Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 13,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/242
Sana15.06.2022
Hajmi13,82 Mb.
#672676
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   242
Bog'liq
2 5273987288483758634

YURAK TUZILISHI 
 
Yurak (cor) ichi 
bosh
mushakli a’zo. U qon tomirlar sistemasining qonni harakatga 
keltiruvchi asosiy a’zosidir. 
Yurak devori uch pardadan: ichki – endokard, o’rta – miokard, tashqi – epikarddan 
iborat. 
Endokard
(endocardum). Endokard yurakning ichki, nisbatan yupqa qavatidir. U yurak 
barcha kameralarining ichki yuzasini, shuningdek so’rg’ichsimon mushaklar, pay ipchalar, 
klapanlarni qoplaydi (134-rasm). 
Endokardning o’zi bir necha qavatlardan iborat. Eng ichki, bevosita qonga yondoshgan 


228 
qatlami endoteliy qavatidir. Endoteliy qavati tomirlardagi singari bazal membranada yotuvchi bir 
qavat yassi, poligonal endoteliy hujayralaridan iborat. Uning tagida kam differensiallangan 
hujayralarga boy biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan endoteliy osti qavati joylashgan. Undan 
chuqurroqda esa, elastik tolalar va silliq mushak hujayralari o’zaro bir-biri bilan chalkashib 
ketgan mushak – elastik qavat yotadi. Shuni aytib o’tish kerakki, bu qatlamda elastik tolalar va 
mushak hujayralarining nisbati yurakning turli bo’limlarida bir xil emas. Masalan, yurak 
bo’lmachalarida elastik tolalar qorinchalardagiga nisbatan ko’proq uchraydi va u yerda 
tolalarning zich to’rini hosil qiladi. 
134-rasm. Yurak (endokard va miokardning bir qismi). Gematoksilin-eozin bilan bo’yalgan.
Ob.20, ok.10. 
1 – endokard; a – endoteliy hujayralarining yadrolari; b – endoteliy osti qatlami; 2 – miokard; d – 
tipik mushak hujayralari; e – atipik mushak hujayralari (Purkine tolalari). 
Ba’zan esa hatto darchali elastik membranalar vujudga kelishi mumkin. Silliq mushak 
hujayralari esa, aorta va o’pka arteriyalarining chiqish joyida ko’proq uchraydi. 
Mushak – elastik qavatdan so’ng, endokard va miokard chegarasida joylashgan tashqi –
biriktiruvchi to’qimali qavat yotadi. Bu qatlam yo’g’on elastik tolalar hamda uzun egri-bugri 
bo’lib joylashgan kollagen va retikulyar tolalardan iborat. Tashqi biriktiruvchi to’qimali qavatda 
qon tomirlar ko’plab uchraydi. 
Endokard yurak klapanlari shakllanishida ishtirok etadi. Klapanlar bo’lmachalar bilan 
qorinchalar o’rtasida, qorinchalar bilan aorta hamda o’pka arteriyasi o’rtasida joylashgan. Yurak 
klapanlari zich tolali biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan yupqa plastinkalardan iborat bo’lib, ikkala 
yuzasi endoteliy hujayralari bilan qoplangan. 
Miokard
(myocardum). Miokard yurakning eng kuchli taraqqiy etgan va eng muhim 
qavatidir. Miokard ko’ndalang-targ’il mushak to’qimasidan tuzilgan bo’lib, unda tipik va atipik 
mushak tolalari farq qilinadi. Tipik mushak tolalari qisqarish vazifasini, atipik tolalar esa 
qo’zg’alishni o’tkazish vazifasini bajaradi. 
 
Tipik mushak 
tolalari ayrim qisqaruvchi mushak hujayralari – kardiomiotsitlardan 
tuzilgan. Kardiomiotsitlar (cardiomyocyti) bir qator struktur va sitoximik xususiyatlari bilan 
atipik mushak hujayralari va skeletning ko’ndalang-targ’il mushak tolalaridan farq qiladi. Bu 
hujayralar ketma-ket joylashib mushak tolasini hosil qiladi (135-rasm). 
Yurakning tipik mushak tolalari yon tarmoqlar yordamida ham o’zaro chambarchas 
bog’langan bo’ladi. Shunday qilib yurak mushagi tolalarning bir butun to’ridan iborat bo’lib, 


229 
undagi tolalar oraliq plastinkalar vositasida ayrim segmentlarga – hujayralarga bo’linadi. 
Yurakning qisqaruvchi mushak hujayralari shaklini silindrga o’xshatish mumkin. Uning uzunligi 
50–100 mkm, diametri 17–20 mkm ga yetadi. Kardiomiotsitlarning markaziy qismida oval 
shaklida yadro joylashadi. Yurak mushagi sarkolemma bilan qoplangan. Elektron mikroskopda 
sarkolemma ichki – plazmolemma va tashqi bazal membranadan iboratligi aniqlangan. 
Sarkolemma oraliq plastinkalarning shakllanishida ishtirok etadi. 

Download 13,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish