Astrogliya.
Astrotsitar gliya markaziy nerv sistemasining (MNS) tayanch apparatini hosil
qiladi. U mayda ko`p o`simtali kichik hujayralardan iborat bo`lib, nurli yulduz ko`rinishiga ega.
Bunday tipdagi neyrogliya hujayralari astrotsitlar (yunon. astra - yulduz; cytos - hujayra) nomini
oladi (96-rasmga q.).
Usimtalarning tuzilishiga qarab 2 xil astrotsitlar farqlanadi: 1) protoplazmatik yoki qisqa
o`simtali astrotsitlar (astrocyti protoplasmatici). 2) tolali yoki uzun o`simtali astrotsitlar (as-
trocyti fibrosi).
Protoplazmatik astrotsitlar MNS asosini hosil qiladi va asosan kulrang moddada, ya’ni
neyronlar sohasida joylashadi. Bu hujayralarning tanasi ko`p qirrali bo`lib, undan kalta ko`p
tarmoqlanuvchi va «oyoqchalar» hosil qilib tugallanuvchi o`simtalar chiqadi. Hujayra kattaligi
15-20 mkm bo`lib, yadrosi nisbatan katta, xromatini kamdir. Sitoplazmasida ko`p miqdorda
glikogen, mitoxondriyalar hamda sust rivojlangan donador endoplazmatik to`r topilgan.
Tolali astrotsitlar asosan MNS oq moddasida, ya’ni nerv tolalari sohasida joylashgan.
Ularning hujayra tanasi nisbatan kichik bo`lib, shakli cho`zinchoqdir. Kattaligi 10-20 mkm
bo`lib, sitoplazmaning ko`p qismini yadro egallagan. Hujayra tanasidan 20-40 tagacha ingichka
kam shoxlanuvchi o`simtalar chiqib, glial tolalarga aylanadi va miyaning tayanch apparatini
tashkil qiladi. Astrotsitlarning o`simtalari ko`pincha mayda qon tomirlar devorlarida
tugmachasimon kengaymalar (perivaskulyar oyoqchalar) hosil qilib tugallanadi.
Ependimogliya.
U asosan ependimotsit (ependymocyti) hujayralaridan tashkil topgan.
Etuk ependimotsitlar epiteliy kabi silindrsimon shaklda bo`lib, orqa miya kanalini va bosh miya
qorinchalarining devori-ni qoplab turadi (96-rasmga q.). Bosh miya qorinchalarining qon
tomirlari chigallarini qoplovchi ependimotsitlar kubsimon shaklga ega.
Ependimotsitlar sitoplazmasida mitoxondriyalar, yog`lar, pigmentlar va boshqa
tuzilmalarni uchratish mumkin. Ependimotsitlar chegaralovchi, tayanch vazifalarni bajaradi
hamda serebrospinal suyuqlikni hosil qilishda ishtirok etadi. Ayrim hujayralar esa sekretor
funktsiyani o`taydi. Ependimotsitlarning nerv nayining ichiga qaragan yuzasida embrional
davrda kiprikchalar bo`ladi, ular postembrional davrda yo`q bo`lib ketadi va MNS ning faqatgina
ayrim qismlaridagina saqlanib qolishi mumkin. Bu hujayralarning bazal qismidan esa birgina
uzun o`simta chiqadi. Bu o`simta tarmoqlangan va tarmoqlanmagan bo`lishi mumkin.
Tarmoqlangan o`simtalar miyaning oq va kulrang moddasida joylashgan neyronlar va boshqa
gliya hujayralari o`simtalariga tegib yotadi. Gliotsitlarning o`simtalari ko`pincha shoxsimon tar-
moqlangan bo`lib, ular nerv nayining hamma qavatlaridan o`tib, tashqi chegaralovchi
membranani (membrana limitans gliae superficialis) hosil qilishda ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |