VEGETATIV (AVTONOM) NERV SISTEMASI
Vegetativ nerv sistemasining bosh va orqa miyadan tashqarida joylashgan periferik va miyaning
kulrang moddasida joy-lashgan markaziy qismlari farq qilinadi. Periferik qism-lari nervlar, nerv
tugunlari va chigallaridan, markaziy qism-lari esa kulrang moddaning maxsus yadrolaridan
iborat.
Vegetativ nerv sistemasi bajaradigan vazifasigako’ra sim-patik va parasimpatik qismlarga
ajratiladi.
Simpatik nerv sistemasining markaziga orqa miya ko’krak va bel sohasining yon shoxlaridagi
vegetativ yadrolari, parasimpa-tik nerv sistemasiga esa III, VII, IX va X juft kalla nervlari-ning
va orqa miya dumg’aza bo’limining vegetativ yadrolari kira-di. Markaziy qismning mul’tipolyar
neyronlari vegetativ nerv sistemasi reflektor yoyining assotciativ hujayralaridir. Ular-ning
aksonlari orqa miya oldingi ildizchalari yoki kalla nervla-ri tarkibida chiqib, periferik vegetativ
gangliylarning neyron-lari bilan sinapslar hosil qiladi. Ular vegetativ nerv siste-masining
preganglionar tolalari bo’lib, odatda, mielin qavat bilan qoplakgan va xolinergik tzbiatga egadir.
YUqorida sanab o’tilgan bo’limlardan tashqari, gipotalamus sohasida, III qorinchaning tubida
butun avtonom sistema uchun umumiy bo’lgan markazlar joylashgan. Subtalamik sohadan uzun-
choq va orqa miya bo’ylab hamma yon shoxlarning simpatik yaddyula-rini bog’lovchi tolalar
ketadi. Oraliq miyaning avtonom siste-masi markazlari tcerebrospinal sistemaning po’stloq osti
markazlari bilan bog’langan.
VEGETATIV NERV SISTEMASINING GANGLIYLARI
Vegetativ nerv sistemasining periferik nerv tugunlari or-ganlardan tashqarida (ekstramural) yoki
organlar devorida (in-tramural) joylashishi mumkin. Vegetativ gangliylardan chiqqan nerv
tarmoqlari tarkibida ikki xil tolalar bo’ladi. Ulardan biri gangliylarning o’zida hosil bo’lib,
periferiya tomon yo’na-ladi (postganglionar tolalar), boshqalari esa gan-gliylarni bosh yoki orqa
miya bilan bog’laydi (preganglio-nar tolalar).
Vegetativ nerv sistemasining tarkibiga markaziy neyronlar (preganglionar tolalar ko’rinishidagi
aksonlar bilan birga) va periferik tugunlarda joylashgan periferik neyronlar kiradi. Periferik
neyronlarning aksonlari organ va to’qimalargacha etib borib, ular bilan sinapslarni hosil qiladi.
Preganglio-nar tolalar mielin parda bilan o’ralganligi uchun ularning bog’lovchi tarmoq-larining
rangi oq bo’ladi.
Postganglionar tolalar ingichkaroq bo’lib, ko’p hol-larda ularning mielin qo-big’i bo’lmaydi.
Vegetativ n^rv sistema-sining periferik tugunla-ri ekstramural simpatik (vertebral va paraverte-
bral gangliylar), bosh miya-ning parasimpatik tugun-lari va intramural gang-liylardan iborat.
Oddiy preparatlarda vegetativ gangliylarning tuzilishi umurtqalararo gangliylarga o’xshaydi. Bu
184
gangliylar ustidan birik-tiruvchi to’qimali kapsula bilan o’ralgan bo’lib, un-Dan gangliyning
ichiga to’-siqlar kiradi va birikti-ruvchi to’qimali stromani
113-rasm. Vegetativ nerv tuguiinipg tu-
zilishi (sxema).
1 - uzun o’simtali neyron; 2 - akson; 3 - teng o’simtaln neyron; 4 - glnotcitlar (T. N.
Radostinadan).
hosil qiladi. Bu stromada nerv hujayralari va nerv tola-lari joylashgan. Bu tugunlar
umurtqalararo gangliylardan farq qilib, turli shakldagi va kattalikdagi mul’tipolyar nerv
hujayralaridan iborat (113-rasm). Vegetativgan-gliylarning neyronlari va ularning o’simtalari
gangliotcitlar-dan hosil bo’lgan qobiq bilan o’ralgan.
Vegetativ nerv sistemasining gangliylarida asosan uch xil neyronlar farq qilinadi: 1. Uzun
aksonli neyronlar yoki I tip Dogel’ hujayralari, ularning o’simtalari bir necha kalta tarmoqli
dendritlardan va gangliydan tashqariga ketuvchi uzun neyritdan iborat.
2. Teng o’simtali neyronlar yoki II tip Dogel’ hujay-ralari. Ptip Dogel’ hujayralarining bir necha
teng o’simtalari bo’lib, tuzilishi jihatidan qaysi biri akson ekanligini aniq-lab bo’lmaydi. Hamma
o’simtalar shoxlanmasdan gangliydan tash-qarigl ketadi. I tip hujayralarida parasimpatik
nervlarning pregatnglionar tolalari tugallanadi. SHuning uchun ular bu sis-xemaning reflektor
yoyi tarkibidagi ikkinchi harakatlanti-ruvchi yoki effektor neyronlari hisoblanadi. II tip
hujayralar-ni periferik vegetativ nerv sistemasining sezuvchi yoki affektor elementlariga
kiritiladi.
3. III tip hujayralar oraliq yoki assotciativ ney-ronlar hisoblanib, ularning o’siqlari qo’shni
tugunlar ney-ronlarining dendritlari bilan sinapslar hosil qiladi.
Vegetativ gangliylarning nerv hujayralari orasida ko’p miqdorda mielinli va mielinsiz nerv
tolalari bor. Ularning tarkibida shu gangliy neyronlarining o’simtalari va sinapsla-rini hosil
qiluvchi yoki qo’shni gangliylarga o’tib ketuvchi pre-ganglionar tolalar bo’ladi. Simpatik
tugunlarning postganglio-iar tolalari organlarda sinapslar hosil qilib tugaydi. Bu sinapslar asosan
adrenergik, qisman purinergik tabiatga ega. Parasimpatik gangliylarning postganglionar tolalari
a’zolar-da xolinergik sinapslar hosil qilib yakunlanadi.
Vegetativ tugunlarning tarkibida umurtqalararo gangliy-larning o’tkazuvchi tolalari bor.
Intramural tugunlardagi nerv tolalarining tarmoqlari to’r hosil qilib, bu to’rning halqasida turli
kattalikdagi gangliylar joylashgan. Vegetativ nerv sistemasida chegara tarmog’ining yirik
gangliylaridan umurtqa oldi va qorin bo’shlig’idagi tugunlardan tashqari nerv bo’ylab ko’pgina
mayda gangliylar ham tarqalgan. Ularning eng mayda-lari atigi bir necha hujayralardan tuzilgan.
Ko’pincha nerv yo’-lida yolg’iz nerv hujayralari ham uchraydi.
Me’da-ichak yo’li devorida uch xil intramural chigallar ((shilliq osti qavatida, mushak qavatida
va seroz qavat ostida) joylashgan bo’lib, ular o’ziga xos xususiyatga egadir. Bu chigallar
tarkibida harakatlantiruvchi (xolinergik), tormozlovchi (adren-ergik va purinergik) va a’zolar
185
faoliyatini boshqaruvchi (pep-tidergik) neyronlar uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |