Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 13,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/242
Sana15.06.2022
Hajmi13,82 Mb.
#672676
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   242
Bog'liq
2 5273987288483758634

nishon-hujayralar 
(mishen’-hujayralar) 
deb yuri-tiladi. Gormon retceptor bilan birlashgan hujayra ichidagi tcik-lik AMF 
(adenozinmonofosfat) aktivlashadi va hujayra o’z funktcional holatini o’zgartiradi. Gormonlar 
a’zolar ishini kuchaytirishi yoki susaytirishi mumkin. 
Zndrokrin bezning rivojlanish manbalari turlicha. Ko’pchi-•lik endokrin bezlar epiteliydan 
rivojlanadi, ba’zi endokrin hujayralar nerv to’qimasining hosilasi hisoblanadi (gipotala-musning 
neyrosekretor hujayralari, buyrak usti bezining mag’iz moddasi hujayralari, paragangliylar). 
Epifiz neyrogliyadan, 


279 
jinsiy bezlarning endokrin hujayralari mezenximadan rivoj-lanadi va hokazo. 
Endokrin sistemani turlicha klassifikatciya qilish mumkin. Hozirgi vaqtda endokrin sistemani 
markaziy va p e r i f e-r'i k endokrin bezlarga bo’lib o’rganish ko’proq ma’qul-lanmoqda. SHuni 
aytib o’tish kerakki, qalqonsimon bez, buyrak usti bezi po’stloq qismi, jinsiy bezlar endokrin 
hujayralari-ning faoliyatini gipofizning oldingi bo’lagida ishlangan gor-monlar boshqaradi. 
Qolgan bezlar gipofizning oldingi qismiga-tobe emas. Bunday klassifikatciya nisbiydir, chunki 
turli endo-krin a’zolar o’zaro bir-biriga va nerv sistemasiga ta’sir qi-ladi va o’zaro bog’liqdir. 
Natijada, bir-butun neyro-endokrin sistema shakllanadi. Endokrin sistemani quyidagicha klassifi-
katciya qilish mumkin (396-betga q.). 
ENDOKRIN SISTEMANING MARKAZIY A’ZOLARI 
GIPOTALAMUS (HYPOTNALAMUS) 
Gipotalamus endokrin sistemaning eng oliy markazidir. U ichki a’zolarning ishini 
muvofiqlashtiradi va a’zolarning ishi-ni nerv va endokrin sistema orqali bajarilishini ta’minlaydi. 
Nerv sistemasi va endokrin sistemaning material asosi gipota-lamusdagi neyrosekretor hujayralar 
hisoblanadi. 
Gipotalamus oraliq miyaning bazal qismida joylashgan bo’lib, u bosh miya III qorinchasini o’rab 
turadi. III qorincha bo’shlig’i chuqurcha- infundibulum gacha davom etadi. CHuqurcha devori 
gipofiz oyoqchalariii hosil qilib, gipofiz oyoqchalari quyi (distal) qismda gipofizning orqa 
bo’lagini yoki neyrogipofizni hosil qiladi. Gipofiz oyoqchalari-ning old tomonida III 
qorinchaninl devori qalinlashgan bo’lib, uni 
oraliq tepalik 
yoki 
medial eminentciya 
(eminentia 
mediata) deyiladi. Medial eminentciya ependimogliya hujayralaridan iborat bo’lib, u hu-
jayralarning ba’zilari tanitcitlarni hosil qiladi. Tanitcit hujay-ralarining o’siqlari medial 
eminentciya sohasida birlamchi kapillyarlar to’ri bilan bog’lanadi. 
ENDOKRIN SISTEMA 
Endokrin sistemaning markaziy Enorokrin sisteshning peri^grik a’zollri 
a’zolari:
I
j, 
1. Gipotalamus (neyrosekretor Sof endokrin bezlar: Echdokrin va noendokri p 
yadrolar)
I Qalqonsimon bez. vazifalarni o’tovch» 
2- Gipofiz.
2. Qalqonsimon bez a’zolar: 
3. Epifiz.
oldi
Q
e3ll
 
I Me’da osti b/zi 
3. Buyrak usti bez 2. Urug’don. lari
3. Tuxumdon 
4.Yo’ldosh. 
YAkka joylashgan enDokrin xujayralar: 
1 APUD sistemaching endokrin xujayralari (cherv to’qimz hosilalari). 2. YAkka jo ylyshgan , 
nerv to’qima hosilasi bo’lmagan hujairalar. 
Gipotalamusning o’zi unchalik katta bo’lmasa ham, uning tci-toarxitektonikasi murakkabdir. 
Gipotalamusning kulrang mod-dasi miyaning uchinchi qorinchasi bo’shlig’ining atrofida 
joylasha-di. Nerv hujayralari kulrang moddada ayrim-ayrim to’plam-lar - gipotalamik yadrolar 
hosil qiladi. Odam va boshqa sut emizuvchilar gipotalamusida 32 juft yadro tafovut etiladi. Bu 
yadrolar orasida oraliq nerv hujayralari yoki ularning ayrim gruppalari joylashganligidan biror 
yadroning fiziologik fao-liyatini faqatgina shu yadroga taalluqli bo’lmay, gipotalamusning 
yadrolararo zonasiga ham taalluqli hisoblanadi. Gipotalamus yadrolari neyrosekretor hujayralar 
tutadi. 
Har bir neyrosekret hujayrada tana (yoki perikarion) va terminal kengaymalar (neyrosekret 
oxirlari) hosil qiluvchi o’simtalar tafovut etiladi. Usimtalarga ko’ra bi- va mul’tipo-lyar 
hujayralar ajratiladi. Hujayralarning, ayniqsa, perika-rion qismining nozik tuzilishi bu 
neyronlarning bez hujayra-lariga o’xshashlik tomonlarini ko’rsatadi. Neyrosekret hujaGfa 
tcitoplazmasi bazofil xususiyatga ega bo’lib, RNK ga mo’ldir. Do-nador endoplazmatik to’r bu 
hujayralarda o’ta rivojlangan, er-kin joylashgan ribosoma va polisomalar ham mo’ldir. 
TCitoplaz-ma chekkalarida donador endoplazmatik to’r tcisternalari bir-biriga parallel’ va zich 
yotgan kanalchalardan iborat bo’lsa, hu-jayra markaziy zonasida bu organella tcisternalari kam 
bo’lib, ular tartibsiz, siyrak joylashganligi ko’rinadi. Donador en-doplazmatik to’rning ayrim 


280 
elementlari neyrosekret hujayra-ning barcha o’simtalarga kirganligi, o’simtalar qalinligi deyar-li 
bir xil bo’lganligi va ularning barchasi bir xilda neyrosek-ret donalari tutganligidan bu 
hujayralarning «dendrit» va «akson» larini farqlab olish qiyin bo’ladi. Plastinkasimon kompleks 
rivojlangan bo’lib, ko’pincha, akson tomonda joylashib, lamella, pufak va vakuolalardan iborat. 
Yirik mitoxondriyalar faqatgina hujayra tanasida joylashibgina qolmay, barcha o’sim-talarda 
ham mavjud. Neyrosekretor hujayra perikarionida ney-rofibrillalar kuzatilmasa-da, ular neyron 
o’simtalarida va oz bo’lsa ham, neyrosekret tola oxirlarida uchraydi. Hujayra tci-toplazmasida 
lizosomalar va mul’tivezikulyar tanachalar ham bo’ladi. 
Gipotalamus neyronlari orasida RNQ miqdorining har xil-ligiga qarab turli funktcional 
holatlarda bo’lgan «och» va «to’q» bo’yaluvchi hamda degeneratciyaga uchragan hujayralar 
mavjud. Ney-rosekret hujayralarning o’ziga xosligi ularda sekretor dona va vakuolalarning 
bo’lishidir. 
Gipotalamus yadrolarining kranio-kaudal yo’nalishda joyla-shishi bo’yicha aniq ajralmagan 
uchta-oldingi, o’rta (yoki tube-ral) va oraliq (mamilyar) zonalarni farqlash mumkin. Bu zona-
larning funktcional ahamiyati, ular tutgan yadrolarga (hujayra-lar to’plamiga) qarab turlicha 
bo’ladi. 
Gipotalamusning oldingi zonasi supraoptik va paraventri-kulyar neyrosekretor yadrolar tutadi. 
Supraoptik yadro yirik 
162- rasm. Gipatalyamo- pshsfizar sistema va trop gormonlarning mishen-a’zolarga ta’siri 
(sxema) (B. V. Alyoshin rasmi). 
1 - ko’rish xiazmasi; 2 - birlamchi kapillyarlar to’ri va medial eminentciya; 3 - SH q:;rincha 
e^shlig’i; gipotalamus ba’zi yadrolarining proekiiyasi; 4- supraoptik yadro; 5 - oldingi 
gipotalamus yadrosi (gipotalamusning preo17tik zonasi); 6 - paraventrikulyar yadro; 7 - me-
diobaeal iipotalamusning arkuat va veyatromedial yadrolar kompleksi; 8 - gipotalamusning 
adenogipofizar gormonlarini Sirlamchi kapillyarlar to’riga sekreqiya qiluvchi me^iobazal yadro 


281 
xujayralari; 
9-
-gipotalamusning zffektor nerv tutamlarini hosil qiluvchi medioba-’gl neyronlari 
(garagipos).izlar ta’sir) 10 - talamus ; 11 - sh qorincha voronkasi va gi-lofiz osqchasi; 12 - 
pshofizning orqa bo’lagi; 13 - Xerring tanachasi (oldingi gpotalamus suprooptik va 
paraventrikulyar yadro xujayralari o’simtalarining gipofiz orqa bo’lagi ka-gillyarlarida tugashi); 
14 -gipofvz o’rta bo’lagi; 15 - gipofiz yorigi; 16 - gipofiznnng oxdingi bo’lagi r.a ikkilamchi 
kapillyarlar to’ri; 17 - portal (darvoza) venasi; 1? - adeno- 
.gipofizning tuberal qismi. 
hujayralardan iborat lateral va medial gruppalardan tashkil topgan. Supraoptik va 
paraventrikulyar yadrolar sohasi qon to-mirlarga mo’l bo’lishi bilan ajralib turadi. Bu yadrolar 
ney-ritlari gipotalamoneyrogipofiz tutamlar hosil qilib, gipofiz oskchasi orqali gipofizning orqa 
bo’lagiga o’tadi va bu yadrolar-da ishlangan neyrogormonlar gipofizning orqa bo’lagida neyro-
vazal sinapslar orqali qonga ajraladi (162-rasm). Supraoptik va paraventrikulyar yadrolardagi 
yirik neyrosekretor hujayra-larda oqsil tabiatli ikki xil neyrogormon - vazopressin yoki 
antidiuretik gormon (ADG) va oksitotcin sintezlanadi. Odamda antidiuretik gormon asosan 
s^praoptik yadroda, oksitotcin esa paraventikulyar yadro hujayralarida sintezlanadi. 
Gipotalamusning o’rta qismida lateral, periven-trikulyar, ventro-medial, dorso-medial, arkuat 
(infundibulyar) va ulardan chetroqda lateral tuberal yadrolar farqlanadi. Bu yadrolarning 
neyronlari turli kattalikda bo’lib, chekka sohalar-da mayda nerv hujayralarining to’plamlarini 
tutadi. Ventro-medial yadro neyronlari gipotalamus lateral sohasining nerv hujayralari bilan 
ko’plab kontaktlar hosil qilib, gipotala-musning qarama-qarshi tomonidagi shunday yadrolar 
bilan bog’-lovchi komissural tutam hosil qiladi. Arkuat yoki infundibu-lyar yadro uncha katta 
bo’lmagan uchburchak, duksimon hujayralar to’plamidan iborat bo’lib, medial eminentciyaga 
qadar davom etadi. G’rta gipotalamusning mayda neyrosekretor hujayralari-da 
adenogipofizotrop neyrogormonlar ishlanadi. Bu neyrogor-monlar oqsil tabiatli bo’lib, ular 
adenogipofiz ishini boshqa-radi. Neyrogormonlarning ikki turi: liberinlar va statinlar farqlanadi. 

Download 13,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish