“ILM-U ZIYO” o’quv markazi
Ona tili va adabiyoti
Tarix
Ingliz tili
Rus tili ID:
Matematika
Fizika
Biologiya
Kimyo ilmuziyobot
Geografiya
Test natijalari to’g’ri javoblarini ushbu telegram kanali orqali ko’rishingiz mumkin.
t.me/ilm_u_ziyo_ATM
Navbatdagi test sinovimiz 28.03.2021 da bo’lib o’tadi.
Ona tili
Qaysi javobda so`zlar imloviy jihatdan to`g`ri yozilgan?
A) bahra, urchuq B) baxra, urchiq
C) baxra, urchuq D) bahra, urchiq
Qaysi javobdagi so`zlarning barchasi bo`g`inga noto`g`ri ajratilgan?
jon-ba-xsh, si-nf, jim-jim-a-dor, esh-it-moq
mak-tab-i-miz, o-na-lar, o`-shan-ga, bon-gi
ma`-ri-fat, in`om, ma-i-shat, si-lin-drik
a-ka-de-mik, mu-oma-la, o-lam, ya-ngi-la-moq
Eskirgan so`zning hozirgi kundagi ma`nosi to`g`ri berilgan javobni toping.
A) handasa – astronomiya B) qozi – advokat
C) meng – yuz D) dudoq – lab 4.Berilgan qaysi fe`llar qatorining oldidan tushum kelishigi shaklidagi so`zlarni qo`llash mumkin?
yurmoq, bormoq, jilmaymoq
olmoq, sezmoq, tuymoq
kelmoq, bermoq, uzmoq
topmoq, cho`zmoq, zo`raymoq
Qaysi javobda faqat holat fe`llari berilgan?
fahmlamoq, duduqlanmoq, tushuntirmoq
titramoq, chaqirmoq, xo`rsinmoq
jilmaymoq, yiqitmoq, fikrlamoq
sevinmoq, o`kinmoq, afsuslanmoq
yugurmoq fe`li qaysi gap tarkibida o`z ma`nosida qo`llangan?
Qaynoq qahva ichganidan so`ng vujudiga issiqlik yugurdi.
Olimjon ishini bitirish uchun qog`oz ko`tarib ancha yugurishiga to`g`ri keldi.
Bola ortda qolmaslik uchun onasining orqasidan yugurdi.
Shabada yugursa gulzor uzra, muattar bo`y urilar dimog`ga
Qaysi gap chiziqcha no`to`g`ri qo`llangan?
Ular shu tariqa baxtli-saodatli umr kechirishibdi.
Onasi uning orqasidan hay-haylaganicha qoldi.
Men, oyimning aytishicha, o`sha yilning 15-martida tug`ilgan ekanman.
XX asr ilm-fan sohasida muhim ixtirolar asri bo`ldi.
Qaysi javobda arxaik eskirgan so’z qo’llangan?
Ammo bu tortiq bilan tilmochdan nari o‘tib bo‘lmadi.
Inakni o‘tlatgani dalaga olib ketdi.
Poytaxt bo‘sag‘asidagi doimiy yasovullardan o‘tib, dahlizda to‘xtadi.
Bundan g‘azablangan xoqon kanizakni cho‘lga tashlab ketishni buyurdi.
Qaysi javobda taqsim son berilgan?
Yetti yilda u bilgan so‘zlar 45 tacha bo‘ldi.
Yaqinda tumanimizdagi 54 ta bolalar bog‘chalarida ko‘rik- tanlov o‘tkazildi.
Ular ikkitadan bo‘lib saf tortishdi.
Ikkovining orasida hech qanday sir yotmaydi.
Quyidagi gapda ko’p nuqtalar o’rniga qaysi so’zni qo’llash uslubiy jihatdan to’g’ri sanaladi?
«Juda … qush ekan», – dedi Zuhra turnaga tikilib.
A) xushro’y B) suluv C) chiroyli D) lobar
Qaysi javobda paronim jufti yo‘q so‘z berilgan?
A) bod B) shoh C) afzal D) ranj
Qaysi javobda "o‘taketgan uddaburon" ma’nosini beradigan ibora berilgan?
do‘ppisi yarimta
yer tagida ilon qimirlasa, biladigan
pixini yorgan
baland oxurdan yem yegan
Sof ko`makchilar berilgan javobni toping?
A) tufayli, sari, uzra B) avval, qarab, kabi
C) singari, bilan, hatto D) uchun, agar, haqida
Qaysi javobda o`zaro zid ma`noli so`zlar juftligi berilgan?
A) qurumsoq – ziqna B) quvonch – sevinch
C) epchil – abjir D) ozg`in – semiz
Gap bo`laklari joylashuvi to`ldiruvchi, kesim, to`ldiruvchi, kesim bo`lgan ergashgan qo`shma gapni aniqlang?
Qalovini topsang, qor yonar.
Gap bilan va`da berma, Ish bilan va`da ber.
Erga navbat – sherga navbat
Birovni qarg`asang, o`zingga urar.
Do'stlaringiz bilan baham: |