Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


Eozinofil leykotsitlar yoki eozinofillar (granulocyti eosinophilici)



Download 14,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/242
Sana10.01.2023
Hajmi14,09 Mb.
#898650
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   242
Bog'liq
4f230d5d-c020-43aa-93a1-a38ff9c5d413

Eozinofil leykotsitlar yoki eozinofillar (granulocyti eosinophilici).
Ular neytrofillarga 
nisbatan birmuncha yiriqroq bo`.lib, diametri qonda 10-11 mkm, qon surtmasida esa 12-15 mkm 
ga teng. 
Eozinofillar fiziologik holatda leykotsitlar umumiy miqdorining 2-5% ini tashkil etadi. 
Eozinofillar yadrosi, neitrofillarnikiga o`xshash tuzilgan bo`lib, alohida bo`laklardan 
(segmentlardan) iborat. Bo`laklar soni eozinofillarda asosan 2 ta bo`lib, 3 yoki undan ko`p 
segmentli yadro saqlovchi eozinofillar juda kam uchraydi. Eozinofillarni boshqa leykotsitlardan 
aljatib turuvchi asosiy xususiyati ular sitoplazmasida joylashgan maxsus donachalarning o`ziga 
xos tuzilishidir. Eozinofil donachalari ikki turli bo`lib, birinchisi yumaloq yoki oval shaklga ega 
va neytrofillarnikiga nisbatan yirikroqdir (diametri 0,3-1,5 mkm). Ular ko`p miqdorda bo`lib, 
Romanovskiy usuli bilan bo`yalganda eozin bilan qizil rangga bo`yaladi va tashqi ko`rinishi 
bo`yicha «qizil ikrani» eslatadi. 
Elektron mikroskop ostida eozinofillar o`zlarining hujayra organellalari tuzilishi bo`yicha 
neytrofillardan deyarli farq qilmaydi. Ular sitoplazmasidagi maxsus eozinofil donadorligi esa 
o`ziga xos ultramikroskopik tuzilishga ega. 
Odamda va kalamush eozinofillarida birinchi tur donachalar oval yoki cho`zinchoq 
shaklga ega bo`lib, har xil elektron zichlikka ega bo`lgan qismlardan iborat (60-rasm). 
Donachalarning markazida yoki markazdan sal chetroqda katta elextron zichlikka ega bo`lgan 
prizma, trapetsiya yoki to`g`ri burchak shaklidagi kristalloid tuzilma joylashgan bo`lib, qolgan 
qismi esa elektron zichligi kamroq donador materialdan iborat. Ikkinchi tur donachalar 
maydaroq (0,1-0,5 mkm) bo`lib, gomogen yoki donador tuzilishga ega. Ularda kristalloid 
uchramaydi. Bu donachalar oz miqdorda bo`lib, o`zida kislotali fosfataza va arilsulfataza 
fermentlarini saqlaydi. Ularga birinchi tur donachalar hosil bo`lishidagi dastlabki bosqich deb 
qaraladi. 
Bioximiyaviy va sitoximiyaviy usullar bilan birinchi tur eozinofil donachalarda kislotali 
fosfataza va arilsulfatazadan tashqari oksidlanish fermentlari - peroksidaza, diaminoksidaza 
(gistaminaza) va katalazalar borligi aniqlangan. Peroksidaza eozinofillarda neytrofillarga 
nisbatan 2,5 baravar ko`p bo`lib, ximiyaviy tarkibi bilan laktoperoksidazalarga kiradi. 
Peroksidaza donachalarning periferik qismida joylashib, kristalloid tuzilmalarda uchramaydi. 
Fermentlardan tashqari donachalar tarkibida ko`p miqdorda asosiy va kation oqsillar bor. Barcha 
ko`rsatilgan moddalar eozinofillarning maxsus vazifalarni bajarishini ta’minlaydi. 
Eozinofil leykotsitlar aktiv harakat qilish va birmuncha fagotsitoz qobiliyatiga ega. Biroq 
eozinofil leykotsitlarning fagotsitoz qilish qobiliyati juda past bo`lib, neytrofillar fagotsitoz 
aktivligining faqat yarmini tashkil etadi. Eozinofillarning allergik reaktsiyalarda ishtirok etishi 
hozirgi paytda to`la tasdiqlangan. 
Turli allergik holatlarda eozinofillarning soni bilan gistamin moddasi almashinuvi orasida 
o`zaro bog`lanish bo`lib,. eozinofillar gistaminni aktiv ravishda yutadi va gistaminaza fermenti 
yordamida parchalaydi. Arilsulfataza va asosiy oqsillar ham allergik reaksiyalarda hosil 
bo`ladigan moddalar (mediatorlarni) ni neytrallashda aktiv ishtirok etadilar. Peroksidaza, asosiy 
va kation oqsillar organizmga tushgan turli xil parazitlarga va ularning lichinkalariga sitotoksik 
ta’sir ko`rsatadi. 
Eozinofillar sonining oshib ketishi 
eozinofiliya 
deb atalib, turli xil allergik holatlarda, 
jumladan, bronxial astmada, zardob kasalligida, parazitar kasalliklarda va boshqalarda uchraydi. 
Eozinofillar takomili va ularning qonga tushishi gumoral boshqaruv mexanizmlari ta’siri ostida 
bo`ladi. Buyrak usti bezi po`st moddasining gormonlari (glyukokortikoidlar) va gipofiz 
gormonlarining (AKTG) miqdori oshgan paytda eozinofillar sonining kamayib ketishi kuzatiladi 
(eozinopeniya). Shu sababdan eozinofillar miqdori ko`rsatilgan gormonlar yorda-mida boshqarib 
turiladi deb hisoblanadi. Eozinofillarning yashash muddati 10-12 sutkaga teng bo`lib, shundan 4 
sutkasi suyak ko`migida o`tadi. Ular qonda qisqa vaqt (4-12 soat) bo`lib, keyin to`qimalarga 
chiqadi va o`z asosiy vazifalarini bajaradi. 


98 

Download 14,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish