Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 14,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/242
Sana10.01.2023
Hajmi14,09 Mb.
#898650
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   242
Bog'liq
4f230d5d-c020-43aa-93a1-a38ff9c5d413

to’r qavati 
zich tolali shakllanmagan biriktiruv-chi to’qimadan iborat bo’lib, elastik 
tolalar va dag’al kollagen tolalari tutamlaridan iborat. Bu kollagen tolalar tutamlari teri sathiga 
parallel hamda qiyshiq yo’nalib, o’zaro chigallar hosil qiladi. Retikulin tolalar faqatgina qon 
tomirlar va ter bezlari atrofidagina joylashadi. To’r qavatda hujayra elementlaridan asosan 
fibroblastlar bo’lib, qon tomirlari so-halaridagina makrofaglar limfotcitlar va leykotcitlar joyla-
shadi. To’r qavatda soch ildizlari, yog’ bezlari, teri osti yog’ qat-lami bilan chegaradosh qismida 
esa ter bezlari joylashadi. Te-rining to’r qavati juda pishiq bo’lgani uchun hayvonlar terisi-dan 
turli xil anjomlar va kiyim-kechaklar ishlanadi. 
Teri osti yog’ kletchatkasi (tela subcutanea) ikki qismdan: yog’ kle tchatkasi (funniculus 
adiposum) vateri fastciyasi (fascia cutis) dan iborat. YOg’ kletchatkasi yog’ hujayralari 
to’dalaridan iborat bo’lib, ular derma to’r qavatidan davom etgan va teri fastciyasini ho-sil 
qiluvchi kollagen tolalarning yirik tutamlari bilan o’raladi. YOg’ hujayralari to’dalari orasidagi 
biriktiruvchi to’qimada ko’plab qon tomirlar, nerv tolalari va erkin hamda kapsulali nerv oxirla-
ri (Krauze kolbalari, Ruffini va Fater - Pachini tanachalari) joy-lashadi. YOg’ kletchatkasi 
terining hamma joylarida bir xil bo’lmay- 
di. Ayrim joylarda (yag’rin, qorin terilarida) bu qavatning qalinligi bir necha santimetrga etadi. 
Terining yog’ kletchatkasi yumshoq qatlam hosil qilib, mexanik ta’sirlardan asraydi. Teri osti 
yog’ kletchatkasi organizm uchun yog’ deposi hisoblanib, tana haroratini mo’’tadil tu-tib 
turishda ham ishtirok etadi. 
Teri pigmenti melaninlar turkumiga mansub bo’lib (lat. melas - qora), deyarli hamma odamlarda 
bo’ladi. U epidermisda ham, xususiy terida ham bo’lib, terining rangi pigment miqdori-ga 
bog’liq. Organizmida melanin pigmenti bo’lmagan jonzotlar al’binoslar deyiladi (albus - oq). 
Melanin melanotcit hujay-ralarida tirozin aminokislotasining tirozinaza va DOFA-ok-sidaza 
fermentlari ta’sirida oksidlanish natijasida hosil bo’ladi. Melanin ul’trabinafsha nurlarini juda 
kuchli yutish xususiyatiga ega, shuning uchun u organizmni ul’trabinafsha nur-larining zararli 
ta’siridan saqlaydi. Pigment teri yuzasi-king hamma joyida ham bir xil taqsimlanmagan: yuz, 
bo’yin, or-qa terilarida pigment ko’proq, qorin terisi, kaft va tovonda esa kamroq bo’ladi. 
Tashqi va ichki ta’sirotlarning ta’siri natijasida teri pigmentining miqdori o’zgarib turadi. YOz 
faslida oftob (ul’-trabinafsha nurlar) ta’sirida terida pigment miqdori ko’payib, badan qorayadi. 
Homilador ayollarda ichki - gormonal holatlar ta’sirida ham terining ayrim joylarida (yuz, tashqi 
jinsiy a’zolar sohasida) pigment ko’payadi. Pigment almashinuvi ichki sekretciya bezlari 
faoliyatiga, ul’trabinafsha va radiatciya nur-lari, ba’zi ximiyaviy moddalar va vitaminlar (A, PP 
va ayniq-sa vitamin S) ta’siriga bog’lik. 
TER BEZLARI 


260 
Terida ter, yog’ va sut bezlari joylashgan. Sut bezlarining tuzilishi va faoliyati jinsiy a’zolar ishi 
bilan uzviy bog’lan-gan bo’lgani uchun, ular shu a’zolar bilan qo’shib o’rganiladi. 
Taraqqiyoti. Ter bezlari embrion taraqqiyotining 8-oyida epidermisdan hosil bo’ladi. Dastavval 
epidermis qirralarida epiteliy hujayralarining to’plami hosil bo’lib, bu hujayralar mezenxima 
tomon botib kiradi-da, ter bezlarining kurtagini hosil qiladi. Kurtak epitelial tasmalari teri osti 
yog’ klet-chatkasiga qadar botib kirib, buraladi va ter bezining oxirgi bo’limini hosil qiladi; 
epitelial tasmaning yuqori qismlari esa chiqaruv naylariga aylanadi. Embrion taraqqiyotining 
oxi-rida epitelial tasmalarning sekretor bo’limida, so’ngra chiqa-ruv naylarida bo’shliqlar paydo 
bo’ladi. Ter bezlari inson dunyo-ga kelganidan keyingina o’z faoliyatini boshlaydi. 
Ter bezlari (glandulae sudoriferae) oddiy tarmoqlanmagan naysimon bezlarga kiradi. Bularning 
soni 3,5 milliongacha eta-di. Jinsiy olat boshchasi, kichik uyatlik lablar sohasidan tash-qari 
terining barcha qismlarida ter bezlari uchraydi. Ayniqsa, qo’l panjalarining yumshoq qismida, 
tovonda, qo’ltiq osti chuqur- 
J50-pacM. Tep bezlari. Gematoksilin-eezin bilan bo’yalgan. 06. 20. ok. 10. 1 - bez oxirgi 
bo’lnmlari; 2 - miozpitelial hujayralar; 3 - birpktiruvchi to’qima. 
chasida va chov burmalarida ter bezlari ko’p bo’ladi. SHu joylar-da terining 1 sm
2
sathida 300 ga 
yaqin (terining boshqa sohala-rida 120-200) bez ochiladi. Ter bezlarining zichligi (1 mm

sathdagi soni) yangi tug’ilgan bolalarda kattalarga nisbatan 12 barobar ko’p bo’ladi. Ter 
bezlarining sekreti 98 % suv, 2% qu-ruq moddadan iborat. Quruq modda organik va noorganik 
modda-lardan tashkil topgan. Ter bezining oxirgi sekretor bo’limlari koptoksimon buralgan 
bo’lib dermaning chuqur qatlamlarida joy-lashadi. (150-rasm). Ter chiqaruv naychalari derma va 
epidermis-dan o’tib, teri yuzasida teshikchalar hosil qiladi. Bezning oxir-gi bo’limi bez holatiga 
qarab kubsimon yoki tcilindrsimon epi-teliydan iborat bo’ladi. Hujayra tcitoplazmasi och bazofil 
bo’-..lib, o’zida, yog’, glikogen va pigment kiritmalarini tutadi. Sek-retor hujayralar ichida oqish 
va qoramtir hujayralar tafovut qilinadi. Oqish hujayralar suv va metall ionlarini, qoramtir-lari esa 
organik makromolekulalarni ajratadi. Sekretor hu-jayralari tagida, bazal membranada, 
mioepitelial (savatsi-mon) hujayralar joylashadi. Mioepitelial hujayralarni o’z o’simtalari bilan 
bez oxirgi bo’laklarini o’rab turadi. Bu hu-jayralar tcitoplazmasida qisqarish xususiyatiga ega 
bo’lgan to-lalar mavjud bo’lib, ularning qisqarishi sekretor hujayralar-dan sekretning ajralib 
chiqishiga sababchi bo’ladi. Oxirgi bo’-.limdan chiqaruv naylari boshlanadi. Bu naylar ikki 
qavatli 
kubsimon epiteliydan iborat bo’lib, hujayralarning usti ku-tikula bilan qoplangan. CHiqaruv 
naylari epidermisdan egri-bugri bo’lib o’tadi. Epidermis sohasida chiqaruv nayining devori yassi 
hujayralar bilan qoplangan. Ter bezlari hujayralari-dan sekret ajralishiga qarab 2 xil: merokrin va 
a p o-krin bezlarga ajratiladi. Ter bezlarining ko’pchiligida mero-krin sekretciya yuz beradi. 
Apokrin ter bezlari terining ayrim joylarida - qo’ltiq osti chuqurchasida, anal teshik atrofida, 


261 
peshanada, sut bezlari so’rg’ichi atrofida va katta uyatliq lablar sohalarida joylashadi. Bu 
bezlarning sekreti hujayra tcito-plazmasining qisman emirilishi bilan chiqadi. SHuning nati-
jasida sekret bilan birga chiqqan oqsil moddalari chirib ter maxsus o’tkir hidga ega bo’ladi. 
Apokrin ter bezlarining oxirgi sekretor bo’limlari anchagina yirik bo’lib, organizmning balo-
g’atga etgan davridan boshlab ishlaydi. Apokrin bezlar faoliyati jinsiy bezlar holati bilan uzviy 
bog’liq. Mentstrual, premen-strual va homiladorlik davrlarida bu bezlarning sekretor fao-liyati 
oshib ketadi. 
YOg’ bezlari (gld sedaceae). 
YOG

bezlari kaft va tovondan tash-qari terining barcha qismlarida 
bo’ladi. Labning qizil hoshiya-li qismida, jinsiy olat boshchasida, kichik uyatli lablar sox
4
a-sida, 
ko’krak bezi so’rg’ichi atrofida, qovoq chetlarida yog’ bezlari to’g’ridan-to’g’ri teri yuzasiga 
ochiladi. Terining boshqa sohala-rida esa yog’ bezlari soch ildizi bilan bog’langan bo’lib, soch 
voronkasiga ochiladi va soch hamda epidermisni moylab turadi. Odamda yog’ bezlari sutkasiga 
20 g ga yaqin teri yog’ini ajratadi (151-rasm). Har bir soch ildiziga 1-2 yog’ bezi to’g’ri keladi. 
YOG

bezlari turlicha kattaliklarda bo’ladi. Yirik yog’ bezlari yuz terisida (lunj, burun sohasida), 
ko’krakda (to’sh sohasi), or-qada (kuraklar va ularning ustki qismlarida) joylashadi. YOg’ 
bezlari terining yuqori qatlami dermaning so’rg’ich va to’r qa-vatlari chegarasida joylashadi. 
Tuzilishiga ko’ra yog’ bezlari oddiy tarmoqlangan al’veolyar bezlar turkumiga kirsa, sekre-tciya 
tipiga ko’ra golokrin bez hisoblanadi. 
YOG

bezlarining oxirgi sekretor bo’limi bir qancha al’veola-lardai iborat bo’lib, nozik 
biriktiruvchi to’qima bilan o’raladi. Bez al’veolalarining bazal membranasida bir qator, uncha 
ba-land bo’lmagan muntazam ko’payib turuvchi kambial hujayralar joylashadi. Bu hujayralar 
qavatidan so’ng yirik, tcitoplazmasi har xil darajada yog’ tomchilari bilan to’lgan hujayralar qa-
vati bez al’veolasining ikkinchi qavat hujayralarini tashkil etadi. Oxirgi sekretor bo’limning eng 
ichki hujayralari yog’ bi-lan to’lgan bo’lib, hujayra yadrosi bujmayib, yo’qoladi. Mana shu 
hujayralar yoriladi va hujayra mahsuloti - yog’ soch voron-kasiga quyiladi. Bazal membranada 
joylashgan kambial hujay-ralar hisobiga yangi sekretor yog’ hujayralari paydo bo’ladi. 
YOG

bezining chiqaruv nayi kalta bo’lib, devori sochning tashqi epitelial qini bilan tutashib ketuvchi 
ko’p qavatli yassi epite-liy bilan koplangan. 
151- rasm. YOg’ Sezlari (terining derma qavatidanolingap). Gematoksilin- eozin 
bilan bo’yalgan. 06. 10, ok. 10. 
1 - soch voronkasi; 2 - bezning sekret chiqarua yo’ln: 3 - bez oxirgi bo’limining emi-rilayotgan 
hujayralari; 4 -oxirgi bo’limning kam differentciallangan hujayralari. 
Terining oziqlanishi. Qon tomirlar terida bir qancha to’rlar hosil qiladi. YUza va chuqur arterial 
chigallar hamda bitta chuqur va ikkita yuza venoz chigallar farqlanadi. Teri arteriya-si fastcial 
to’r arteriyasidan boshlanadi. Ayrim arteriyalar tarmoqchasi yog’ bo’laklarini o’ragan 
biriktiruvchi to’qima bo’ylab yo’naladi. Asosiy arteriyadan ayrim tarmoqlar derma-ning quyi 


262 
sohalarida gorizontal yo’nalib, o’zaro anastomozlar hosil qiladi. Bu chuqur tomirlar to’ri ter 
bezlarini, teri osti yog’ qavatining yuza qatlamini qon bilan ta’minlaydi. Asosiy arteriyadan 
tarmoqlangan boshqa tomirlar terining yuqori qatlamlariga tarqaladi. Bu tomirlar derma orqali 
o’tib, yog’ bezlarini va soch follikulasini ta’minlovchi yon shoxobchalar beradi. Terining 
so’rg’ich qavati chegarasida esa no-zik arteriya tarmoqlarining anastomozi yuza yoki so’rg’ich 
osti arteriya to’rini hosil qiladi. Bu arteriya chigallaridan har bir so’rg’ichga kapillyarlar 
tarqaladi.
Vena tomirlari terida 3 to’r hosil qiladi. Birinchi ve-na tomirlarining to’ri derma so’rg’ichlari 
ostida, ikkinchi veioz to’r dermaning chuqur qatlamida, u ch i n-chi venalar to’riyog’ osti 
kletchatkasida joylashadi. YUz-da, ayniqsa burun va lunj terilarida yirik venoz tomirlar teri 
so’rg’ichlarida ko’ndalang yotadi. Bu tomirlar bir qancha 
nozik venalardan hosil bo’lib, ularning uzunligi va diametri turg’un emas. Vena tomirlari 
burchak hosil qilib egilib, derma-ning chuqur vena to’ri bilan tutashadi. Terida, ayniqsa, qo’l va 
oyoq barmoqlari uchida, tirnoq o’rnida ko’plab arteriolo-venulyar anastomozlar mavjud. Ular 
issiqlik almashinuviga bevosita aloqadordirlar. 
Limfa tomirlari terida yuza va chuqur to’rlar hosil qiladi. So’rg’ich limfa sinuslaridan tarqalgan 
limfa tomirlarining to’ri ba’zi so’rg’ichlarning yarmiga qadar davom etadi. Terida chuqur 
joylashgan limfa tomirlari to’rlaridan olib ketuvchi limfa tomirlari teri osti yog’ kletchatkasiga 
botib kiradi. Bu tomirlar o’zaro anastomozlar orqali birlashib yirik chigal ho-sil qiladi. 
Terining innervatciyasi. Terida sezuvchi nerv oxirlari juda ko’p bo’lib, u yirik retceptor maydon 
hisoblanadi. Terining nerv apparati ko’pgina nerv tolalaridan va kapsulali nerv oxirla-ridan 
iborat. Terining innervatciyasi bosh va orqa miyaning ve-getativ (simpatik) nervlari bilan 
ta’minlanadi. Teri nerv tolalari teri osti yog’ kletchatkasining chuqur qatlamlarida joy-lashgan 
asosiy nerv chigallaridan boshlanadi. Bu nerv tolalari derma tomon yo’nalib, yog’ va ter 
bezlarini, soch piyozchalarini va teri tomirlarini ta’minlovchi tolalar beradi. Teri so’rg’ichi-ning 
pastki qismida hosil bo’lgan nerv chigalidan so’rg’ich va epi-dermisga qarab tolalar tarqaladi. 
Nerv oxirlari ayniqsa lab-ning pushti qismida, barmoq uchlarida va jinsiy a’zolarda mo’l bo’ladi. 
Epidermisga kirgan nozik nerv tolalari o’zining mie-lin pardalarini yo’qotadi. YAlang’och nerv 
o’qi tcilindrlari epi-dermisning tikanaksimon hujayralari atrofida Merkel’ disk-lari sifatida, bazal 
qavat hujayralari orasida, har xil balandlikda ingichkalashib yoki tugun hosil qilib tarqaladi. 
Dermada erkin nerv oxirlari va kapsulali nerv tanachalari joylashadi. Qapsulali nerv oxirlari 
plastinkasimon nerv ta-nachasi (Fater-Pachini tanachasi), oxirgi kolbalar (Krauze kolbalari), 
Ruffini tanachalari, sezuvchi (Meysner tanachala-ri) va jinsiy tanachalardan iborat. 
Og’riq sezgisi epidermisning donador qavatiga qadar tar-qalgan erkin nerv oxirlari va dermaning 
so’rg’ichsimon qavati-dagi nerv oxirlari orqali qabul qilinadi. Sezuv tuyg’usi esz teri so’rg’ich 
qavatida joylashgan sezuvchi tanacha, epidermisning o’suvchi qavatidagi sezuvchi disklar 
(Merkel’ disklari) va soch ildizi sohasidagi chigallari orqali yuzaga chiqadi. Bosim sezgi-si teri 
osti yog’ kletchatkasida joylashgan plastinkasimon tana-chalar bilan, issiqlik sezgisi so’rg’ichli 
barmoqchalar (Ruffini tanachalari) orqali, sovuqlik sezgisi esa so’rg’ichsimon qavat-dagi Krauze 
kolbalari orqali qabul qilinadi. 
Teri regeneratciyasi. Terida regeneratciya yaxshi boradi. Epi-dermis yuqorida aytib o’tilganidek, 
o’suvchi qavat hisobiga tik-lanadi. Epidermis va derma shikastlanganda jarohat o’rni bi-
riktiruvchi to’qima tolalarini va asosiy moddalarni hosil qi- 
luvchi hujayralar-limfotcit, monotcit va fibroblastlardan iborat yosh biriktiruvchi to’qima - 
granulyatcion to’qima bilan yopiladi. SHu bilan birga epidermisning o’suvchi qavati hosil 
qilayotgan hujayralar dermaning yosh biriktiruvchi to’qimasi ustiga siljib jarohat ustini qoplaydi. 
So’ngra epiteliy va dermaning tarkibiy qismi differentciallashib, jarohat o’rni tamomila oldingi 
ko’rinishga ega bo’ladi. 
SOCHLAR 
Sochlar (pili) terining hosilasi bo’lib, badanning deyarli 95% yuzasida uchraydi. Odatda 
badanning sochlari zich joylash-.gan qismi boshning sochli yuzasi hisoblanib, bu erda ularning 
umumiy soni 100000 ga etadi. Kaft va tovonda, labning pushti qismida, jinsiy olat boshchasi, 


263 
katta va kichik uyatli lablar yuzasida sochlar bo’lmaydi. Uzun (bosh sochi, mo’ylov, soqol, ham-
da qovuq, qo’ltiq osti va chov sohasidagi sochlar), qattiq yoki mo’ysimon (qosh, kiprik, burun 
teshiklari va tashqi eshituv yo’l-larida joylashgan sochlar) hamda mayin (badanning ko’pgina 
yuzasini qoplovchi sochlar - tuklar) sochlar tafovut qilinadi. 
Sochning taraqqiyoti. Soch embrion taraqqiyotining 3-oyidan boshlab epidermisdan taraqqiy 
etadi. Epidermisdan bazal hu-jayralari ko’payib, epiteliy tizimchalar holida mezenxima to-mon 
botib kiradi. Epitelial tizimchalarning oxiri esa yo’g’on-lashib, bo’lajak soch piyozchasining 
asosini hosil qiladi. Mezen-xima shu tizimchaning tag qismidan o’sib kirib soch so’rg’ichini 
hosil qiladi. So’ngra epitelial tizimchalarning ichki hujayra-lari muguzlanib emiriladi-da, 
ularning o’rnida markaziy ka-nalcha hosil bo’ladi. Soch piyozchasining uch qismidan o’sib 
chiqqan soch konusi epitelial tizimchaning markaziy kanali tomon yo’na-lib, teri tashqarisiga 
teshib chiqadi. SHu soch konusi hisobiga sochning o’qi va ichki epitelial qini yuzaga keladi. 
Epitelial tizimchalarning qolgan qismi sochning tashqi epitelial qinini, atrof mezenxima esa soch 
xaltasini hosil qilaDi. 
SOCHNING TUZILISHI 
Soch 2 qismdan: teridan chiqib turgan s o ch o’ qi va terida joylashgan soch ildizidan iborat. 
Soch o’qi soch voronkasi-dan chiqib, teri ustida yotadi. Soch voronkasiga yog’ bezlari o’z 
mahsulotini chiqaradi. Soch ildizi dermaning chuqur qatlamida teri osti yog’ kletchatkasi 
chegarasiga qadar davom etadi va u erda soch piyozchasi bilan tugaydi (152-rasm). YAxshi 
rivojlangan sochlar ildizida sochning kutikulasi, po’stloq va mag’iz qismlari tafovut qilinadi. 
Soch kutikulasi soch ildizining pastki va yuqori qismlarida bir xil tuzilishga ega emas. Soch 
so’g’oni - piyozchasi sohasining .kutikulasi bo’ychan (tcilindrsimon) x,ujayralardan iborat. Il- 
152-rasm. Soch ildyzining bo’ylama kesimi. Ge- 
matoksilin-eezin bilan bo’yalgan. Ob. 3,5, 
ok. 10. 
1 _ soch o’qi; 2 -pchki vpitel1:al qgn; 3 - tashqi 
zpitelial qnn; 4 - soch xaltasi; 5 - soch piszchasn; 
6 - soch so’rg’pchi; 7 - yog’ to’qimasn. 
dizning yuqori tomoniga siljigan sari bu hujay-ralar qiyshayib, yassila-nadi va muguzlanadi. Mu-
guzlangan epiteliy hujay-ralari yupqalashib bir-bi-rining ustiga yotadi. 


264 

Download 14,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish