Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 13,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/242
Sana15.06.2022
Hajmi13,82 Mb.
#672676
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   242
Bog'liq
2 5273987288483758634

SITOLOGIYA 
(Hujayra haqida ta’limot) 
S
itologiya 
- hujayralarning tuzilishi, takomillashishi va funksiyasi haqidagi fan. 
Hujayra (lat. cellula, yunon.- cytos) sitoplazma va yadrodan tashkil topgan sistema 
bo`lib, o`simlik va hayvon organizmining takomillashishi, tuzilishi va yashash jarayonlarining 
asosi hisoblanadi. Butun hayot davomida modda almashinishida ishtirok etishi, yangi hujayra 
hosil qilishi va doimo yangilanib turishi hujayralarning o`ziga xos xususiyatidir. 
Hayvon va odam organizmida hujayralardan tashqari, simplast va hujayralararo modda 
bor. Simplast hujayralarning o`zaro qo`shilishidan hosil bo`lib, sitoplazmada bir necha yadrosi 
bo`lgan strukturadir. Bunga ko`ndalangtarg`il mushak tolasi, yo`ldosh epiteliysining 
sinsitotrofoblast qavati va boshqalar misol bo`la oladi. 
Hujayralararo modda hujayralar orasida joylashgan bo`lib, suyuqlik holida yoki dirildoq 
yoki zich konsistensiyaga ega bo`lgan asosiy modda va turli tolalardan tashkil topgan. 
Odam va hayvon organizmida hujayralar kattaligi, shakli va tuzilishi jihatidan bir-biridan 
farq qiladi. Bajaradigan funksiyasiga ko`ra hujayralar har xil shaklga ega (3-rasm). Suyuq 
muhitda hujayralar ko`pincha o`zgaruvchan bo`lib, psevdopodiylar hosil qiladi. Bularga qon va 
biriktiruvchi to`qimalarning hujayralari kiradi.
3- rasm. Hujayralarning shakli va xillari (sxema). 
1 - silindrsimon hujayralar; 2 - kubsimon hujayralar; 3 - yassi hujayralar; 4 -yumaloq 
hujayralar; 5- duksimon hujayralar; 6- tarmoqli hujayra; 7 -qadahsimon hujayra; 8- 
prizmatik hujayra; 9-qanotli hujayra; 10 - xivchinli hujayra; 11 - ko`p yadroli hujayra;12-
yadrosiz hujayralar (eritrotsitlar) (V.G. Eliseyevdan). 


14 
4- rasm. Hujayralarning ultramikroskopik tuzilishi (sxema). 
1 - hujayra qobig`i (sitolemma; 2-pinotsitoz pufakchalar; 3-sentrosoma (hujayra 
markazi); 4 - gialoplazma; 5-endoplazmatik to`r; 6-yadro; 7-perinuklear bo`shliqning 
endoplazmatik to`r bilan aloqasi; 8-yadro teshiklari; 9-yadrocha; 10- plastinkasimon kompleks 
(Golji 
kompleksi), 
II-sekretor 
vakuolalar; 
12-mitoxondriyalar; 
13-lizosomalar; 
14-
mikrovorsinkalar; 5-kiprikchalar; 16- desmosomalar; 17-interdigitatsiya; 18- biriktiruvchi 
plastinka; 19-bazal plazmatik membrana burmalari. 
Bir-biriga yaqin yotgan hujayralar esa ma’lum formaga ega. Masalan, plast hosil qiluvchi 
teri epiteliysi hujayralari yassi, qisqaruvchan mushak hujayralari esa uzun duksimon shaklda 
bo`ladi. 
Impuls o`tkazuvchi nerv hujayralar esa uzun-uzun o`simtalarga ega bo`ladi. Erkaklar 
jinsiy hujayrasi – spermatozoidda harakat qiladigan xivchinlari bor va hokazo. Odam va 
ko`pgina sut emizuvchi hayvonlarning hujayralari 5-7 mkm (mikrometr) dan 200 mkm gacha 
bo`ladi. 
Ko`rinishi va kattaligi bilan hujayralar bir-biridan farq qilsada, ular ko`pincha hujayra 
tuzilishining asosiy belgilarini saqlab qoladi (4-rasm). Odam va hayvon hujayralarining umumiy 
tuzilishi bir hujayrali avlodlarni eslatsa ham, ammo ko`p hujayralilar murakkab funktsiyalarni 
bajarishi bilan bog`liq bo`lgan o`z tuzilmalari bilan ajralib turadi. Har bir hujayra sitoplazma 


15 
qobig`i (sitolemma, hujayra qobig`i), sitoplazma va yadrodan tashkil topgan. Sitoplazma: 
organellalar, kiritmalar va gialoplazmadan: yadro: yadrocha, xromatin, yadro shirasi va yadro 
qobig`idan iborat. 
Yorug`lik va elektron mikroskop orqali olingan ma’lumotlarga asoslanib, hujayralarning 
quyidagi qismlari farq qilinadi 

Download 13,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish