Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet248/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

neyrogipofiz  farklanadi.  Adeno-gipofizda  esa  oldingi  bo’lak  (lobus  anterior),  oraliq  qism  (pars 

intermedia) va tuberal qismlar (pars tuberalis) farqlanadi. Gipofiz oldingi bo’lagi bez hujayralarining 

qalin tasma-1dan iborat bo’lib, siyrak birnktiruvchn to’qima va sinusoid:llyarlar orqali ajralib turadi 

(164-rasm).  Gematoksilin-bo’yab  ko’rilganda  2  gruppa  hujayralar  yaqqol  ajra-lib  turadi.  Tasma 

o’rtalarida joylashgan och hujayralar x r o-mofoblar bo’lsa, qon tomirlarga yaqin joylashgan va to’q 

bo’yalgan hujayralar xromofil hujayralardir. Xromofil hu-jayralar o’z navbatida ikkiga bo’linadi: 1) 

eozin va boshqa nor-,don bo’yoqlarni yaxshi qabul qiluvchi, zich donadorlikka ega bo’lgan atcidofil 

(eozinofil)  yoki  oksifil hujayralar; 2) asosiy bo’yoq-larga  moyil bo’lgan  bazofil  hujayralar. Bazofil 

hujayralar 30-35% ni, atcidofillar 4-10% ni tashkil etsa, xromofob (bosh) hujayralar 60% ni tashkil 

etadi. 


Bioximiyaviy va fiziologik tadqiqotlar natijasi sut emi-zuvchilar gipofizining oldingi bo’lagida 6 xil 

gormon  ishlab  chiqarilishini  ko’rsatadi.  Bu  gormonlar  spetcifik  faoliyatga  ega.  SHu  gormonlardan 



o’sish gormoni (STG, somatotropin)adreno-kortikotrop gormon (AK.TG) va prolaktin (laktotropin, 

lakto-trop  gormon  -  LTG)  oddiy  oqsil  bo’lsa,  follikulni  stimullovchi  gormon  (FSG),  lyuteinlovchi 



gormon (LG, lyuteotropin) vatireo-trop gormon (TTG, tirotropin) glyukoproteiddir. YUqorida aytib 

o’tilgan gormonlarni hosil qiluvchi hujayralarni farqlab olish hujayraning kattaligi, shakli, ularning 

qon  tomirlarga  muno-sabati,  hujayralar  sekretor  donachalarining  kattaligi,  shakli  va  tcitoplazmada 

joylashishi hamda donador endoplazmatik to’r, Gol’ji kompleksi, mitoxokdriyalar kabi hujayra ichki 

organel-lalarining  nozik  tuzilishini  sinchiklab  o’rganish  oqibatida  amalga  oshiriladi.  Ko’pgina 

hayvonlarda  gipofizning  oldingi  bo’lagi  o’zida  7  xil  hujayra  tutadi.  Bu  hujayralar  s  a  m  o  t  o-




 

274 


tropotcitlar, laktotropotcit, ya’ni mammatropotcit (prolaktin hujayralari), adrenokortikotrop (AKTG) 

z^ujayralari va 2 tipdagi gonadotrop hujayralar: follikulni stimullovchi, lyuteinlovchi, hujayralar va 

tirotro-potcitlar (TTG) hamda agranulyar hujayra (xromofob) lardan iborat. 

Atcibofil endokrinotcitlarga ikki turdagi hujayralar; so-matotropotcitlar va laktotropotcitlar kiradi. 

Somatotropotcitlar  ko’pincha  yumaloq  yoki  ovalsimon  bo’lib,  odatda,  qon  kapillyarlariga  yaqin 

joylashadi. Hujayra yadrosi yumaloq shaklda va u somatotropotcit markazida joyla-shib ekstcentrik 

yotgan  yadrochaga  ega.  Sekretor  donachalari  yumaloq  va  ko’p  bo’lib,  butun  tcitoplazma  bo’ylab 

tarqoq joylashadi (165-rasm). Bu donachalar 300-350 nm bo’lib, ular o’ta elektron zichdir. Hujayra 

yadrosi va sekretor donachalar orasida yotgan donador endoplazmatik to’r bir-biriga parallel’ bo’lib, 

unchalik rivojlanmagan. Gol’ji kompleksi kam rivojlanib, uning atro-fida shakllanayotgan sekretor 

donachalari yotadi. Bu hujayralar-ning qon tomirlarga yaqin joylashishi, urg’ochi va erkaklarda bir 

xil  ko’pgina  sekretor  donalar  tutishi,  ularning  o’ziga  xos  tomo  ni  hisoblanadi.  Bu  hujayralarning 

adrenokortikotropotcitlarga  o’ta  yaqin  joylanishining  funktcional  tomoni  hozirgi  kunga  qa-dar 

mavhum qolyapti. Bu hujayralar o’sish gormoni - somatotrop gormon ishlaydi. 

 

165-rasm. Gipofiz ssmatotrop hujayrasipipg elektroch mikrsfotsgrafiyasi 



Xb.OOE. 

1 - YADR°; 2 -yadrocha; 3 - sekretor donachalar; 4 - donador endopl1ematik to’r; 5 - 

MI



toxondrinlar. 



 

166- rasm. Gipsfiz laktotrop hujayrasining elektron mikrofotografiyasi. 

Xb.OOO. 

|__ yadro; 2__sekretor dsnachalar; 3 - plastinkagimon kompleks; 4 - donador endoplazm» 

tik to’r; 5 - lyuteinlovchi xujayra; 6 - FSG - xuj»yra. 



 

275 


Laktotrop hujayralar gipofizning oraliq qismi yaqinida o’ta ko’p bo’lib, oldingi bo’lakning bu joyiga 

jinsiy zona,ya’ni jinsiy faoliyat bilan bog’liqbezhujayralariningto’p-lamidan iborat zona deb qaraladi. 

Laktotropotcitlar urg’ochi-.larda o’ta ko’p bo’lib, erkaklarda bu hujayralarni topish ancha-gina qiyin. 

Bu  hujayra  kosasimon,  ba’zan  uzunchoq  bo’lib,  qon  kapillyarlariga  yaqin  joylashadi. 

Laktotropotcitlarga  xos  narsa  shuki,  ular  ko’pincha  boshqa  gonadotrop  hujayralari  bilan  o’ra-ladi 

(166-rasm).  Hujayra  sekretor  donachalari  yirik  (600-  700  nm),  shakli  polimorf  -  yumaloq, 

cho’zinchoq  bo’ladi.  Hujayra  ichki  organellalari  lakotropotcitlarda  o’ta  yaxshi  rivojlangan. 

Hujayraning tuzilishida bu aniq belgilar oldingi bo’lak hu-jayralari orasidan laktotropotcitlarni ajratib 

ko’rish uchun qiyinchilik tug’dirmaydi. Bu xujayralar homiladorlikning va -sut emizish davrida o’ta 

ko’p uchraydi. Bu hujayralar laktotrop gormon yoki prolaktin hosil qilnb, prolaktin sut bezlarida sut 

hosil qilishni kuchaytiradi. Bu gormon ta’sirida tuxumdonda •sariq tana uzoqroq saqlanadi. 

Adrenokortikotrop hujayralar gipofiz oldingi «bo’lagining yuqorida aytilgan jinsiy zonasida o’ta 

kam bo’lib, odatda, bo’lakning oldingi chekkalarida ko’p uchraydi. Bu hujay- 

 

167- asm. Gipofiz adrenokortikotrop (AKTG) hujayrasining elektron mikro- 



fotsgrafnyasi. x8.000. 

1 - yadro; 2 - hujayra o’simtasi; 3 - sekretor donachlar. 4 -mitoxondriyalar; 5 - so- 

matotropotcig. 



 

276 


 

168- rasm. Gipsfiz fellikul stimullovchi gonadotr:p (FSG) hujayrasining 

elektron mikrsfstogr?,fiyaei. xb.OSO. 1 - yadro; 2 - sekretor donachalar; 3 - mitoxondrnya. 

ralar noto’g’ri, yulduzsimon shaklga ega bo’lib, ularning ayrim; o’simtalari qon kapillyarlarigacha 

etib boradi. Adrenokortikot-ropotcit somatotrop hujayralari bilan yaqin aloqada bo’ladi.. Bu 

hujayralar tcitoplazmasining o’rta elektron och ko’rinishi: unga oddiy yorug’lik mikroskopi ostida 

yaxshi bo’yalmaydigan (xro-mofob), ya’ni bosh hujayra sifatida qarashni taqozo etadi. Hujayra 

sekretor donalari ko’pincha hujayra o’simtalarida joy-lashgan bo’lib, ular mayda va yumaloq 

shaklga ega (167-rasm). Sekretor donachalar somatotropotcitlar donalariga ko’ra ochrok bo’lsa-da, 

anchagina elektron zich va areola bilan o’ralgan. Andre-nokortikotropotcitlarning o’ziga xos 

tomonlaridan biri yana. shundan iboratki, ularning sekretor donachalari hujayra plaz-molemmasi 

bo’ylab bir qator joylashadi. Bu hujayra organel-lari unchalik rivojlanmagan bo’ladi. 

Bu hujayralar buyrak usti bezining po’stloq qismiga ta’sir< qiluvchi adrenokortikotrop gormon 

(AKTG) yoki kortikotropin ishlaydi. 




Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish