Ilm sahroda do’st, hayot yo’llarida tayanch, yolg’izlik


Joriy  va  kapital  operatsiyalar



Download 6,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/260
Sana25.01.2022
Hajmi6,07 Mb.
#408770
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   260
Bog'liq
Moliya statistikasi darslik

Joriy  va  kapital  operatsiyalar. 
Davlat  moliyasi  statistikasi  tizimida  kapital 
operatsiyalarga asosiy kapitalni sotib olish, berib yuborish, qurish yoki sotib yuborish hamda 
asosiy  kapitalni  ishlab  chiqarish  maqsadlari  uchun    tovar  va  xizmatlar  xaridi  bilan  bog’liq 
bo’lgan operatsiyalar kiradi. Qiymatni saqlab turish vositasi sifatida qimmatbaho narsalarni 
saqlash  operatsiyalari,  ishlab  chiqarilmagan  moddiy  aktiv  (er,  tabiiy  o’rmon,  er  osti 
boyliklari)lar operatsiyalari, nomoddiy aktivlar (masalan patentlar) ga oid, hamda favqulotda 
va kam uchraydigan operatsiyalar ham kapital operatsiyalar tarkibiga kiradi. Real aktivlar, er 
yoki qimmatbaho tovarlarni sotib olish yoki sotib yuborish hamda real aktivlarni sotib olish 
uchun  beg’araz  mablag’larni  berish  yoki  boshqa  transfertlar  qilish  kapital  operatsiyalarga 
misol bo’la oladi. Kapital aktivlarni olish uchun olingan to’lovlar-kapital transfertlar rasmiy 
(davlat va xalqaro tashkilotlar tomonidan) va norasmiy (nodavlat manbaalardan, xayr-ehson 
sifatida)  transfertlar  turkumiga  ajratiladi.  Demak,  kapital  operatsiyalaridan  tashqari  barcha 
qaytarilmaydigan  operatsiyalar  joriy  operatsiyalar  hisoblanadi.  Kapital  aktivlarga 
Молиявий 
активлар 
 
Тўловлар
 
Тушумлар 
 
Тушум (тўлов)лар 
Қайтарилмайдиган операциялар  
(орқага оқим йўқ)  
 
Қопланмайдиган 
йиғимлар ва тўловлар  
Қопланадиган 
йиғимлар ва тўловлар 
Қайтариладиган операциялар.  
Қопланиши (тўланиши)нинг  муайян  
муддати кўрсатилган  
орқа (қарама-қарши) томонга оқими  
бўлган шартномавий мажбуриятлар   
 
Молиявий активларни олиш, 
мажбуриятларини қабул қилиш  
 
Давлат сиёсатини ўтказиш ёки  
ликвидлиликни бошқариш мақсадлари  
учун молиявий активларни олиш 


 
85 
solinadigan soliqlarda tashqari boshqa soliqlar joriy operatsiyalar tarkibiga kiradi. 
Davlat  byudjeti  statistikasida  yuqoridagi  tushunchalardan  tashqari  moliyaviy  yoki 
nomoliyaviy  aktivlar,  davlat  siyosati  yoki  likvidlikni  boshqarish,  kayta  baholash    va 
aktivdagi  boshqa  o’zgarishlar,  moddiy  aylanma  vositalar  zaxiralari  va  asosiy  kapital 
iste’moli,  daromadlar  va  sarflarni  hisoblash  va  boshqa  tushunchalar  ham  mavjud. 
O’zbekiston  Respublikasi  «Byudjet  tizimi  to’g’risida»  gi  qonunida  davlat    (respublika  va  
mahalliy) byudjetiga aloqador bo’lgan 18 ta asosiy tushunchalarga ta’riflar  berilgan. Bular: 
byudjeti jarayoni, byudjet dotatsiyasi, byudjetdan mablag’ ajratish, byudjet profitsiti, byudjet 
ssudasi,  byudjet  subventsiyasi,  byudjet  so’rovi,  byudjet  tashkilotlari,  byudjet  taqchilligi, 
byudjet transferti, davlat byudjeti, davlat ichki qarzi, davlat maqsadli jamg’armalari, davlat 
tashqi  qarzi,  davlat  tomonidan  ichki  mablag’ni  jalb  qilish,  davlat  tomonidan  xorijdan 
mablag’ jalb qilish, davlat qarzi, mahalliy byudjet, moliya yili, naqd pul aylanishi, respublika 
byudjeti,  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  byudjeti.  Ko’rinib  turibdiki,  turli  iqtisodiy 
mazmunli moliyaviy operatsiyalarga ta’riflar berilmagan. 
Ma’lumki, davlat  moliyasi statistikasiga  doir amaldagi xalqaro standartlarda davlat 
byudjetining  kassa ijrosi hisobi amalga oshiriladi, ammo milliy hisoblar tizimida esa hisob -
hisobiga  yozish  usuli,  ya’ni  kreditorlik  va  debitorlik  qarzlari  yuzaga  kelishi  fursatidan 
boshlab hisobga olinadi. BMT ning MHT-93 dagi qoidalariga moslashtirish maqsadida XVF 
1995  yildan  boshlab  qayta  ko’rib  chiqilayotgan  davlat  moliyasi  statistikasining  xalqaro 
standartlarida    davlat  byudjeti  statistikasida  ham  hisobga  yozish  usuliga  o’tish  to’g’risida 
ilmiy-  amaliy  ishlanmalar,  tavsiyanomalar    tayyorlamoqda.  O’zbekiston  Respublikasi 
«Byudjeti  tizimi  to’g’risida»  gi  qonunida  (37-modda)  «Davlat  byudjetining  kassa  ijrosini 
tashkil  etish,  shuningdek  davlat  daromadlari  va  xarajatlarini  hisobga  olish  O’zbekiston 
Respublikasi  Markaziy  banki  tomonidan  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  bilan 
birgalikda  amalga  oshiriladi»  deb  ko’rsatilgan.  Ko’rinib  turibdiki,  respublikada  davlat 
byudjetining  hisobi  kassa  ijrosi  usulida  olib  borilgan  va  yaqin  vaqtlargacha  shunday  olib 
boriladi.  O’zbekiston    Respublikasi  davlat  byudjeti  statistikasi  XVF  tomonidan  tavsiya 
qilinayotgan xalqaro standartlardan boshqa jihatlari bo’yicha ham birmuncha farqlanmoqda. 
Bular:  davlat  byudjetining  daromadlari  va  sarf-xarajatlari  tasnifi,  byudjetning  boshqa 
tasniflari,  turli  iqtisodiy  tabiatli  operatsiyalarni  chegaralash  va  hisobga  olish;  byudjet  va 
operatsiyalarni  konsolidatsiya  qilish,  byudjetdan  tashqari  davlat  maxsus  jamg’armalarini 
etiborga  olinishida  va  boshqa  masalalarda  ham  farqlar  mavjud.  Ammo,  XVFning  halqaro 
standartlarini joriy etish yo’lida birmuncha ishlar qilinayotganini ham e’tiborga olish lozim. 
Bu  ishlar,  tadbirlar  Davlat  dasturi  (VM  ning  24.08.94  dagi  433-sonli  qarori  bilan 
tasdiqlangan) da belgilangan va ular bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.  

Download 6,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish