Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 13,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet217/242
Sana15.06.2022
Hajmi13,82 Mb.
#672676
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   242
Bog'liq
2 5273987288483758634

«zich dog’» 
hujayralaridan iborat tarkibiy qismiga nefron 
distal nayining buyrak tanacha-si arteriolalari orasida Gurmagtig hujayralariga qaragan yuzasida 
yotuvchi qism kiradi. Nefron distal nayi devoridagi hu-jayralarning ul’trastrukturasi 
solishtirilganda «zich dog’» hujayralarining o’ziga xos tomonlari yaqqol namoyon bo’ladi. 
Bunda macula densa hujayralari bo’ychan tcilindrsimon bo’lib, tcitoplazmasining matriksi zich, 
yadrolari hujayraning o’rtasi-da yotadi, Gol’ji kompleksining inversiyasi kuzatiladi. Distal 
nayning odatdagi hujayralarida bu organella hujayralarning apikal qismida yotsa, «zich dog’» 
hujayralarida yadro ostida hujayra bazal qismida joylashadi. «Zich dog’» hujayralarining yana 
bir muhim farqlaridan biri - hujayraning tubida bazal plazmolemmaning ko’p sonli 
burmalarining yo’qligidir. Macula densa ning bazal membranasi nihoyatda yupqadir, shuning 
uchun boshqa hujayralar bilan uning kontakti ancha engil bo’lsa ke-rak. Ko’pnncha, Gurmagtig 
hujaGfalari orasida yotuvchi bazal 


380 
tcitoplazmatik o’simtalar ham uchrab turadi. Bazal membrana bu o’simtalarni o’rab turadi. 
SHunday qilib, «zich dog’» hujayralari distal nayning odat-dagi hujayralaridan o’ziga xos bir 
qator muhim tomonlari bilan ajralib turadi. 
Gurmagtig 
(lacis polkissen) 
hujayralari 
glomerulyar arterio-lalar va macula densa orasida hosil 
bo’luvchi konussimon may-donda yotadi. Bu hujayralar mezangial hujayralarga tegib yotadi. 
SHunday qilib, Gurmagtig hujayralari bir vaqtning o’zida yukstaglomerulyar kompleksning 
barcha hujayralari bilan kontaktda bo’luvchi, ularni o’zaro birlashtiruvchi yagona kompo-
nentdir. 
Gurmagtig hujayralari uzunchoq bo’lib, yadrosi yirik va cho’-ziqdir. Kam sonli organellalari 
tcitoplazmasida tekis tarqal-gan. Hujayralar orasida bazal membrana strukturasiga ega bo’lgan 
modda qatlamlari yotadi. Bu hujayralarning ul’trast-rukturasini o’rganish ularning topografik, 
genetik va funktcio-nal jihatdan mezangial hujayralarga yaqinligini ko’rsa-tadi. 
Mezangial 
hujayralar kapillyarlar to’rlar aro joylashgan bo’lib, Gurmagtig hujayralari bilan 
birgalikda tomirli chi-galni ushlab turuvchi o’zakni hosil qiladi. Bu hujayra yadrosi-ning 
qobig’ida ko’p sonli invaginatciyalar bo’lganligi sababli, u noto’g’ri shakldadir. 
Mitoxondriyalarning shakli oval, ular ko’p hollarda yadro ustida yotadi. Gol’ji kompleksi yaxshi 
rivojlan-gan bo’lib, ko’p sonli tcisternalar, vezikulalar va vakuolalar-dan iboratdir. Donador 
retikulum tcitoplazma bo’ylab bir tekis tarqalgan. Mezangial hujayralarning o’simtalarida 
ko’pgina ribosomalar, yakka-yakka mitoxondriyalar va vakuolalar yotadi. Uning’ har xil 
tanachalarni qon tarkibidan fagotcitoz qilish qobiliyati, buzuvchi agent ta’sirotkga kollagen hosil 
qilish bilan javob berish kabi xususiyatlari o’rganilgan. 
Prostaglandin ishlovchi hujayralar buyrakda bir necha xil bo’lib, ularning ichida 
interstitcial 
hujayralar alo-hida o’rin tutadi. Bu hujayralar tanasi cho’zilgan, undan bir necha o’siqlar chiqib, 
bu o’siqlarning bir qismi nefron qovuzlog’i naychalarini o’rasa, boshqalari qon tomir 
kapillyarlarini o’ray-di. Interstitcial hujayralarning tcitoplazmasi yaxshi rivoj-langan hujayra 
organellalarini va lipid (osmiofil) donalarni tutadi. Bu hujayralarda ishlangan prostoglandin 
antipertenziv ta’sir ko’rsatadi, ya’ni qon bosimni pasaytiradi. 
SHunday qilib, buyrakda bir necha xil endokrin hujayralar bo’lib, ular umumiy va buyrakdagi 
qon bosimni boshqaradi va shu yo’l bilan siydik hosil bo’lishga ta’sir qiladi. 
Buyrakda qon aylanishi. Buyrak qon bilan intensiv ta’min-langan organlar qatoriga kiradi. 
Buning uchun yurakdan bir minut davomida o’tgan qon hajmining choragi buyrak orqadi 
o’tishini aytish kifoyadir. Bir sutkada bu «chorak» ming litrni tashkil etadi. 

Download 13,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish