gistiotrof oziqlanish davri
deyiladi. Homila pufagi tezlik bilan
o’sa boshlaydi. Keyincha-lik bachadon devorining shilliq qavatida, trofoblast va embri-
oblastlarda bir vaqtda o’zgarishlar sodir bo’lishi tufayli ho mila taraqqiyoti jadal davom etadi.
Homila bachadon devorining shilliq qavatiga implantatciya qilingan va o’suvchi pufakka
aylangandan so’ng bachadon devori-ning shilliq qavati o’zgarishlarga uchray boshlaydi. SHilliq
par-daning ikkala qavati yana ham yaqqol ko’rinadi. Uning birinchi zich qavati detcidual
hujayralardan hamda bachadon bezlarining chiqaruv naylaridan iborat. Ikkinchi qavati esa
g’ovak bo’lib,uni nihoyatda kattalashgan bachadon bezlari tashkil etadi. Bachadon-ning bu
darajada o’zgargan shilliq qavati emiriladi. Bachadon shilliq qavati o’zgarishlari avval uning
butun devori bo’ylab keng tarqaladi, keyinchalik esa har xil qismlarida ular turli-cha bo’ladi.
Trofoblastda bo’labigan o’zgarishlarga undagi
hujayralar so-nining keskin ko’payishi va
devorining qalinlashishi asos bo’la-di. Ayni vaqtda, trofoblastning tashqi yuzasida hujayralar
to’plamidan iborat o’simtalar -
trofoblast so’rg’ichlari
(vor-sinkalari) vujudga keladi.
Trofoblastning birlamchi vorsinka-lari bachadon shilliq qavatiga chuqurroq o’sib kirishi
jarayonida bachadon bezlari va qon tomirlar devorlarining eritib yuborishi tufayli homila pufagi
atrofida yarim suyuq modda hosnl bo’li-shiga sababchi bo’ladi.
Trofoblast vorsinkalarning o’sib kattalashishi bilan bir> vaqtda homilaning embrional tuguni
ham o’z navbatida chuqur o’z-garishlarga uchrab, bu o’zgarishlar gastrulyatciya va provizor or-
ganlarning paydo bo’lish davrlarini o’z ichiga oladi. Ayni vaqtda,, trofoblast homilani faqatgina
ona organizmi to’qimalarining emirilishidan hosil bo’lgan mahsulotlar bilangina emas, balki
oziq moddalar va :kislorodni so’rib olish yo’li bilan ham oziq-lantiradi.
Embrioblastdaai £ki homila pufagidagi o’zgarishlar
ichki em-brional varaqning paydo bo’lishi
bilan xarakterlanadi. Odamda gastrulyatciyaning bu qismi delyaminatciya yo’li bilan borib, bu-
ning natijasida trofoblastga ichki tomondan yondoshgan tashqi varaq - ektoderma hamda pufak
bo’shlig’i tomonidagi ikkinchi varaq entoderma vujudga keladi. Ekto- va entoderma varaqlari
tarkibidagi to’qimadan, keyinchalik homilaning o’zigina emas, balki homiladan tashqari organlar
ham rivojlanadi. Homila-ning ektodermasi bo’lmish amnion pufakchaning tubi (homila en-
todermasi) sariqlik pufakchasining devoriga yondoshadi. SHu vaqt-da homila qalqoncha
shakliga ega bo’ladi va uning rivojlanishi amnion pufakcha ichidagi amnion bo’shlig’ida sodir
bo’ladi. Taraq-qiyotning o’n birinchi kunlarida homila qalqonchasi tarkibi-dagi homila
pufakchasining bo’shlig’iga homiladan tashqari mezo-dermani hosil qiluvchi o’simtali hujayralar
(mezenxima) ajra-lib chiqadi. Bu mezoderma keyinchalik homiladan tashqari mezo-dermani
vujudga keltiradi. Homiladan tashqari mezoderma ko’-payib, o’sishi tufayli amnion va sariqlik
pufagini tashqi to-mondan, trofoblastni esa ichki tomonidan qoplab oladi hamda homila
pufagining bo’shlig’ini to’ldirib turadi. SHu davrda trof-oblast va uning ostidagi mezoderma
xorionni (so’rg’ichli qavatni) hosil qiladi.
SHu tariqa ikki haftalik homila quyidagicha tuzilishga ega bo’ladi. Homila birlamchi so’rg’ichli
414
trofoblast va unga ichki to-mondan yondoshgan homiladan tashqari mezoderma hosil qilib,
ularni birgalikda
xorion yoki so’rg’ich qavat (parda)
deyiladi. Homila pufagining (bachadon
devoriga eng chuqur botib turgan) qutbida, homiladan tashqari mezoderma tarkibida, bir-biriga
zich yondoshgan ikki pufak - amnion va sariqlik pufaklari joy-lashadi. Homila pufagining
bo’shlig’ini to’ldirib turgan, homi-ladan tashqari mezoderma hujayralarining tasmachalari
g’ovak joylashib, ular orasidagi yoriqlar suyuqlik bilan to’lgan bo’la-di. Amnion devoridan
xorionga tomon homiladan tashqari mezo-derma tasmachalar holida yo’naladi. Amnion va
sariqlik pu-fakchalarining devorlari bir-biriga zich yondoshgan erda homila qalqonchasi
joylashadi.
Amnion pufakcha devorining qalinlashgan tub qismi homila ektodermasi, qolgan qismi esa,
amnion pufakchasi deyila-di. Sariqlik pufakchaning amnion pufagi tubiga tegib turgan qismi
homila entodermasi bo’lib, qolgan qismi esa ho-miladan tashqari sariqlik entodermasidir.
YUqorida aytib o’tilganlar shuni ko’rsatadiki, odam embrio-genezining dastlabki bosqichlari
avval homiladan tashqari par-dalar - trofoblast, homiladan tashqari mezoderma, amnion ham-da
sariqlik qopchalarining kuchli va mukammalroq taraqqiy eti-shi bilan. xarakterlanadi (256-rasm).
SHu tufayli homila va ona organizmi orasidagi mustahkam bog’lanish - homilaning
256-rasm. Odam pushtnda provizor^organlargiig hosil bo’lishi (sxema).
!-zkzotcelomik membrananing saqlanib qolgan uchastkalari. 2 - xsrienning biriktiruvchi
to’qimali qavati; 3-«definitiv» sariqlik qopining entodermasi; 4 - amnion bo’shlig’i; 5 -
amnion tayoqchasi; b - trofoblast; 7- bachadon zptelnysi (A.G. Kiorredai).
oziqlanishi va rivojlanishi uchun zarur sharoit yuzaga keladi. Rivojlanishning 15-17-kunlarida,
gastrulyatciyaning navbatdagi bosqichida, homilaning orqa tomonidagi ektodermada (immigra-
tciya natijasida) mayda hujayralar to’plami vujudga keladi. Qeyinchalik undan lantcetnik,
amfibiy va baliqlar blastoporasi-ning yon lablariga to’g’ri keladigan, qushlarniki kabi b i r l a m-
ch i t a c ma va dorzal labning analogi bo’lmish genzen tuguni hosil bo’ladi. Genzen tugunining
oldidagi ektodermaning mayda hujayralarining to’plami ekto- va entoderma orasiga ko’chadi.
SHu tariqa xordal yoki bosh o’simta vujudga keladi. Xordal o’sim-ta paydo bo’layotgan ayni
vaqtda birlamchi tasma tarkibida ko’-payib borayotgan mayda hujayralar to’plami ekto- va
entoderma oralig’iga ko’chib, u erda mezodermani hosil qiladi. Mezoderma xorda atrofida
mezodermal qanotlar shaklida joylashadi. SHun-
415
257-rasm. 18 kunlnk odam pushtninig 5 ta har xil sathd^gi ko’shplmg kesil<
a - prexordal plazginka sat.ch,i; b -• 5ir oz keudal techzn^agn sat\;
Do'stlaringiz bilan baham: |