishi bilan uchinchi-ravnaq 

topish  yoki  gullash  dav-ri  boshlanadi.  Bu  davrda  sariq  tana  ichki  sekretciya  beziga  ayla-nib, 

progesteron gormonini ishlab chiqaradi. Bu gormon bachadon shilliq pardasini zigotani implantatciya 

qilishga va sut bezla-rini laktatciyaga tayyorlaydi. 

 

249- rasm. Sariq taia lyutein hujayralarining elektron mikrofetografiyasi. 



1 - plastinkasimoi kompleks; 2 - yadro; 3 - sekret donachalarg’. 

Sariq tananing gullash davri ikki xil davom etadi. Agar urug’lanish bo’lmasa, unda gullash davri 12-

14  kun  bilan  yakun-lanadi  va  bunday  tana  hayz  sariq  tanasi  (corpus  luteum  menst-ruationis)  deb 

yuritiladi.  Agar  urug’lanish  bo’lib,  homiladorlik  boshlansa,  sariq  tananing  gullash  davri 

homiladorlikning  bi-rinchi  yarmiga  qadar davom etadi. Bunday  sariq tana  homilador-likning sariq 


Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish