UMURTQALARARO YOKI SPINAL NERV TUGUNLARI CCANCLIA SPINALIAj) Ular ustki tomondan biriktiruvchi to’qimali kapsula bilan o’ralgan bo’lib, undan tugunning
ichkarisiga stroma hosil qiluv-chi tolalar tutami ketadi. Organning stromasi kapillyar qon to-
106- rasm. Umurtqalararo nerv tugu’n. Gematoksnlin- eozin bilan bo’yalgan. 06. 40„
ok. 10. 1 •-nerv hujayralari; 2 - biriktiruvchi tYAq’mali kepsula: Z^ fi^JiAtiii huja^ralar.
mirlarga boy bo’lib, unda nerv tolalari va neyrotcitlar, hamda
1
gliotcitlarni uchratish mumkin.
Nerv tugunining neyronlari aso-san organning chekka qismlarida gruppa bo’lib joylashadi. Tu-
gunning o’rta qismida esa nerv tolalari joylashadi. Tugunni hosil qiluvchi hujayralar o’zlarining
tuzilishlariga qarab bi-polyar, aniqrog’i, psevdounipolyar nerv hujayralariga kiradi. Hujayraning
tanasidan chiquvchi yakka o’simta «T» shaklida ikki-ga bo’linadi: ularning biri dendrit,
ikkinchisi neyritdir. Den-dritlar periferiyada sezuvchi apparatlar bilan boshlanadi. Nen-ritlar esa
orqa miyaning orqa ildizchasini tashkil etib, orqa-miya xujayralari bilan sinapslar hosil qiladi.
Neyronlarning o’simtalari tugunda va undan tashqarida neyrolemmotcitlardan hosnl bo’lgan
parda bilan o’raladi. Tugunni hosil qiluvchi nerv xujayralari yupqa biriktiruvchi to’qimali
kapsula va gliotcit-lar ( gloicyti gangl ) bilan qoplangan. Bu
gliotcitlar yo’ldosh yoki
satvllit hujayralar deb ataladi (106-rasm).
PERIFERIK NERVLAR Periferik nervlar yoki nerv o’zaklari nerv tolalaridan ibo-rat. Ularning ba’zilarida mielinli nerv
tolalarining, bosh-qalarida esa aksincha mielinsiz nerv tolalarining miqdori ko’p bo’lishi
mumkin.
Ba’zi bir nervlarning o’rab turuvchi qobig’ida alohida hujay-ralar uchraydi. Ayrim nerv tolalari
o’zlarining yo’nalishi bo’yi-cha ingichka shoxchalarga tarmoqlanishi mumkin. Nerv o’zaklari
eng tashqi tomondan yog’ hujayralari va qon tomirlariga boy bo’l-gan biriktiruvchi to’qimali
parda - epinevriy bilan qop-langan. Har bir nerv o’zagi 2-6 nerv tolalar tutamlaridan iborat. Nerv
tolalarini o’z navbatida qatlam joylashgan hujay-ralar qavatidan va ingichka fibrillalardan iborat
zich birik-tiruvchi to’qimali parda - perinevriy o’raydi. Nerv tola-larining orasiga kirib boradigan
biriktiruvchi to’qimaning in-gichka qatlamlari esa endonevriy deb ataladi.
Nerv o’zaklarini o’rab turuvchi parda limfa, qon tomirlar va nerv oxirlari bilan yaxshi
ta’minlangan. Qon tomirlar epinev-riy orqali kirib, nerv o’zagining barcha qavatlarida zich to’r
hosil qiladi.