Eozinofil leykotsitlar yoki eozinofillar (granulocyti eosinophilici).
Ular neytrofillarga
nisbatan birmuncha yiriqroq bo`.lib, diametri qonda 10-11 mkm, qon surtmasida esa 12-15 mkm
ga teng.
Eozinofillar fiziologik holatda leykotsitlar umumiy miqdorining 2-5% ini tashkil etadi.
Eozinofillar yadrosi, neitrofillarnikiga o`xshash tuzilgan bo`lib, alohida bo`laklardan
(segmentlardan) iborat. Bo`laklar soni eozinofillarda asosan 2 ta bo`lib, 3 yoki undan ko`p
segmentli yadro saqlovchi eozinofillar juda kam uchraydi. Eozinofillarni boshqa leykotsitlardan
aljatib turuvchi asosiy xususiyati ular sitoplazmasida joylashgan maxsus donachalarning o`ziga
xos tuzilishidir. Eozinofil donachalari ikki turli bo`lib, birinchisi yumaloq yoki oval shaklga ega
va neytrofillarnikiga nisbatan yirikroqdir (diametri 0,3-1,5 mkm). Ular ko`p miqdorda bo`lib,
Romanovskiy usuli bilan bo`yalganda eozin bilan qizil rangga bo`yaladi va tashqi ko`rinishi
bo`yicha «qizil ikrani» eslatadi.
Elektron mikroskop ostida eozinofillar o`zlarining hujayra organellalari tuzilishi bo`yicha
neytrofillardan deyarli farq qilmaydi. Ular sitoplazmasidagi maxsus eozinofil donadorligi esa
o`ziga xos ultramikroskopik tuzilishga ega.
Odamda va kalamush eozinofillarida birinchi tur donachalar oval yoki cho`zinchoq
shaklga ega bo`lib, har xil elektron zichlikka ega bo`lgan qismlardan iborat (60-rasm).
Donachalarning markazida yoki markazdan sal chetroqda katta elextron zichlikka ega bo`lgan
prizma, trapetsiya yoki to`g`ri burchak shaklidagi kristalloid tuzilma joylashgan bo`lib, qolgan
qismi esa elektron zichligi kamroq donador materialdan iborat. Ikkinchi tur donachalar
maydaroq (0,1-0,5 mkm) bo`lib, gomogen yoki donador tuzilishga ega. Ularda kristalloid
uchramaydi. Bu donachalar oz miqdorda bo`lib, o`zida kislotali fosfataza va arilsulfataza
fermentlarini saqlaydi. Ularga birinchi tur donachalar hosil bo`lishidagi dastlabki bosqich deb
qaraladi.
Bioximiyaviy va sitoximiyaviy usullar bilan birinchi tur eozinofil donachalarda kislotali
fosfataza va arilsulfatazadan tashqari oksidlanish fermentlari - peroksidaza, diaminoksidaza
(gistaminaza) va katalazalar borligi aniqlangan. Peroksidaza eozinofillarda neytrofillarga
nisbatan 2,5 baravar ko`p bo`lib, ximiyaviy tarkibi bilan laktoperoksidazalarga kiradi.
Peroksidaza donachalarning periferik qismida joylashib, kristalloid tuzilmalarda uchramaydi.
Fermentlardan tashqari donachalar tarkibida ko`p miqdorda asosiy va kation oqsillar bor. Barcha
ko`rsatilgan moddalar eozinofillarning maxsus vazifalarni bajarishini ta’minlaydi.
Eozinofil leykotsitlar aktiv harakat qilish va birmuncha fagotsitoz qobiliyatiga ega. Biroq
eozinofil leykotsitlarning fagotsitoz qilish qobiliyati juda past bo`lib, neytrofillar fagotsitoz
aktivligining faqat yarmini tashkil etadi. Eozinofillarning allergik reaktsiyalarda ishtirok etishi
hozirgi paytda to`la tasdiqlangan.
Turli allergik holatlarda eozinofillarning soni bilan gistamin moddasi almashinuvi orasida
o`zaro bog`lanish bo`lib,. eozinofillar gistaminni aktiv ravishda yutadi va gistaminaza fermenti
yordamida parchalaydi. Arilsulfataza va asosiy oqsillar ham allergik reaksiyalarda hosil
bo`ladigan moddalar (mediatorlarni) ni neytrallashda aktiv ishtirok etadilar. Peroksidaza, asosiy
va kation oqsillar organizmga tushgan turli xil parazitlarga va ularning lichinkalariga sitotoksik
ta’sir ko`rsatadi.
Eozinofillar sonining oshib ketishi
eozinofiliya
deb atalib, turli xil allergik holatlarda,
jumladan, bronxial astmada, zardob kasalligida, parazitar kasalliklarda va boshqalarda uchraydi.
Eozinofillar takomili va ularning qonga tushishi gumoral boshqaruv mexanizmlari ta’siri ostida
bo`ladi. Buyrak usti bezi po`st moddasining gormonlari (glyukokortikoidlar) va gipofiz
gormonlarining (AKTG) miqdori oshgan paytda eozinofillar sonining kamayib ketishi kuzatiladi
(eozinopeniya). Shu sababdan eozinofillar miqdori ko`rsatilgan gormonlar yorda-mida boshqarib
turiladi deb hisoblanadi. Eozinofillarning yashash muddati 10-12 sutkaga teng bo`lib, shundan 4
sutkasi suyak ko`migida o`tadi. Ular qonda qisqa vaqt (4-12 soat) bo`lib, keyin to`qimalarga
chiqadi va o`z asosiy vazifalarini bajaradi.
98
Do'stlaringiz bilan baham: |