Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 14,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/242
Sana10.01.2023
Hajmi14,09 Mb.
#898650
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   242
Bog'liq
4f230d5d-c020-43aa-93a1-a38ff9c5d413

SHreger yo’lla-ri, 
tishning bo’ylama kesimida ko’ringan ingichka qiyshiq chiziq-
chalar esa 
Rettcius chiziqlari 
deb ataladi. Bu chiziqlar ohakla-nish davri bilan bog’langan bo’lib, 
uning kengayib ketishi, emal’ hosil bo’lishida bu jarayonning o’ta sekin borishidan dalolat 
beradi. Rettcius chiziqlariga chaynash vaqtida kuchlarning ta’sir yo’nalishini ko’rsatadigan 
tuzilma deb ham qaraladi. 
Emal’ ma’lum miqdorda o’zidan suv, mochevina va ba’zi bo’yoq-larni o’tkazishi mumkin. 
Uning organik qismida aminokislota-lar - gistidin, lizin, arginin, glitcin, tcistin va yanada nordon 
1mukopolisaxaridlar, lipidlar va ishqoriy fosfatazalar mav-jud. 
Dentin (dentinum). Dentin tishning asosiy qismini tashkil etadi (197-rasmga q.). Dentinda 72% 
anorganik va 28% organik modda bor. Organik moddaning asosiy qismini krllagen tashkil qilsa, 
anorganik moddalarni kal’tciy fosfat va magniy fosfat tuzlari hosil qiladi. Undan tashqari, kam 
miqdorda bo’lsa-da, kal’tciy ftor birikmasi uchraydi. Ba’zi olkmlarning fikrncha, dentin ham 
suyak hisoblanadi, ammo u aicha o’zgargan va qattiq-dir. Bundan tashqari, uning hujayralari -
odontoblastlar bir tomonga yig’ilib joylashadi. Dentin asosiy modda va unda joylashgan dentin 
kanalchalaridan (tubuli dentales) tu-zilgan. Asosiy moddasi tarkibida kollagen fibrillalar va 
yopishqoq modda bo’ladi. Dentinning tashqi qavatida kollagen tolalar asosan radial joylashadi 
va tutam bo’lib yotadi. Bular orasida qiya (tangentcial) tolalar ham bo’ladi. Tangentcial tola-lar, 
asosan, ichki, ya’ni pul’paga yaqin qismini hosil qiladi. Dentinning ohaklanishi notekis bo’lib, 
uning chetki qismlarida knterglobulyar bo’shliqlar hosil qiladi. Tishning toj qismida ular ancha 
yirik, ildiz qismida mayda bo’lib, donador qaaatni hosil qiladi. Interglobulyar bo’shliqlar modda 
almashinishi jarayonida qatnashsa kerak, degan fikr mavjud. 
YUqorida aytib o’tganimizdek, dentinning asosiy moddasida dentin kanalchalari bo’lib, ularda 
odontoblastlarning o’simtala-ri yotadi. Odontoblastlarning tanasi esa pul’pada joylashadi. Dentin 
kanalchalari pul’padan boshlanib nurga o’xshab tarqala-di va dentinning tashqi yuzasida tugaydi. 
Dentin kanalchalari tish ildiz qismida yon tarmoqlar beradi, lekin bunday tarmoq- 
lanish tish toji soha-sida kam uchraydi. Fa-qat dentinning emal’ bilan tutashgan eri-dagina 
kanalchalar yana mayda shoxchalar beradi. TCement bilan chegaradosh srida ka-nalchalar ancha 
tar-moqlar berib, bir-bi-ri bilan tutashib ke-tadi. Ba’zi kanalcha-lar tcement va emax.’ moddasiga 


322 
kiradi va pufakcha shaklida tu gaydi. Bunday holat-ni, ayniqsa, tishning chaynov yuzasida kuza-
tish mumkin. Kanalcha-lar sistemasi dentin-ning oziqlanishiii ta’minlaydi. 
Dentin kanalchala-rining ichki pardasi argirofil tolalardan tuzilgan. Bular atro-fida mineral 
modda" lar ko’p bo’ladi. Tola-larning yo’nalishi bo’-yicha dentinda 3 zona: 1) tashqi-emal’ va 
tce-mentga yopishib joy" lashgan, tishga nisba" tan radial yo’nalgan tolalar - K o r f t o-lalari 
zonasi; 
2) tangentcial ham-ia ko’ndalakg ketgan tolalar - E b n e r to-lalaridan iborat ora-liq zona. 
3) tangentcnal yo’nalgan tolalardan tashkil topgan keng i ch-ki zona; tashqi va oraliq zonalar 
yopqich dentin 
deb ataladi. Dentindagi tolalar elektron mikroskopda kuzatilganda ularda 
ko’ndalang chiziqlar borligi aniqlangan. Har bir chiziq 64 mm ga teng bo’lib, kollagen tolaga 
o’xshab ketadi. Dentin va odonto-blastlar orasida predentin-ohaklanmagan dentin qatlami yota-
di. Dentin erimaydigan fosfat tuzlarining predentin qatlam-lariga cho’kishidan o’sadi. Tuzlarning 
ayrim miqdori dentinga periodont va tcement orqali ham o’tishi mumkin. 
197- rasm. Tishniig bo’ylama kesimi (sxema). 
d_toj qismi: B- fyflim; V- ildiz; 1 - emal’: 
a__emal’ prizmalari; 2 - Rettcchus chizyaqlari; 3 - 
SHreger yo’llari; 4 - dentin kanalchalar’; b - pre-dentin; 5 - odontoblastlar; 6 - tish pul’pasi; 7 - 
qon tomirlar; 8 - milk; 9 - tpsh boRLami; 10 - hu-jayrasiz va tcujayralp tceuent; 11 - psriodont; 
12 - tish al’veolasining suyagi. 13 - tish ildizining ka-nali. 
TCement (cementum). TCement tishning ildiz va bo’yin qismla-rida dentinning tashqi yuzasini 
qoplab turgan qattiq tuzilma-dir (197-rasmga q.) TCement dentin singari qattiq bo’lmasa-da, 
ximiyaviy tarkibi jihatidan suyakka yaqin turadi. Uning 30 pro-tcentini organik, 70 protcentini 
anorganik birikmalar tashkil etadi. Gistologik jihatdan hujayrali va hujayrasiz tcement tafovut 
etiladi. Hujayrasiz tcement kollagen tolalar va amorf yopishqoq moddadan iborat bo’lib, tish 
ildizini o’rab turadi. Kollagen tolalar radial va ko’ndalang yo’nalgan bo’ladi. Radial tolalar 
periodont orqali tish joylashgan al’veolyar suyakka te-shib kiruvchi SHarpey tolalarini hosil 
qiladi. Bu kollagen tolalarning ichki uchi dentinning radial kollagen tolalari bilan tutashadi. 
Hujayrali tcement tish ildizining uch qismida joylashadi. TCementning bu xili tcementoblaet 


323 
hujayrala-ridan va asosiy moddadan iborat. Hujayrali tcementda kol-lagen tolalar betartib 
joylashadi va shu sababli dag’al tolali suyakni eslatadi. Lekin suyadan qon tomirlarining 
bo’lmasligi bilan farqlanadi. TCement periodontda joylashgan tomirlardan diffuz yo’li bilan 
oziqlanadi. Dentin kanalchalari bilan tce-mentoblast hujayralarining o’siqlari o’rtasida 
anastomozlar bo’lib, ular muhim ahamiyatga ega. Pul’paning qon bilan ta’-minlanishi 
buzilganda (yallig’langanda, pul’pa olib tashlan-ganda, tish ildizlari plombalanganda) ushbu 
anostomozlar or-qali dentinning oziqlanishi ta’minlanadi. 
Pul’pa (pulpa dentis ) yoki tishning yumshoq qismi tish toji bo’shlig’ida va ildiz kanalchalarida 
yotadi. Pul’pa qon tomirlar va nerv tolalariga boy siyrak tolali shakllanmagan birikti-ruvchi 
to’qimadan tashkil topgan bo’lib, unda uchta: periferik yoki tashqi, oraliq va markaziy qavatlar 
(zonalar) tafovut qilinadi. 
Pul’paning periferik qavati bir necha qator ko’p o’siqli noksimon hujayralar - odontoblastlardan 
(dentino-blastlardan) tashkil topgan. Odontoblast hujayralarining uzunligi 30 mkm dan, eni esa 6 
mkm dan oshmaydi. Uning tcito-plazmasi mayda donador, bazofil bo’lib, yadrosi hujayraning 
bazal qismida joylashgan. Bu hujayralar o’z funktciyasiga ko’ra osteoblastlarga o’xshab ket di. 
Odontoblast apikal yuzasidan chiqqan o’simtalari (Tomas ip-lari) dentin kanalchalariga kirib 
ketadi. Bu o’simtalarga modda almashinuv protcessida dentin va emalning mineral tuzlar bilan 
ta’minlanishida muhim ahamiyati bor, deb qaraladi. Odonto-blastlarda tish to’qimasining 
ohaklanish jarayonida ishtirok etuvchi ishqoriy fosfataza, hujayra o’simtalarida esa mukopoli-
saxaridlar aniqlangan. Periferik qavatda odontoblastlardan tashqari, prekollagen tolalar ham 
uchraydi. Bu tolalar hujay-ralar orasidan o’tib, dentinga kiradi va dentinning kollagen tolalariga 
qo’shilib ketadi. 
O r a l i q qavat prekollagen tolalardan va mayda kambial hujayralardan tashkil topgan bo’lib, bu 
hujayralar takomilla-shib odontoblastlarga aylanadi. 
Pul’paning m a r k a z i y q a v a t i siyrak joylashgan bi-riktiruvchi to’qima hujayralari, tolalar 
va qon tomirlaridan iborat. Bu erda fibroblastlar, gistiotcitlar va makrofaglarni uchratish 
mumkin. Hujayralar orasida kollagen va argirofil tolalar bor. Pul’pada elastik tolalar 
uchramaydi. 
Pul’pa tishning oziqlanishida muhim ahamiyatga ega. Pul’pa-ningolib tashlanishi modda 
almashinishiningkeskin pasayishiga, pushtning rivojlanishi, o’sishi va regeneratciyasini 
buzilishga olib keladi. 
Periodont. Periodont suyak al’veolasi va tish ildizi orali-g’ida joylashgan biriktiruvchi 
to’qimadan iborat tuzilma. Peri-odont asosan SHarpey tolalari deb nomlanuvchi va tcement 
hamda suyak chuqurchalariga tutashib ketgan kollagen tolalardan iborat. Bu tolalar bir qancha 
gruppalarni tashkil qiladi. Qollagen to-lalarning milk gruppasi periodontni milkning xususiy 
qavati bilan bog’laydi. Tolalarning tishlararo gruppasi bir tish tce-mentidan ikkinchi tish 
tcementi tomon yo’nalgan bo’ladi. SHu ikki gruppa kollagen tolalari birgalikda tishning aylana 
bog’lami-ni hosil qiladi. 
Tish al’veolasi bilan bog’langan periodont tolalari 4 ta tu-tamni hosil qiladi: 1) suyak 
al’veolasidan tcementga ketgan tu-tamlar; 2) tish uzunasi bo’ylab tikka yo’nalgan tutamlar; 3) 
su-yakdan boshlanib tish uchi tomon yo’nalgan va tcementga botib ki-ruvchi qiyshiq tutamlar; 4) 
til ildizining uchidan atrof suyakka yo’nalgan cho’qqi tutamlar. 
Periodont tishning bog’lovchi apparati x.isoblanib, chay-nash mobaynida bosimning bir 
me’yorda taqsimlanishini ta’min-laydi. 
Tishning qon bilan ta’minlanishi va innervatciyasi. YUqori jag’ arteriyasining tarmoqlari uch 
shoxli nerv tarmoqlari bilan birgalikda tish ildizi kanali orqali tish bo’shlig’iga kiradi. Pul’pada 
ular o’zaro anastomoz hosil qiluvchi kapillyarlarga tarmoqlanib, keyinchalik venaga yig’iladi. 
Pul’pada oz miqdor-da limfa kapillyarlari topilgan. 
Nervlar tish pul’pasida ikkita: asosan mielinli tolalardan iborat chuqur va mielinsiz tolalardan 
tashkil topgan yuza-roq chigallar hosil qiladi. Ba’zan pul’pa retceptorlari-ning oxirgi tarmoqlari 
bir vaqtning o’zida ham biriktiruvchi to’qima bilan, ham qon tomirlar bilan bog’langan bo’ladi 
(poli-valent retceptorlar). Odontoblastlar uch boshli nervning nozik oxirlari bilan zich o’ralgan. 


324 
Eshga qarab o’zgarishi. 12-15 yoshgacha sut tishlar asta-sekin doimiy tishlar bilan almashinadi. 
Birinchi bo’lib katta jag’ tishi (birinchi molyar) chiqadi, so’ngra markaziy va yon kurak (ke-
suvchi) tishlar, 9-14 yoshlarda kichik jag’ tishlar (premolyar) va qoziq tishlar va 20-25 
yoshdagina - oxirgi oziq tishlar yoki «aql tishlar» chiqadi. 
YOSH 
ulg’ayishi bilan tishlarning 
kimyoviy tarkibi va tuzilishi o’zgarib boradi. CHaynov yuzasidagi emal’ ‘a dentin ishqalanib 
yo’qolib boradi. Emal’ xiralashadi va chat- 
nashi mumkin, unga tuzli gard (tish toshi) o’tirishi mumkin. Emal’, dentin va tcement tarkibida 
organik moddalar kamayib, anorganik moddalar miqdori oshadi. Buning natijasida emal’, dentin 
va tcementning suv, ionlar, fermentlar va boshqa modda-larga nisbatan o’tkazuvchanligi 
kamayadi. 
YOSH 
o’sishi bilan dentin hosil bo’lishi deyarli to’xtaydi, tish ildizida esa tcement 
miqdo-ri ko’payadi. YOsh ulg’ayishi bilan oziqlanishining yomonlashgani sababli tish pul’pasi 
atrofiyaga uchraydi. Undagi hujayralar soni kamayadi. Odontoblastlarda ko’pchilik organellalar 
reduk-tciyaga uchraydi va ular fentinotcitlarga aylanadi. Kollagen to-lalar dag’allashadi. 40-50 
yoshdan keyin periodontning qon tomirlari sklerotik o’zgarishlarga uchraydi. 
Regeneratciyasi. Tish regeneratciyasi juda sekin ketadi va to’lik bo’lmaydi. Dentin 
shikastlanganda zararlangan joy qarshisida pul’pa tomonda oz miqdorda ikkilamchi dentin hosil 
bo’ladi. Bu jarayon pul’pa oraliq qavati hujayralarining takomillashib odontoblastlarga aylanishi 
orqali periferik qavatning regene-ratciyasi bilan birga amalga oshadi. U dentin shikastlangandan 
deyarli 2 haftadan keyin hosil bo’ladi. Bu protcess predentin paydo bo’lishi bilan boshlanadi. 
Birlamchi dentindan farqli o’laroq ikkilamchi dentinda tolalar tartibsiz joylashadi. 4-haftalari 
oxirida predentin ohaklanadi. Ikkilamchi dentin kanalchalari noto’g’ri yo’nalishiga ega bo’lib, 
juda kuchsiz tarmoq-lanadi. Tishning tcementi juda yomon tiklanadi. SHikastlangan emal’ esa 
umuman tiklanmaydi. 
YUTQI^ 
YUtqin - nafas va hazm yo’llarining kesishib o’tgan joyida-gi a’zo. YUtqinda 3 qism: burun, 
og’iz va hiqildoq qismlari tafovut etiladi. Bu qismlarning har biri turlicha tuzilishga ega. 
YUtqinning burun qismi ko’p qatorli hilpillov-chi epiteliy bilan qoplangan. SHilliq pardaning 
xususiy plas-tinkasida aralash bezlar yotadi. Og’iz va hiqildoq qismlari ko’p qavatli yassi 
epiteliy bilan qoplangan. Bu qismlar shilliq par-dasining xususiy plastinkasi siyrak tolali 
shakllanmagan bi-° riktiruvchi to’qimadan iborat bo’lib, juda ko’p elastik tolalar tutadi. SHilliq 
osti pardasida murakkab shilliq bezlarning oxirgi bo’limi joylashadi va ularning chiqaruv naylari 
epite-liy yuzasiga ochiladi. YUtqin barcha qismlarining mushak parda-si ko’ndalang-targ’il 
mushakdan iborat bo’lib, u ikki xil - ichki bo’ylama, tashqi - aylana yo’nalgan. YUtqin 
tashqaridan adventi-tcial parda bilan o’ralgan. 
QIZILUNGACHE 
Qizilo’ngach epiteliy qavati oldingi ichak entodermasida joy-lashgan prexordal plastinkadan, 
boshqa qavatlarn esa atrofdagi 


325 
198- rasm. Qizilo’ngach. Gematoksilin-eozin bilan buyalgan. 06. 3, Ok 10. 
d _ shglliq parda; B - shilliq Gosti pardasi; V - mushak parda: G - tashqi parda; 1 - k$p qavatli 
yassi epiteliy; 2 - shilliq pardaning xususiy qatlami: 3 - shilliq pardaning iushak qatlami; 4 _ 
qtczilo’ngach xususky bezlarining chiqarug’ yo’l-larn; 5- bezning oxirgi qismlari. 
mezenximadan paydo bo’la-
d
i Takomillashish jarayo-nida epitelial qavat bir necha marta 
o’zgaradi. Dast-avval, embriogenezning 4-haftasigacha, qizilo’ngach epiteliysi bir qavatli 
tcilindrsimon epiteliydan iborat bo’lib, so’ng ikki qavatliga aylanadi. SHu vaqtdan boshlab 
epiteliy qatlami o’sib ketadi va qizilo’ngach teshigini ber-kitib qo’yadi. Keyinchalik, epiteliy 
emirilib, yana nay-ning ichi ochiladi. Homila hayotining 3-oyida qizil" o’ngach ko’p qatorli 
hilpil-lovchi epiteliy bilan qop-langan. 13-haftadan bosh-lab hilpillovchi hujaira-lar 
tcitoplazmasida gliko-gen bo’lgan pufaksimon hu-jayralarga anlanadi. Bu hujayralar yassilanib 
ko’p qavatli yassi epiteliyni hosil qiladi. Hilpillovchi epiteliy qoldiqlarini yan-gi tug’ilgan 
bolalarda ko’-rish mumkin. Qatta yoshda bunday epiteliyni shilliq bez chiqaruv naylaridagina 
uchratish mumkin. 
Bir xil epiteliyning boshqasiga aylanish sabab-lari aniq emas. Ko’p qavat-li yassi epiteliyning 
sha-kllanishida qizilo’ngach-ning faoliyati (funktciyasi) muhim rol’ o’ynasa kerak. CHunki ko’p 
z^avatli yassi epiteliy dag’al ovqat luqmalari o’tayotganda qizil-o’ngach devorini 
shikastlanishdan saqlaydi. 
Qizilo’ngach bezlari embriogenezning 3- oyida, mushak qavati 2- oyida takomillashadi. 
Tuzilishi. Qizilo’ngachning devori 4 qavatdan tuzilgan (198-rasm): 
1. SHilliq parda - tunica mucosa. 
2. SHilliq osti pardasi - tunica submucosa. 
3. Mushak parda - tunica musculans. 
4. Alventitcial parda - tunica adventitia. 
SHilliq va shilliq osti pardalar bir necha (7-10) bo’ylama ketgan burmalar hosil qiladi. Burmalar 
ovqat yutilayotganda yoziladi. 

Download 14,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish