Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 13,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet218/242
Sana15.06.2022
Hajmi13,82 Mb.
#672676
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   242
Bog'liq
2 5273987288483758634

Buyrak arteriyasi 
qorin aortasidan ajraladi. U buyrak darvozasidan kirib, mayda 
arteriyalar-
bo’laklararo arteriya-larga 
(arteria inferlcbularis) tarqaladi. Buyraklararo arte-riyalar 
piramidalar orasidan o’tib borib, po’stloq va mag’iz modda chegarasida bo’linib, 
vy arteriyani 
(a. arcuata) tashkil qiladi. 
YOY 
arteriya buyrak yuzasiga parallel yotadi va po’stloq hamda miya 
moddalariga mayda tarmoqchalar beradi. Bu arteriya-lar po’stloq moddada 
bo’lakchalararo 
arteriya 
(a. interlobularis) ho-sil qilsa, mag’iz qismida 
to’g’ri arteriya 
(a. recta) nomi bilan 
yuritiladi. Interlobulyar arteriyalardan buyrak tanachalariga qon olib keluvchi tomirlar (vas 
afferens) boshlanadi. Har bir qon olib keluvchi arteriya o’zaro anastomoz hosil qiluvchi kapil-
lyarlarga bo’linib so’ngra, ular qon 
olib ketuvchi 
tomirni (vas efferens) tashkil etadi (232-rasmga 
q.). Bu arteriolaning dia-metri olib keluvchi arteriolaning diametridan ikki marta ki-chiqroqdir. 
SHunday qilib, qon kapillyarlar tugunchasi (buyrak koptokchasi) sistemasida ikkita xususiylikni 
ko’rish mumkin: 1) tuguncha kapillyarlari yig’ilib, venulani hosil qilmaydi. balki arteriolani 
hosil qiladi, ya’ni kapillyarlar ikki arte-riolalar orasida joylashadi. Kapillyarlarning bunday 
o’ziga xos joylashishiga 
ajoyib to’r 
deyiladi (rete mirabile) 2) olib chiquvchi arteriolaning 
diametri kichik bo’ladi. Bu holat tugun kapillyarlarida qon bosimni oshishga olib keladi va 
intensiv fil’tratciya bo’lishini ta’minlaydi. 
Olib ketuvchi arteriola yana ikkinchi marta kapillyarlarga tarmoqlanadi va po’stloq hamda miya 
zonasida buyrak kanalcha-larini o’rab oziqlantiradi. So’ngra kapillyarlar qo’shilib, yul-duzsimon 
venoz sinuslarni hosil qiladi. Bu sinuslardan bo’lak-chalararo venalar boshlanadi. Ular birikib 
yoy venalarini ho-sil qiladi. Bulardan boshlangan bo’laklararo venalar buyrak venasiga quyiladi. 


381 
YOY 
arteriyasidan mag’iz qismiga borgan to’g’ri arteriyalar kapillyarlarga bo’linib, mag’iz qism 
va so’rg’ichda joylashgan kanallarni o’raydi. SHu erda kapillyarlar venulalarga aylana-di va 
to’g’ri venalarni hosil qiladi. Bular esa yoy venalariga borib quyiladi. 
YUkstamedullyar nefron 
tanachalari ma’lum darajada o’ziga xos tuzilishga ega. U barcha buyrak 
kanalchalarining o’rtacha 15-20% ini tashkil etadi. Bu tanachalarda olib ketuvchi arte-riolalar 
diametri olib keluvchilarga nisbatan bir oz kattadir. Olib ketuvchi arteriolalar o’zaro anastomoz 
hosil qiladi va piramidalar orasiga kiradi, so’ngra venoz tomirlariga quyila-di. Bundan tashqari, 
bu tanachalarda olib keluvchi va olib ke-tuvchi tomirlar orasida anastomozlar mavjud. 
YUkstamedullyar tanachalar faqatgina fil’tratciya apparati hisoblanmasdan balki drenaj 
sistemasi sifatida ham xizmat qiladi. 
Nefronning gistofiziologiyasi. Hozirgi davrda buyrakda eiydik ajralishi haqidagi keng tarqalgan 
nazariyalardan biri 
fil’tratcion-rezorbtcion 
nazariyadir. Bu nazariyaga muvofiq 
buyrak tanachasidagi kapillyarlarda oquvchi qondan tanacha kap-sulasining bo’shlig’iga qon 
plazmasining barcha tarkibiy qism* lari fil’trlanadi. Bu tarkib mikropipetka yordamida tanacha 
kapsulasi punktciya qilinib, so’ngra ul’trafil’tratni mikroxi-miyaviy tekshirish o’tkazish orqali 
aniqlangan. Bunday qon plaz-masining ul’trafil’trati birlamchi siydik deb nomlanadi. 
Bir sutkada odamning har bir buyragida 100 litrgacha bir-lamchi siydik hosil bo’ladi. Fil’tratciya 
jarayonida plazmaning barcha tarkibiy qismlari kapillyarlarning endoteliy va podo-tcit 
hujayralarining orasida yotuvchi uch qavatli bazal membra-nalardan o’tib, podotcitlarning 
o’simtalari orasidagi tirqish-simon yoriqlarga tushadi. SHunday qilib, qon va kapsulalarara 
fil’tratcion bar’er rolini kapillyarlarning 
endoteliy hujay-ralari, 3 qavatli bazal membrana, 
kapsula ichki varag’ining pobotcit hujayralari 
tashkil qiladi. Siydik fil’tratciya bo’li-shida 
buyrak tanachasidagi qonning yuqori bosimi (70-90 mm simob ustuni) hal qiluvchi omildir. Bu 
bosim olib keluvchi va olib ketuvchi arteriolalar diametrining turli xilda bo’lishi-dan kelib 
chiqqandir. Qon bosimi 40-50 mm simob ustunidan pasaysa, buyrak tanachasidagi fil’tratciya 
to’xtab, birlamchi siydik hosil bo’lmaydi. SHuning uchun bosimlari past bo’lga» buyrak 
tanachasida (yukstamedulyar zonada) birlamchi siydik hosil bo’lishi po’stloq nefron zonalariga 
nisbatan sustdir. Bir-lamchi siydik buyrak tanachasining kapsula bo’shlig’idan nefron-ning quyi 
qismlarigacha oqib o’tadi. 
Bu naylarda birlamchi siydik jiddiy o’zgarishlarga uchrab, ikkilamchi siydikka aylanadi. Siydik 
naylarida qaytadan ko’p miqdorda suv, oqsil, glyukoza, tuz ionlari so’riladi. Suvning ko’p 
miqdori qayta so’rilgani uchun ikkilamchi siydikning miq-dori 1,5 litrga kelib qoladi. Buning 
natijasida siydik kon-tcentratciyasi oshadi (masalan, mochevina 70 marta, ammiak 40" marta 
oshadi). Nefronning proksimal bo’limida suv, oqsil, glyukoza va boshqa moddalarning asosiy 
qismi (50%) aktiv so’rila boshlanadi (obligat reabsorbtciya). Nefronning ingichka bo’limida suv 
bilan bir qatorda ba’zi bir tuzlar so’rilsa, distal bo’limda asosan suv va natriy so’riladi 
(fakul’tativ reabsorbtciya). 
Proksimal va distal kanalchalardagi obligat va fakul’ta-tiv reabsorbtciya orasidagi son va sifat 
farqlari ularning struktur va gistofermentativ har xilligi bilan ta’minlanadi. So’rilishning asosiy 
qismi proksimal bo’lim hujayralarining apikal yuzasidagi, uning maydonini kengaytiruvchi 
mikrovor-sinkalar hisobiga bo’ladi. Mikrovorsinkalar hisobiga kengay-gan proksimal 
kanalchalarning jami maydoni odamning buyra-gida 50 m
2
ga yaqindir. 
SHunday qilib, buyraklarda siydikning hosil bo’lishi ikk» bosqichda kechadi. Birinchi bosqichda 
siydikning ul’trafil’tra-TCiyasi buyrak tanachalarida ro’y beradi. Ikkinchi bosqich nefron-
kanallaridagi rezorbtciyani va sekretciyani o’z ichiga oladi. Fa- 
kul’tativ rezorbtciya jarayoniga gipofizning 
antidiuretik gir-moni 
bilan buyrak usti bezining 
po’stloq moddasida ishlab chiqariluvchi 
aldosteronning 
ta’siri kattadir. 
Qonga buyrak tanachasi devoridan fil’trlanmaydigan ba’zi bir kolloid bo’yoqlar kiritilsa, ular 
siydik tarkibida paydo bo’ladi. Mikropunktciya va gistologik tekshirishlar yordamida bunday 
bo’yoq moddalarning kapsula ichidagi suyuqlikda bo’lmas-ligi, lekin nefron naylaridagi 
suyuqlikda va nay hujayrasida ularning bo’lishligi aniqlangan. SHu asosdan nefron naylari 
epiteliylari faqatgina ikkilamchi siydik mahsulotlarini re-absorbtciya qilib qolmay, balki sekretor 


382 
faoliyatga ham ega deb xulosa chiqarish mumkin. 
Naylarda yuz bergan sekretciya shu bo’lim epiteliysining mod-da almashinuvi jarayonidagi aktiv 
faoliyatining natijasidir. Ba’zi bir sudralib yuruvchilarda va qushlarda nay sekretciyasi siydik 
hosil bo’lishida etakchi rol’ o’ynaydi. YUqori tabaqa hayvonlarda va odamda siydik hosil 
bo’lishida kanal sekretciya-sining ahamiyati kam. Ammo kanallarning sekretor faoliyati orqali 
buyrak tanachalarida fil’trlanmaydigan moddalar or-ganizmdan tashqariga chiqariladi. Bundan 
tashqari, qonda ba’zi bir moddalarning miqdori haddan tashqari ko’paysa ham (masa-lan, 
mochevina) u moddalar kanal hujayralaridan sekretciya bo’la boshlaydi. Bu esa nefron nayi 
sekretciyasining siydik ho-sil bo’lishida rezerv omillardan biri sifatida xizmat qili-shini 
ko’rsatadi. 
Buyrakning yoshga qarab o’zgarishi. Tekshirishlar postembrio-nal davrda buyrakda ancha 
o’zgarishlar bo’lib o’tishini ko’rsatadi. Po’stloq moddaning qalinligi yangi tug’ilgan buyrakning 
20-25% ini tashkil etsa, voyaga etgan vaqtda 1/2, va 1/3 qismini tashkil etadi. Ammo bu davrda 
buyrak massasining ko’payishi yangi nefron-lar hosil bo’lishi bilan bormay, balki mavjud 
neyronlarning o’sishi va differentciallanish hisobiga bo’ladi. YAngi tug’ilganlar-da proksimal 
naychaning qalinligi 18-36 mkm bo’lsa, voyaga etgan organizmda 40-60 mkm dir. 
YOSH 
oshib 
borgan sari neyronning uzunligi o’zgarib boradi, ya’ni uzayadi. Qarilarning buyrakla-rida 
sklerozga uchragan neyronlar ham bo’ladi. Bu davrda buy-rak hujayralarining proliferativ 
aktivligi susayib, mitotik bo’linish deyarli bo’lmaydi. 
Innervatciyasi. Buyrak simpatik va parasimpatik nervlar bilan va orqa miyaning orqa ildizchasi - 
afferent nerv tolala-ri bilan ta’minlanadi. Nervlar buyrakka, asosan, tomirlar bilan kirib, nerv 
oxirlari barcha katta-kichik arteriya, vena, arteriola va venulalarning hamma qavatlarida 
joylashadi. Ham simpatik, ham parasimpatik nerv oxirlari endoteliy ostidagi bazal membrana 
ostida tarmoqlanadi. 

Download 13,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish