Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


Immunitet to`g`risida tushuncha



Download 13,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/242
Sana15.06.2022
Hajmi13,82 Mb.
#672676
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   242
Bog'liq
2 5273987288483758634

Immunitet to`g`risida tushuncha.
Immun-himoya reaktsiyalari va immunitet 
tushunchalari o`zaro almashinuv imkoniyatiga ega sinonimlardir. Immunitet – bu organizmning 
o`zini barcha genetik jihatdan yot bo`lgan zarrachalar va moddalardan, ya’ni antigenlardan 
himoya qilish qobiliyatidir. Antigenlar organizmga tashqaridan tushishi (ekzoantigenlar) yoki 
organizmning o`zida (autoantigenlar) hosil bo`lishi mumkin. Immunitet jarayoni organizmning 
immun sistemasi, bu sistemaga kiruvchi hujayralar (immunotsitlar), to`qimalar hamda markaziy 
va periferik a’zolar yordamida amalga oshiriladi. Immun sistema yuqorida ko`rsatilgan markaziy 
(qizil suyak ko`migi, timus) va periferik (limfatik tugunlar, taloq, ovqat hazm qilish, nafas va 


249 
siydik chiqaruv yo`llarida joylashgan limfoid follikullar) qismlardan tashkil topgan. 
Immun-himoya jarayonlarini amalga oshiradigan asosiy hujayralar T- va B-limfotsitlar 
hisoblanadi. Ularning ko`payishi, yetilishi hamda faoliyati esa mikromuhit tashkil qiluvchi 
makrofaglar, interdigitirlovchi va dendritli hujayralar bilan chambarchas bog`liqdir. Timusda bu 
hujayralar qatoriga uning stromasini hosil qiluvchi retikuloepitelial hujayralar ham kiradi. 
Bulardan tashqari, organizmda kechadigan himoya reaksiyalarida neytrofil, eozinofil, bazofil 
leykotsitlarning, to`qima bazofillarining (semiz hujayralarning) hamda fibroblastlarning 
ahamiyati ham kattadir. 
A n t i g e n l a r – murakkab organik moddalar bo`lib, ular organizmda o`ziga qarshi 
ixtisoslashgan javob reaksiyasi kelib chiqishiga sabab bo`ladi. Mikroblar, viruslar, turli xil 
parazitlar, yot hujayralar va to`qimalar, ba’zida esa organizmning genetik jihatdan o`zgargan 
(mutatsiyaga uchragan) hujayralari va hokazolar antigenlik xususiyatiga ega bo`lishi mumkin. 
Bundan tashqari, yot hujayralar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hamda sun’iy yo`l 
bilan sintezlangan yuqori molekulali moddalar ham antigen rolini o`ynashi mumkin. 
A n t i t e l o l a r – immunoglobulinlarning u yoki bu sinfiga mansub murakkab oqsillar. 
Ular organizmda ma’lum antigenlar ta’siri ostida plazmatik hujayralar tomonidan sintezlanadi va 
shu antigen bilan birikib, uni zararsizlantirish qobiliyatiga ega bo`ladi. Shu tufayli antitelolar 
immunitet jarayonining ixtisoslashganligini ta’minlovchi asosiy omillardan biri bo`lib 
hisoblanadi. Hozirgi paytda immunoglobulinlarning 5 sinfi mavjud bo`lib, ular qon oqsillarining 
taxmiman 1/3 qismini tashkil etadi. Immunoglobulinlardan asosiysi IgG hisoblanadi. Bu sinfga 
kiruvchi antitelolar organizmni mikroblar, viruslar hamda ular ishlab chiqargan zaharli 
moddalardan aktiv himoya qiladi. Immunoglobulinlarning IgM sinfiga kiruvchi antitelolar 
zaharli moddalarni neytrallashda, yot hujayralarni yemirishda va turli xil antigenlarni 
cho`ktirishda muhim o`rin tutadi. Immunoglobulinlarning IgA sinfiga kiruvchi antitelolar, 
qondan tashqari, ko`p miqdorda so`lakda, ko`z yoshida, me’da-ichak suyuqliklarida ham 
uchraydi. Shu tufayli bu antitelolar 
sekretor antitelolar 
deb atalib, ular shilliq pardalarni himoya 
qilishda faol ishtirok etadi. IgE sinfiga kiruvchi antitelolar esa allergik reaksiyalarda qatnashadi. 
Ularning maxsus antigenlar (allergenlar) bilan hosil qilgan kompleksi to`qima bazofillarining 
degranulyatsiyasiga va hujayralardan gistamin hamda geparin moddalarining ajralib chiqishiga 
olib keladi. Nihoyat, immunoglobulinlarning oxirgi sinfi bo`lmish IgD juda kam miqdorda 
uchraydi. Uning ahamiyati hali to`la aniqlanmagan. Bu immunoglobulin ko`proq embrionda va 
yangi tug`ilgan chaqaloqlarda uchraydi. 
Antiteloning antigen bilan bog`lanishi jarayonida qon plazmasida bo`lgan maxsus oqsillar 
yoki komplement ham ishtirok etadi. Komplement bu jarayonda keskin aktivlashib, 
antigenlarning antitelolar tomonidan zararsizlantirishini ta’minlaydi. 
Immunitet to`g`risida bir qancha nazariyalar mavjud bo`lib, ulardan hozirgi paytda eng 
keng tarqalgani F.Bernetning «klonal-seleksion» nazariyasidir. Bu nazariyaga binoan 
organizmda limfotsitlarning ko`p miqdordagi guruhlari, ya’ni klonlari mavjuddir. Har bir klonga 
mansub limfotsitlar genetik jihatdan bir xil bo`lib, ma’lum bir yoki bir necha antigenga nisbatan 
javob reaksiyasini berish qobiliyatiga egadir. Shu tufayli biron-bir aniq antigen limfotsitlarning 
faqatgina shu antigenga mos keladigan klonigagina ta’sir ko`rsatadi va ularning ko`payishiga 
hamda aktivlashishiga olib keladi. 
Antigenlarni yemirish va zararsizlantirish uslubiga qarab immunitetning ikki xili 
ajratiladi: 
1. G u m o r a l i m m u n i t e t – bunda antigenlarning antitelolar yordamida 
zararsizlantirilishi asosiy o`rin tutadi. Bu immunitetning ishchi (effektor) hujayralari bo`lib 
antitelo ishlab chiqaruvchi plazmatik hujayralar yoki plazmotsitlar hisoblanadi. Plazmotsitlar o`z 
navbatida B-limfotsitlardan hosil bo`ladi. Bu jarayonda T- limfotsitlar va mikromuhit hujayralari 
ham faol qatnashadi. 
2. Hujayraviy immunitet – bunda antigenlar (asosan, yot hujayralar va organizmning 
o`zida hosil bo`ladigan, genetik mutatsiyaga uchragan o`sma hujayralar) m a x s u s q o t i l 
(killer – qotil) h u j a y r a l a r tomonidan o`ldiriladi va yemiriladi. Bu immunitet jarayonida 


250 
effektor hujayralar bo`lib, T- limfotsitlarning bir turi bo`lgan T-killerlar va maxsus «tabiiy 
killerlar» (TK) hisoblanadi. Bu hujayralarni boshqacha qilib s

Download 13,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish