Ilm sahroda do’st, hayot yo’llarida tayanch, yolg’izlik



Download 6,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/260
Sana25.01.2022
Hajmi6,07 Mb.
#408770
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   260
Bog'liq
Moliya statistikasi darslik

 
Daromadlar 
-  u  yoki  bu  faoliyat  natijasida  olinadigan  pul  yoki  boshqa  iqtisodiy 
qiymatlar. Bu o’rinda davlat boshqaruvi sektorining faoliyati natijasida olingan daromadlar: 
davlat  byudjetining  daromadlari  va  boshqa  daromadlardan  iboratdir.  Davlat  byudjetining 
daromadlari-byudjetining  barcha  bo’g’inlari  uchun  mobilizatsiya  qilinadigan  soliq  va 
nosoliq  daromadlardir.  Soliq  daromadlari  O’zbekiston  Respublikasida  davlat  byudjetining 
asosiy (2007 yilda 72,5 %) qismini tashkil etadi. Ular iqtisodiy agentlar  (yuridik va jismoniy 
shaxslar)dan  majburiy,  qoplanmaydigan  va  qaytarilmaydigan  holda,  to’lash  miqdori  va 
muddati  qonunda  oldindan  belgilangan,  tushumlardir.  Davlat  tomonidan  davlat  byudjetini 
barcha  bo’g’inlari  daromad  qismini  vujudga  keltirishda  qo’llaydigan  kompleks 
(uyg’unlashgan) tadbirlari davlatning soliq (ba’zida fiskal) siyosati deyiladi. Soliq siyosatini 
o’tkazishning  instrumentlari  (vositalari,  yo’llari)  arsenaliga  soliq  tizimi  deyiladi.  Bu 
vositalar,  yo’llar  4  guruhga  ajratilishi  mumkin:  soliqqa  tortish    bazasini  belgilash  (soliq 
turlari);  soliq  stavkalari,  soliq  imtiyozlari,  soliqlarni  undirish  va  byudjetlararo  taqsimlash 
usullari.  Soliqlar  fiskal  vazifani  bajarishi  bilan  birga  tartiblashtirish  funktsiyalarini  ham 
bajaradi.  Iqtisodiyotda  soliq  yuklamasini  baholashda  konsolidirlashtirilgan  (yig’ma)  davlat 
byudjetining daromadini yalpi milliy  daromaddagi (YaMD) salmog’i olinadi.  Bunda davlat 
byudjetining barcha bo’g’inlari va davlat nobyudjet (maxsus)  jamg’armalari ham e’tiborga 
olinadi. Soliqqa tortish bazasini belgilash usuliga qarab barcha soliqlar to’g’ri (bevosita) va 
egri (bilvosita) soliqlarga tasniflanadi. To’g’ri soliqlarda iqtisodiy agentlarning daromadi va 
mulkining  qiymatiga  to’ppadan-to’g’ri  soliq  solinadi.  Bunday  soliqlarga:  foyda  solig’i, 
daromad solig’i, er solig’i, mol-mulk solig’i va boshqalar kiradi. O’zbekiston Respublikasi 
davlat byudjetining daromadlari tarkibida to’g’ri soliqlar (mulk soliqlari va resurs to’lovlari 
bilan birga)ning  salmog’i 42,2 % ni tashkil etadi (2007 yil). Tovar va xizmatlar bahosidan 
olinadigan  soliqlarga  egri  soliqlar  (aktsizlar,  qo’shilgan  qiymat  solig’i,  bojxona  boji  va 
boshchqalar)  deyiladi.  Ularning  salmog’i  davlat  byudjeti  daromadlarida  48,6%  ni  tashkil 
etadi.  Egri  soliqlarni  ba’zan  «soliq  okladi»  ham  deyiladi.  To’g’ri  soliqlarning  maxsus, 
alohida turi-bu davlat maxsus jamg’armalariga majburiy to’lovlaridir (pensiya, bandlik, yo’l 
va boshqa jamg’armalar). 
 
O’zbekiston  Respublikasida  (boshqa  mamlakatlarda  ham)  soliqlar,  statistikada 
umumdavlat va mahalliy soliqlar va yig’imlari holida ham tasniflanadi. Umumdavlat  soliq 
va  yig’imlar  Respublika  byudjetiga,  ajratmalar  va  subsidiya  tarzida  mahalliy  byudjetlariga 
tushishi  mumkin.  Umumdavlat  solig’lari  va  yig’imlari  turkumiga:  yuridik  va  jismoniy 
shaxslardan  olinadigan  daromad  solig’i,  barcha  resurs  to’lovlari  (er  solig’idan  tashqari), 
barcha  egri    soliqlar  (QQS,  aktsiyalar,  bojxona  bojlari),  jarimalar  va  boshqalar  kiradi. 


 
88 
Mahalliy byudjetlarning daromad   qismini vujudga keltirishda mol-mulk solig’i, er solig’i, 
reklama solig’i, kichik biznes uchun yagona soliq  va boshqa yig’imlar kiradi. Bu masalani 
ya’nada  chuqurroq  o’rganish  uchun  maxsus  fanlarga  va  hamda  «Byudjet  tizimi 
to’g’risida»gi  qonunning  11,15,18,20-moddalariga  murojaat  qilish  mumkin.  Nosoliq 
daromadlari  turkumiga  mulk  va  tadbirkorlik  faoliyatidan  olingan  daromadlar,  ma’muriy 
yig’imlar va to’lovlar, jarima va sanktsiya, tashqi iqtisodiy faoliyatdan olingan daromadlar, 
davlat nobyudjet jamg’armalari va boshqa nosoliq daromadlari kiradi. Barcha turdagi soliq  
va  nosoliq  daromadlari    joriy  daromadlar  tarkibidadir.  Bundan  tashqari  kapital  daromadlar 
(asosiy kapital, davlat zahiralari va tovarlari, er va nomoddiy aktivlarni sotishdan olinadigan 
daromadlar,    nodavlat  manbalaridan  kapital  transfertlar)  davlat  byudjetining  daromad 
qismida alohida ko’rsatiladi.       

Download 6,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish