Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


AYOLLAR JINSIY HUJAYRASI-TUXUM HUJAYRANING TUZILISHI



Download 13,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/242
Sana15.06.2022
Hajmi13,82 Mb.
#672676
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   242
Bog'liq
2 5273987288483758634

AYOLLAR JINSIY HUJAYRASI-TUXUM HUJAYRANING TUZILISHI 
 
Tuxum hujayra hamma hujayralar uchun umumiy belgilardan tashqari, bir qator o`ziga 
xos xususiyatlarga ega. Bularga quyidagilar kiradi. 
1. Yangi organizmning taraqqiyoti uchun zarur bo`lgan oziqa moddalarning ko`p yoki 
kam miqdorda bo`lishi. 
2. Sitoplazma (tuxum hujayrada ooplazma)ning periferik kismida yuzaki yoki kortikal 
(cortex - po`st) qavatni va tuxum hujayrani qoplab turuvchi va uni tashqi muhit zararli ta’si-
rotlaridan himoya qiluvchi o`ziga xos qobiqlarning bo`lishi. 
3. Hujayraning qutbli tuzilganligi, ya’ni har xil tuzilishdagi qutblarning mavjudligi. 
Tuxum hujayra ko`pincha dumaloq shaklga ega (33-rasm). Uning kattaligi 
sitoplazmadagi oziqa modda - sariqlikning miqdoriga bog`liq. Hujayraning yadrosi anchagina 
katta bo`lib, ekstsentrik joylashadi va markazida katta yadrocha tutadi. Yetilgan tuxum hujayrada 
elektron mikroskop ostida kuchsiz rivojlangan sitoplazmatik to`r, erkin ribosomalar
sitoplazmada teng tarqalgan mitoxondriyalar borligi aniqlangan. 
33- rasm. Sut emizuvchilarning yetilgan tuxum hujayrasi. Gematoksilin-eozin bilan 
bo`yalgan. 0b. 40. ok. 10. 1-yadro; 2-sitoplazma; 3-yaltiroq qavat; 4-follikulyar hujayralardan 
hosil bo`lgan «nurli toj», 5 -follikul epiteliysi 
Tuxum hujayra takomilining ilk bosqichlarida Golji kompleksi yadro atrofida joylashadi. 
Tuxum hujayra yetilgan sari plastinkasimon kompleks sitoplazmaning chekka qismiga suriladi. 
Sitoplazmaning shu qismida kislotali glikozaminoglikanlarga boy bo`lgan donachalar joylashib, 
ular po`stloq (kortikal) qavatni hosil qiladi. Tuxum hujayra urug`langandan so`ng kortikal 
granulalar urug`lanish qobig`ini hosil qilishga sarf bo`lishi natijasida po`stloq qavat yo`qoladi. 
Turli hayvon tuxum hujayralari sitoplazmasida sariqlik bo`lib, uning miqdori turlicha. 
Ularning joylashishi va miqdori embrional rivojlanish yo`llarini belgilaydi. Sariqlik sitop-
lazmadagi har xil oziqa moddalardan tashkil topgan kiritmalardir. Tarkibiga ko`ra sariqlik - 
uglevodli, yog`li va oqsilli bo`lishi mumkin. Oqsilli sariqlik ayniqsa katta ahamiyatga ega, 
chunki uning miqdoriga qarab tuxum hujayralar klassifikatsiyalanadi. Sariqlik ayrim hollarda 


61 
tuxumda ko`p miqdorda to`planuvchi oqsil donachalaridan yoki plastinkalaridan tashkil topadi. 
Ovotsit tashqi tarafdan hujayra qobig`i bilan o`ralgan bo`lib, u ko`p miqdorda 
mikrovorsinkalar hosil qiladi. Sut emizuvchilarda tuxum hujayraning o`sishi tuxumdonda, 
yetilishi esa bachadon naylarida kechadi. Tuxumdondagi ovogoniy hujayralarining o`sish 
davrida ularni o`rab turgan hujayralar ko`payib ko`p qavatli bo`lib qoladi. Bu hujayralar 
follikulyar suyuqlikni sekretsiya qilishi natijasida follikulyar hujayralar orasida bo`shliq hosil 
bo`ladi (34-rasm). Bu bo`shliqning kengayishi davomida tuxum hujayra bir qavat follikulyar 
hujayralar (nurli toj) bilan o`ralgan holatda qoladi. Hujayralar yassi yoki kubsimon shaklga ega 
bo`lib, ularning uzun o`simtalari tuxum hujayra mikrovorsinkalarining orasiga kirib, ozuqa 
moddalarning tuxum hujayraga o`tishiga sharoit yaratadi. Tuxum hujayra qobig`i va follikulyar 
hujayralar oralig`ida, shu hujayraning mahsuloti bo`lgan glikozaminoglikanga boy yaltiroq qavat 
joylashadi. Suv hayvonlarida uni dirildoq qobiq deb ham yuritiladi. 
34- rasm. Yetilgan ovotsit hujayrasining bir qismi. Elektron mikrofotogramma. 
1-yadrocha; 2-yadro; 3-kortikal tanachalar; 4-ovotsit yuzasi; 5-yaltiroq qavat; 6-follikul-
yar hujayralarning yadrolari; 7 - yaltiroq qavat orqali o’tuvchi nurli toj hujayralari va ovotsitning 
kichik o`siqchalari; 8-follikulyar suyuqliq bilan to’lgan follikulyar bo’shliq (Rodindan). 

Download 13,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish