Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


EPITELIY HUJAYRALARINING TUZILISHI



Download 13,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/242
Sana15.06.2022
Hajmi13,82 Mb.
#672676
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   242
Bog'liq
2 5273987288483758634

EPITELIY HUJAYRALARINING TUZILISHI 
Epiteliy hujayralarining sitoplazmasida shakli va qaysi organda joylashganligidan. qat’i 
nazar umumiy va maxsus organellalar bo`ladi. Hujayra yadrosining shakli hujayraning shakliga 


77 
bog`liq bo`lib, ko`pincha, dumaloq, oval va yassi bo`ladi. 
Mitoxondriylar kalta tayoqcha shaklida bo`lib hujayra yadrosi atrofida joylashadi. Oqsil 
sintezida ishtirok etadigan hujayralarda donador endoplazmatik to`r yaxshi rivojlangan bo`lib, 
ko`pincha hujayraning bazal qismida va yadro atrofida joylashadi. Sekretsiya jarayonida 
qatnashadigan hujayralarda Golji kompleksi kuchli rivojlangan bo`lib, hujayra yadrosining 
ustida yotadi. Epiteliy hujayralari bazal membranada joilashganligi sababli, ularda ikkita qutb 
tafovut qilinadi; b a z a l va a p i k a l q u t b l a r. Bu ikkala qutblar tuzilishi jihatidan bir-
biridan farq qiladi («Hujayra yuzasining maxsus tuzilmalari» ga q.). Apikal qismi turli maxsus 
tuzilmalar bo`lganligi (mikrovorsinkalar, kiprikchalar) va turli sekretor kiritmalarning mavjudligi 
bilan bazal qismdan farqlanib turadi. 
Epiteliy to`kimasining hujayralari o`zaro desmosomalar, interdigitatsiya va sementlovchi 
modda yordamida bog`lanadi. 
BIR QAVATLI EPITELIY 
 
Bir qavatli bir qatorli epiteliy.
Bu epiteliy tuzilishini ta’riflanganda ko`pincha «bir 
qatorli» termini tushirib qoldiriladi va faqat «bir qavatli epiteliy» deb yuritiladi. Hujayralarning 
shakliga qarab bir qavatli y a s s i, k u b s i m o n, s i l i n d r s i m o n yoki prizmatik 
epiteliylar tafovut qilinadi. 
Bir qavatli yassi epiteliy 
- mezoteliy (45-rasm). Mezoteliy tananing ikkilamchi bo`shlig`i 
yoki selom bo`shlig`ini hosil qiluvchi mezodermaning hosilasidir. Mezoteliy seroz pardalar - 
plevra va qorin pardasining pariyetal va vistseral varaqlarini, yurak oldi xaltachasi devorlarini 
qoplab turadi. Mezoteliy hujayralari (masalan, charvining yaxlit preparati) ust tomondan 
qaraganda notekis chegarali va turli shaklda ekanligi yaqqol ko`rinadi. Bu hujayralarning ikki 
yoki uchta yassilashgan yadrolari bo`lib, ular joylashgan joy bir oz bo`rtib turadi. Elektron 
mikroskopik tekshirishlar natijasida yassn epiteliy hujayralarining qorin bo`shlig`iga qaragan 
erkin yuzasida mikrovorsinkalar borligi aniqlandi. Mikrovorsinkalar mezoteliy yuzasini ancha 
kengaytiradi. Hujayralar bir-biri bilan desmosomalar yordamida bog`lanadi. 
Mezoteliy yuzasi silliq bo`lganligi sababli ichak peristaltikasida, yurakning qisqarishi, 
o`pkaning nafas ekskursiyasida„ organlarning sirpanma harakatlarida muhim rol o`ynaydi, 
hamda organlarning o`zaro yopishib qolmasligini ta’minlaydi. Bundan tashqari, mezoteliy 
hujayralari fagotsitoz qilish xususiyatiga ham ega. Masalan, ular yot zarrachalarni, mikroblarni, 
melanin kiritmalarini qamrab oladi. Shuning uchun ham epitelny to`qimasi biriktiruvchi to`qima 
va tana bo`shliqlari o`rtasidagi «seroz-gemolimfatik to`siq»ni hosil qilishda ishtirok etadi. 
Mezoteliy yuksak fiziologik qayta tiklanish qobiliyatiga ega. Mezoteliy hujayralarining 
o’ziga xos xususiyati ulardagi dekompleksatsiya jarayonidir. Bu jarayon davomida hujayralarda 
desmosomalar yemiriladi, hujayralar qisqarib yumaloqlashadi va bazal membrana bilan aloqasi 
uziladi. Natijada hujayralar tana bo’shlig’iga ajraladi. Fiziologik holatlarda hujayralarning 4-6 % 
bo’shliq (peritoneal) suyuqlig’ida muallaq holatda uchraidi. Ajralib tushgan hujayralar o’rnini 
qo’shni hujayralar surilib to’ldiradi. Ularning atrofida esa boshqa hujayralarning bo’lishini 
ko’rish mumkin.
Mezoteliyning shikastlangandan keyingi qayta tiklanishi turli xil umurtqalilarda turlicha 
bo`ladi. Masalan, sut emizuvchi hayvonlarda mezoteliyning shikastlanishi seroz pardalarni 
yallig`lanishga olib keladi. Bu paytda hujayralar shishib, ular orasidagi bog`lanish bo`shashadi 
va hujayralar degenerativ o`zgarishlarga uchrab ajralib tushadi. Shikastlangan joyning yonida 
hujayralarning mitoz bo`linishi ko`rinadi va pirovardida ko`p yadroli hujayralar paydo bo`ladi. 
Hujayralarning shikastlangan joyga sekin-asta surilishi natijasida ajralib tushgan hujayralar o`rni 
to`lib boradi. Patologik holatlarda esa ajralib tushgan hujayralar o`rnida teshikchalar hosil 
bo`ladi va ular 
stomatalar 
deb ataladi. 
Bir qavatli kubsimon epiteliy. 
Buyrak kanalchalarida, bezlarning chiqaruv naylarida, 
kichik bronxlarda uchraydi (46-rasm). Kubsimon hujayralarning yadrosi dumaloq shaklda bo`lib, 
uning markazny qismida joylashadi (47-rasm). 


78 
45- rasm. Bir qavatli yassi epiteliy. Kumush nitrat va gematoksilin bilan bo`yalgan. 
0b. 40. ok. 10. 1-mezoteliy hujayra yadrosi; 2-mezoteliy hujayralarining chegarasi. 
46-rasm. Bir qavatli kubsimon epiteliy. Buyrak preparati. Gematoksilin-eozin bilan 
bo`yalgan. 0b. 20. Ok. 10. 
1-siydik yig`uv naychasining ko`ndalang kesmasi; 2- kubsimon epiteliy hujayralari 3-
yadro; 4-biriktiruvchi to`qima. 
Terminal bronxiolani qoplagan kubsimon hujayralarning apikal qismida kiprikchalar 
ko`rinadi. Buyrak kanalchalarining devorida joylashgan hujayralarning apikal qismida esa jiyak 
bo`lib, u barmoqsimon o`simtalardan - mikrovorsinkalardan tuzilgan, ular so`rilish yuzasini 
kengaytiradi. 
Bir qavatli silindrsimon yoki prizmatik epiteliy 
asosan hazm qilish, siydik ajratish va 
tanosil organlarida uchraydi; me’da, ichak, o`t pufagining ichki yuzasi, jigar va me’da osti 
bezining chiqaruv naylarini, buyrak kanalchalarini, bachadon va bachadon nayini qoplaydi. 
Bir qavatli silindrsimon epiteliy bir-biriga zich joylashgan baland prizmatik shakldagi 
hujayralardan tashkil topgan (48-rasm). Me’daning yuza qavatida joylashgan hujayralar shilliq 
sekret ishlaydigan hujayralar qatoriga kiradi (49-rasm). Ichak epiteliysida ayrim hujayralar 


79 
shilliq sekret ishlaydi. Ular sekret bilan to`lgan vaqtda apikal qismi kengayadi, bazal qismi esa 
ingichka bo`lib qoladi va natijada qadah shaklini oladi. Bunday hujayralar 
qadahsimon 
hujayralar 
deb ataladi. Me’dadagi prizmatik va ichakdagi qadahsimon hujayralar ishlab 
chiqargan shilliq moddasida kislotali va neytral glikozaminoglikanlar aniqlangan. Ular 
hujayralarni kimyoviy va mexanik ta’sirotlardan saqlaydi. 
Ichak epiteliysida so`rish jarayonida ishtirok etadigan hujayralar mavjud. Oddiy 
mikroskop orqali kuzatilganda prizmatik hujayralarning apikal yuzasi (ingichka va yo`g`on 
ichak, o`t pufagi) jiyak bilan qoplanganligini ko`rish mumkin. Shuning uchun ham bunday 
epiteliy bir qavatli silindrsimon jiyakli epiteliy deb yuritiladi. Elektron mikroskop yordamida 
jiyak barmoqsimon o’simtalardan – mikrovorsinkalardan tashkil topganligi aniqlangan(50-rasm).
47-rasm. Bir qavatli kubsimon epiteliy. Buyrak siydik yig’uv naychalari 
hujayralarining
electron mikrofotogrammasi. X 12500. 
1 – yadro; 2 – mitoxondriya; 3 – yiguv naychasining bo’shligi. 
(«Hujayra yuzasining maxsus tuzilmalari»ga q.). Mikrovorsinkalar hisobiga epiteliy 
hujayrasining so’ruvchi yuzasi bir necha marta oshadi. Gistoximiyaviy reaktsiyalar prizmatik 
epiteliy hujayrasi jiyaklari glikozaminglikanlar va ishkoriy fosfatazalarga boyligini ko’rsatadi. 

Download 13,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish