18
Eukariot hujayralar membrana tuzilmalariga boy bo`lib, bu membranalar turli funktsiyalarni
bajaradi. Hujayraning tashqi qavatni hosil qiluvchi plazmatik membrana hujayrani tashqi muhit
bilan aloqasini belgilaydi. Hujayra ichidagi membranalar (sitomembranalar) ATF sintezlovchi
mitoxondriyani, ma’lum moddalarni
parchalovchi lizosomalarni, oqsil, yog`, karbonsuv va
hujayra uchun kerakli ximiyaviy moddalarni sintezlovchi endoplazmatik to`rni, plastinkasimon
kompleksni, yadro qobig`ini va boshqa tuzilmalarni hosil qiladi.
Biologik membranalar hujayra qobig`i, hujayraning membranali organellalarini va yadro
qobig`ini
hosil qilib, qalinligi 6-10 nm bo`lgan lipoproteid tuzilmadir. Biologik
membranalarning taxminan 40% lipiddan, 60% oqsillardan tashkil topgan. Lipidlar turlicha
bo`lib, ularning ichida fosfolipidlar (glitserofosfatlar), sfingomiyelin alohida o`rin tutadi.
Lipid molekulalari ikki qavat
bir-biriga parallel joylashib, ularning gidrofil (polyar)
qismlari tashqariga, gidrofob (nopolyar) qismlari esa bir-biriga qarab yotadi.
Biologik membranalarda oqsillar lipid molekulalari orasida joylashgan. Obrazli qilib
aytganda «oqsil molekulalari lipid ko`llarida suzib yuradi» (5-rasm).
Biologik membranalar oqsil,
lipiddan tashqari, uglevod, noorganik ionlar va suv tutadi.
Membrana tarkibiga kiruvchi oqsillar struktur retseptor va globulyar oqsillardir. Globulyar
oqsillar fermentlarni hosil qilib, moddalarning membrana orqali transportida muhim ahamiyatga
ega.
Biologik membranalarning metabolik funksiyasi ularda joylashgan fermentlar bilan
bog`liq. Biologik membranalar o`ziga xos baryerlardir, chunki
ular hujayrani tashqi muhitdan,
hujayra organellalarini sitoplazmatik matriksdan ajratib turadi. Ular ma’lum qattiqlikka ega
bo`lsa ham, shu bilan birga elastikdir.
Biologik membranalar orqali hujayra organellalarining metabolizm bilan bog`liq bo`lgan
moddalari o`tadi. Agar bu moddalar kontsentratsiyasi past bo`lgan tomonga yo`nalsa va bu
transport energiyaning ishtirokisiz bo`lsa, bunday transport passiv transport (diffuziya) deyiladi.
Moddalarning bunday transporti shu moddaning ximiyaviy gradiyentiga bog`liq.
Diffuziya yo`li bilan transport maxsus o`tkazuvchan moddalar bilan ham bog`liq bo`lishi
mumkin. Bu moddalar oqsil tabiatiga ega bo`lib, membrana orqali o`tuvchi moddaga (substratga)
nisbatan spetsifikdir. Bu moddalar substrat bilan komplekslar hosil qilib,
moddalarni tezrok,
membrana orqali o`tishini ta’minlaydi.
Aktiv transport oqsil tabiatiga ega bo`lgan yetkazuvchi moddalar bilan bog`liq bo`lib,
unda albatta energiya sarf bo`ladi. Aktiv transportda molekula kontsentratsiya gradiyentiga
qarshi harakat qiladi. Aktiv transport membranalar bilan o`ralgan turli strukturalarda malum
moddalarning yetarli miqdorda to`planishini ta’minlaydi. Aktiv transport hujayra
membranalarida hosil bo`luvchi elektrik potentsiallar asosida yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: