Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 13,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/242
Sana15.06.2022
Hajmi13,82 Mb.
#672676
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   242
Bog'liq
2 5273987288483758634

SIYDIK CHIQARUV YO’LLARI 
Siydik chiqaruv yo’llari buyraklarda uzluksiz hosil bo’lib^ turadigan siydikni tashqi muhitga 
chiqarib turadi. Siydik chi-qaruv yo’llariga buyrak kosachalari va jomchalari, siydik nayi, siydik 
pufagi (qovuq) va tashqi siydik chiqaruv yo’li kiradi. 
Buyrak kosachalari va jomchalari, siydik nayi va qovuqning umumiy tuzilishi o’xshash bo’lib, 
ularda 4 pardani farq qilnsh. mumkin: shilliq, shilliq osti, mushak va adventitciya. Buyrak 
kosachalarida bir qavatli epiteliy asta-sekin ko’p qavatli: o’zgaruvchan epiteliyga almashadi. 
Buyrak jomlarini siydik nayining buyrak ichida joylashgan qismi deb qarash mumkin. U ham 
boshqa siydik yo’llari kabi ko’p qavatli o’zgaruvchan epite-liy bilan qoplangan. Epiteliy ostida 
siyrak tolali birikti-ruvchi to’qimadan iborat shilliq pardaning xususiy qavati yotib, u shilliq osti 
pardada davom etadi. SHuni qayd qilish kerakki, "siydik chiqaruv yo’llarining hamma 
qismlarida shilliq parda-ning mushak plastinkasi bo’lmagani uchun shilliq pardaning xu-susiy 
qavati va shilliq osti pardasi orasida aniq chegara yo’q. Mushak parda jomlarda 2 qavat: ichki - 
bo’ylama, tashqi - aylana bo’lib joylashgan silliq mushak hujayralaridan iborat... Buyrak 
so’rg’ichlari sohasida faqat aylana joylashgan mushak. tutamlari bo’lib, ularning qisqarishi 
siydikni piramidadan-ajralib chiqishiga yordam beradi. 
SIIDIK NAYLARI 
Siydik naylarida shilliq, shilliq osti, mushak va adventi-tciya pardalari aniq ajraladi (239-rasm). 
SHilliq pardada o’z-garuvchan epiteliy bilan qoplangan bo’lib, unda bo’ylama joy-lashgan 
burmalar bo’ladi. Burmalar siydik nayi kengaygan-vaqtda tekislanadi. Siydik nayining pastki 
qismida, siyrak, biriktiruvchi to’qimadan iborat shilliq osti pardasida prostata beziga o’xshash 
tarmoqlangan bezchalar bo’ladi. Siydik nayishshg mushak parda.si yuqorida ikki, pastki qismida 
esa uchta qatlam joylashgan silliq mushak tolalaridan iborat. Mushak tutamla-ri ichki va tashqi 
qatlami bo’ylama, o’rtada esa aylanma yo’na-lishga ega. Siydik nayining siydik pufagi devorida 
joylashgan qismida mushak parda faqat bo’ylama mushaklardan iborat. Bu mushaklarning 
qisqarishi qovuq mushaklarining holatidan qat’-iy nazar, siydik nayining teshigini ochib, 
siydikning pufakka o’tishini ta’minlaydi. Siydik nayining adventitciya pardasi; atrofdagi 
to’qimalar bilan qo’shilib ketadi. 


383 
QOVUQ 
Qovuqning shilliq pardasi o’zgaruvchan epiteliy va siyrak-tolali shakllanmagan biriktiruvchi 
to’qimali xususiy qatlam-dan iborat (240-rasm). Biriktiruvchi to’qimali qatlam qon va 
239- rasm. 32-29 Siydik nayining ko’ndalang kesimi. x26. 
1 - nay bo’shlig’i; 2 - o’zgaruvchan epiteliy; 3 - biriktiruvchi to’qima; 4 - sslliq mushak hu-
jayralari; 5 - qon tomir va sg’to’qima tutgan snyrak biriktiruvchi to’qima. 
32-30. 32-29 dagi kvadratiing kattalashtirilgan ko’rinishi. Siydik nayining 
elektron mikrofotogrammasi. x1860. 
I - bo’shliq; 2 - o’zgaruvchan epiteliy hujayralarining yadrosi; 3 - biriktiruvchi to’qima: 
4 - kapillyar bo’shlig’i; 5 - kollagen tolalar tutami. 6-fibroblastlar; 7 - si-gliq mushak 
hujayralarining yadrolari; 3 -mushak parda kapillyarining bo’shlig’i; 9 -mielinsiz nervlar; 
10 - arteriolalar; 11 - venulalar; 12 - semiz hujayra (Rodindash. 
limfa tomirlariga boy. Mayda qon tomirlar epiteliyga juda yaqin yotadi. Qovuq shilliq pardasi 
siydik yo’q vaqtda burmalar hosil qilib, bu burmalar qovuq siydikka to’lganda tekislanadi. 
Qovuqning uchburchak sohasining shilliq pardasida burmalar bo’lmaydi. Bu sohada shilliq osti 
pardasi yo’q bo’lib shilliq pardaning xususiy qavati mushak parda bilan birlashib ketadi. Bu 
sohada siydik nayining pastki qismidagi bezlarga o’xshash bezlar joylashgan. Qovuqning boshqa 
qismlarida shilliq parda 


384 
240-rasm. Qovuqning yuqori qismch. Gematoksilin-eezin bilan bo’yalgan. 
06. 3, 5, ok, 10. 
1 - shilliq parda; 2 - o’zgaruvchan epiteliy; 3 - xususiy qatlam; 4 - shilliq osti pardasi; 5- 
mushakparda; a - ichki buylama qasat; b - o’rta ko’ndalang va tashqi bo’ylama mushaklar. 
ostida siyrak biriktiruvchi to’qimadan iborat shilliq osti parda joylashadi. 
Qovuq mushak pardasi ichki, tashqi qatlami bo’ylama va o’r-ta-aylanma yo’nalgan mushak 
hujayralaridan iborat. Qovuqning tashqi siydik chiqaruv yo’liga davom etish qismida (qovuqning 
bo’yin qismi) aylana joylashgan mushak tutamlari sfinkter hosil qiladi. Mushak tutamlarini o’rab 
turuvchi biriktiruvchi to’qima qatlamlari qovuqning tashqi adventitciya pardasiga, qo-vuqning 
tub qismida esa seroz qavatga o’tib ketadi. Qovuqning tub qismi seroz parda bilan o’ralgan. 
Qovuq simpatik, parasimpatik va spinal (sezuvchi) nervlar bilan ta’minlangan. Bundan tashqari, 
qovuqda ko’p miqdorda 
nerv tugunchalari va nerv sistemasinnng neyronlari topilgan. Bu neyronlar, ayniqsa, siydik 
naylarining qovuqqa quyilish erida ko’p bo’ladi. Bundan tashqari, qovuqning seroz, mushak va 
shilliq pardalarida ko’p miqdorda retceptor nerv oxirlari ham uchraydi.- 

Download 13,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish