Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 13,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/242
Sana15.06.2022
Hajmi13,82 Mb.
#672676
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   242
Bog'liq
2 5273987288483758634

VENALAR 
Venalar tomirlar sistemasining olib ketuvchi qismi hisoblanadi. Venalar devorining 
tuzilishi ularning faoliyati bilan uzviy bog’liq. Arteriyalarga nisbatan qon bosimining pastligi 
(15–20 mm simob ustuni) va oqim tezligining kamligi (a’zolar venalarida 10 mm/s atrofida) 
sababli venalar devori yupqa va ularda elastik elementlar kam bo’ladi. Tananing qaysi qismida 
joylashganligiga qarab, venalar devorining tuzilishi bir-biridan farq qiladi. Tananing pastki 
qismidagi venalarda qon o’z og’irligi kuchini yengib harakatlanadi va bu holat venalar devorida 
mushak elementlarining kuchli rivojlanishini, hamda ularda klapanlar bo`lishini taqozo qiladi. 
Tananing yuqori qismidagi venalarda esa, qon o’z og’irlik kuchi bilan harakat qilganligi tufayli 
ularning devori ancha yupqa va mushak elementlari kam bo’ladi. Qon oqishi xususiyatlariga 
ko’ra ba’zi a’zolar (miya pardalari, ko’zning to’r pardasi, qon yaratuvchi a’zolar, yo’ldosh) ning 
venalarida mushak elementlari mutlaqo bo’lmaydi. 
Devorida mushak elementlarining rivojlanish darajasiga qarab venalar ikki tipga 
bo’linadi: 1) mushaksiz venalar; 2) mushakli venalar. 
Mushakli venalar 
o’z navbatida yana uch 
gruppaga bo’linadi: 1) mushak elementlari kuchsiz taraqqiy etgan, 2) mushak elementlari 
o’rtacha taraqqiy etgan va 3) mushak elementlari kuchli taraqqiy etgan venalar. 
 
Mushaksiz yoki tolali tipdagi venalar 
(venae fibrotypicae). Bularga qattiq va yumshoq 
miya pardalari, ko’zning to’r pardasi, suyak, taloq va yo’ldosh venalari kiradi. Miya pardalari va 
ko’zning to’r pardasi venalari qon bosimiga mos ravishda o’zgaruvchan bo’ladi. Ular juda ham 
kengayishi mumkin, lekin ularda to’plangan qon o’z og’irlik kuchi bilan yirikroq venalarga 
osongina oqib ketadi. Suyak, taloq va yo’ldosh venalarining devori esa uni o’rab turuvchi 
to’qimalar bilan zich birikib ketgan va shu sababli ular puchaymaydi, qon ulardan ham oson oqib 
ketadi. Bu venalarning devori bazal membrana ustida yotgan bir qavat endoteliy hujayralari bilan 
qoplangan. Bazal membranadan tashqarida yupqa biriktiruvchi to’qimali qavat bo’lib, u o’zini 
o’rab turgan to’qimalar bilan qo’shilib ketadi. 
 
Mushak tipidagi venalar 
(venae myotypicae) dan mushak elementlari kuchsiz taraqqiy 
etgan venalarga tananing yuqori qismida joylashgan kichik va o’rta kalibrli (1–2 mm) venalar 
hamda yuqori kavak vena kiradi. Bu venalar devori ham uch qavatdan tuzilgan. Ichki qavat 
endoteliy va yaxshi rivojlanmagan subendoteliydan iborat. O’rta qavatda aylanasiga yo’nalgan 
silliq mushak tutamlari joylashgan. Tashqi qavat biriktiruvchi to’qimadan iborat bo’lib, unda 
ayrim silliq mushak hujayralari yotadi. 
Mushak elementlari kuchsiz taraqqiy etgan venalar qatoriga yuqori kovak vena kiradi. 


222 
Uning devori uch qavatdan tuzilgan. Ichki qavat endoteliy va biriktiruvchi to’qimadan iborat. 
Endoteliy osti qavatidan so’ng aylanasiga yo’nalgan silliq mushak hujayralarining tutamlari 
yotadi. Mushak tutamlari orasida biriktiruvchi to’qima qatlamlari joylashib, ular aniq chegarasiz 
tomirning tashqi qavatiga qo`shiladi. Biriktiruvchi to’qimadan iborat eng kuchli taraqqiy etgan 
tashqi qavatida esa uzunasiga yo’nalgan elastik tolalar va sirkulyar hamda qiyshiq joylashgan 
kollagen tolalar mavjud. 
Mushak elementlari o’rtacha taraqqiy etgan venalar (masalan, yelka venasi) devorida ham 
3 ta qavat farq qilinadi (130-rasm). Ichki qavat endoteliydan iborat bo’lib, uning hujayralari 
arteriyalardagiga nisbatan kaltaroq. Biriktiruvchi to`qimadan iborat endoteliy osti qavati sust 
rivojlangan bo’lib, u yerda uzunasiga yo’nalgan ayrim mushak hujayralari kuzatiladi. Vena ichki 
elastik membranasi sust rivojlangan bo’lib, u o’rta va tashqi qavatlarning elastik elementlari 
bilan tutashib ketgan elastik tolalar to’ridan iborat. O’rta qavat sust rivojlangan va unda kollagen 
tolalar ko`proq bo’ladi. Mushak hujayralari bu yerda aylanasiga yo’nalib, ayrim tutamlar hosil 
qiladi. Elastik elementlar oz miqdorda bo’ladi. Tashqi qavat bu venalarda eng kuchli taraqqiy 
etgan. Unda uzunasiga yo’nalgan kollagen tolalar ko’proq bo`ladi. Elastik tolalar esa ozroq. 
Tashqi qavatda, shuningdek, uzunasiga yo’nalgan silliq mushak tutamlari ham uchraydi. 
130 - rasm. Mushak elementlari o’rtacha taraqqiy etgan vena. Gematoksilin-eozin bilan 
bo’yalgan. 0b. 20.ok. 10. 
I – ichki qavat; 

– endoteliy; 

– endoteliy osti qatlami; 2 – o`rta qavat; d – mushak 
hujayralari; 3 – tashqi qavat. 
Mushak elementlari kuchli taraqqiy etgan venalarga tananing pastki qismidagi yirik 
venalar kiradi. Ular tuzilishining o’ziga xosligi, qon oqish tezligining keskin susayishi, tomirda 
qon bosimining pasayishi qonning o’z og’irlik kuchini yengishi uchun kerak bo’ladigan 
qo’shimcha zaruriyatlar bilan bog’liq. Tomir devorining har uchala qavatida mushak ele-
mentlarining kuchli rivojlanganligi va ichki qavatda klapanlarning borligi ana shu bilan 
izohlanadi. 
Son venasi mushak elementlari kuchli taraqqiy etgan venaga misol bo’ladi. Uning devori 
ham uch qavatdan iborat. Ichki qavat endoteliy va subendoteliydan tuzilgan. Ichki qavat tomir 
ichiga turtib chiqqan klapanlarni hosil qiladi. Klapanlarning negizi biriktiruvchi to’qimadan 
iborat bo’lib, uning ustini endoteliy hujayralari qoplaydi. Klapanlar tomirdagi qonning teskari 
oqishiga to’sqinlik qiluvchi tuzilma hisoblanadi. O’rta qavat aylanasiga yo’nalgan silliq mushak 
tutamlari va ular orasidagi biriktiruvchi to`qima qatlamlaridan iborat. Tashqi qavat biriktiruvchi 
to’qimadan iborat bo’lib, unda uzunasiga yo’nalgan silliq mushak hujayralari tutamlari 


223 
joylashadi. 
Pastki kovak vena tashqi qavati eng kuchli taraqqiy etganligi bilan xarakterlanadi. Ichki 
qavati endoteliy va uning ostida yotgan yupqagina endoteliy osti qatlamlaridan iborat. Endoteliy 
osti qatlamida uzunasiga yo`nalgan ayrim silliq mushak hujayralari uchraydi. Urta qavat ham 
sust taraqqiy etgan va undagi ayrim silliq mushak tutamlari aylanasiga joylashgan. Adventitsiya 
qavati juda qalin bo’lib, u ichki va o’rta qavatlarining qalinligi yig’indisidan ham bir necha marta 
qalin. Tashqi qavatda uzunasiga yo’nalgan silliq mushak hujayralarining yo’g’o.n tutamlari 
yotadi. Bu yerda biriktiruvchi to’qima tolalari mushak tutamlari orasida yupqa qatlamlar hosil 
qiladi. Venalarning tashqi va o’rta qavatlarida qon tomirlarning tomirchalari va nerv tolalari 
kuzatiladi. 
Ba’zi a’zolar qon tomirlarining o’ziga xos tuzilishi. Qon tomirlarning ba’zi bo’limlari 
a’zolarga xos tuzilishga ega. Masalan, kalla suyagi arteriyalari devorining o’rta va tashqi 
qavatlarida elastik elementlarining sust rivojlanganligi bilan ajralib turadi; tashqi elastik memb-
rana esa umuman bo’lmaydi. Ichki elastik membrana esa, aksincha, yaqqol ko’rinib turadi. Bosh 
miya arteriyalari ham xuddi shunday xususiyatlarga ega. Kindik arteriyasida ichki elastik 
membrana bo’lmaydi. Ensa arteriyasi devorining ichki pardasida silliq mushak hujayralari 
tutamlari kuchli taraqqiy qilgan. Buyrak, ichak tutqich, taloq va toj arteriyalari devorining tashqi 
pardasida bo’ylama yo’nalgan silliq mushak hujayralari tutamlari yaxshi rivojlangan. Bachadon, 
jinsiy olat, yurakning so’rg’ichsimon mushagi va kindik tizimchasi arteriyalarida, ayniqsa uning 
yo’ldoshga o’tish joyida, silliq mushak hujayralari tutamlari ham ichki hamda tashqi qavatlarda 
uchraydi. 
Ba’zi bir venalar ham qaysi a’zoda joy1ashishiga ko’ra o’ziga xos tomonlari bilan 
farqlanib turadi. Masalan, o’pka va kindik venalarida o’rta pardasidagi sirkulyar yo’nalgan silliq 
mushak qavati yaxshi rivojlangan bo’ladi va arteriolalarni eslatadi. Yurak venalari esa o’rta 
qavatida bo’ylamasiga yo’nalgan silliq mushak hujayralarini tutadi. 
Darvoza venasining o’rta pardasi ikki: ichki aylana va tashqi bo’ylama mushak 
qavatlaridan iborat. Ba’zi venalar, masalan, yurak venalari o’z tarangligini oshiruvchi elastik 
membrana tutadi. Bu esa doimo qisqarib turadigan a’zoda venalar ichki bo’shlig’ining muntazam 
ochiq bo’lishini ta’minlab turadi. Yurak qorinchalarining chuqur venalari sinusoid 
kapillyarlarisimon tuzilgan bo’lib, devorida mushak hujayralari va elastik membranalar 
tutmaydi. Yurakning epikard qavatida joylashgan venalarida bo’ylamasiga yo’nalgan silliq 
mushak hujayralari uchraydi. Buyrak usti bezi venalarining ichki qavatida bo’ylamasiga 
yo’nalgan silliq mushak hujayralari yostiqchasimon bo’rtib joylashadi. Jigar venasi, ichak shilliq 
osti pardasidagi venalari, burun shilliq qavatining venasi, jinsiy olat venasi va boshqa venalar 
qon oqishini boshqarib turuvchi mushakli sfinkterlar bilan ta’minlangan. 

Download 13,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish