10.5. Moliyaviy ahvol, natijalar haqidagi
ma’lumot manbalari
iqtisodiyotning barcha sektorlarida faoliyat ko’rsatayotgan korxona va
tashkilotlarning moliyaviy ahvoli va natijalari to’g’risidagi ma’lumot manbalariga
quyidagilar kiradi:
1-sonli shakl – Buxgalteriya balansi. Balans birinchi navbatda aktiv va passivlarga
bo’linadi. Aktivlar esa uzoq muddatli va joriy aktivlarga bo’linadi. Passiv qism o’z
mablag’lari manbalari va majburiyatlarga bo’linadi. Balansdan tashqari schyotlarda
hisobga olinadigan qiymatlar mavjudligi haqida alohida ma’lumotlar beriladi.
2-sonli shakl – Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot. Ushbu hisobotda
korxonaning maxsulot (tovar, ish va hizmatlar)ni sotishning yalpi foydasi (satr 010-020),
asosiy faoliyat foydasi (satr 030+040+090), umumxo’jalik faoliyatining foydasi (satr
240-250-260) summasi beriladi. Byudjetga to’lovlar to’g’risidagi alohida ma’lumot
tuziladi. Unda daromad solig’i, yalpi daromad solig’i, yagona er solig’i, yagona soliq,
qo’shilgan qiymat solig’i, aktsiz solig’i, er osti boyliklaridan va suv resurslaridan
foydalanganlik uchun soliq, ekologiya solig’i, import bo’yicha bojxona boji, er,
infrastrukturani rivojlantirish va boshqa soliqlar, maxalliy byudjetga yig’imlar, byudjetga
to’lovlarning kechiktirilganligi uchun moliyaviy jazolar bo’yicha to’lovlar summasi
beriladi. Jami byudjetga to’lovlar summasi 440-satrda keltiriladi.
2a-sonli shakl – Debitorlik va kreditorlik qarzlar haqida ma’lumotnoma. Ushbu
hisobotda qarzlar korxonaga bog’liq va bog’liq bo’lmagan qarzlarga bo’linadi. Ulardan
muddati o’tgani alohida ko’rsatiladi. Debitorlik va kreditorlik qarzlari respublika
ichidagi, ichki idoraviy, respublikadan tashqaridagi qarzlarga bo’lib ko’rsatiladi.
5f-shakl – Korxonaning moliyaviy ahvoli to’g’risidagi hisobot (oylik). Hisobot
davridan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmay yuridik shaxslar, ularning alohida
268
bo’linmalari uy-joydagi tuman, shaxar statistika bo’limiga taqdim etiladi.
Hisobot to’rt bo’limdan iborat bo’lib, birinchi bo’limda ustav fondida davlat ulushi
(%da) hisobot davri oxiriga (yil boshidan ortib boruvchi yakunda) daromad solig’i
to’lagunga qadar foyda (zarar) summasi joriy va o’tgan yilning tegishli davriga
keltiriladi. Ikkinchi bo’limda o’zaro hisob-kitoblar holati, ya’ni debitor va kreditor
qarzlari
beriladi.
Uchinchi
bo’limda O’zbekiston Respublikasi va xorijiy
mamlakatlarning xo’jalik yurutuvchi sub’ektlari bilan o’zaro hisob-kitoblari holati 1-
yanvar, 1-aprel, 1-iyul va 1-oktyabrga to’ldiriladi. To’rtinchi bo’limda ishlab chiqarish
zaxiralari va tugallanmagan ishlab chiqarish summasi yil boshiga va hisobot davrining
oxiriga beriladi.
Hisobotni barcha mulk shaklidagi korxona va tashkilotlar (kichik korxoanlar,
mikrofirmalar, byudjet tashkilotlari, fermer va dehqon xo’jaliklaridan tashqari) taqdim
etadi.
Qishloq xo’jalik maxsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar faqat yillik hisobotni
taqdim etadi. Banklar va sug’urta tashkilotlari faqatgina 1-bo’lim “Moliyaviy natijalar”ni
to’ldiradi. 010-satr “Ustav fondi (kapitali)”da davlatga tegishli bo’lgan aktsiya paketi
(ulushi) %da to’ldiriladi.
Foyda, qarzdorlik, ishlab chiqarish zaxiralari va tugallanmagan ishlab chiqarish
ko’rsatkichlari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2002-yil 27
dekabrda 140-son bilan tasdiqlangan “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to’ldirish
bo’yicha qoidalarni tasdiqlash to’g’risida”gi Buyrug’i tasdiqlangan. Moliyaviy hisobot
shakllarini to’ldirish bo’yicha qoidalardagi 1-sonli “Buxgalteriya balansi”, 2-sonli
“Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot” va 2a-sonli “Debitor va kreditor qarzlar
to’g’risidagi ma’lumot” singari to’ldiriladi.
097-satrda dehqon, buyum va ixtisoslashgan bozorlarda tovarlar, buyumlar va
qishloq xo’jaligi maxsulotlari bilan savdo-sotiq qiluvchi jismoniy shaxslar to’laydigan bir
martalik yig’im to’ldiriladi.
1-MB (yillik) shaklga ilova – Xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonaning asosiy
moliyaviy ko’rsatkichlari to’g’risidagi hisobot (yillik). Hisobot 25-martdan kechiktirmay
xorijiy sarmoya ishtirokidagi kichik korxonalar va firmalar tomonidan o’z joyidagi
tuman, shaxar statistika bo’limiga taqdim etiladi. Ushbu shaklda korxonaning quyidagi
asosiy moliyaviy ko’rsatkichlari yil boshiga va oxiriga beriladi: A. Debitorlik va
kreditorlik qarzlari; B. Tovar moddiy zaxiralari; V. Moliyaviy natijalar: 1) maxsulot
(tovar, ish va xizmatlar)ni sotishdan tushgan tushum (qo’shilgan qiymat solig’i va
aktsizni hisobga olgan holda); 2) soliqlar (QQS va aktsizlar); 3) maxsulot (tovarlar, ish va
xizmatlar)ni sotishdan tushgan tushum; 4) sotilgan maxsulot tannarxi; 5) yalpi foyda (3-
4); 6) davr xarajatlari; 7) asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar; 8) moliyaviy
faoliyat bo’yicha daromadlar; 9) moliyaiviy faoliyat bo’yicha xarajatlar; 10) favqulodda
foyda (zararlar); 11) daromad (foyda) solig’i to’langunga qadar foyda (zarar) (5-6+7+8-
9+10); 12) daromad (foyda) solig’i, boshqa soliqlar va foydadan yig’imlar; 13) yagona
soliq to’lovi; 14) sof foyda (11-12); G. Tashqi iqtisodiy faoliyatdan olingan yalpi foyda
va byudjetga to’lovlar (soliqlar); D. Mavjud va foydaplanilgan pul mablag’lari; E.
Mavjud asosiy vositalar va ularning xarakati; J. Xarajatlar; Z. Nomoddiy hizmatlar uchun
to’lovlar va asosiy vositalarni kapital ta’mirlashga qilingan xarajatlar.
5s-shakli (choraklik) – Korxona xarajatlari to’g’risidagi hisobot. Ushbu hisobot 1-
269
3 choraklar uchun hisobot davrining keyingi oyning 25-sanasidan kechiktirmay yuridik
shaxslar, ularning alohida bo’linmalari (davlat statistika organlari tomonidan belgilangan
ro’yxat bo’yicha) – o’z joyidagi tuman, shaxar statistika bo’limiga taqdim etiladi.
Xisobotda korxona xarajatlari ikki guruhga ajratib hisoblanadi: a) asosiy faoliyat turi
bo’yicha; b) asosiy bo’lmagan faoliyat turlari bo’yicha.
4-sonli shakl – Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot. Ushbu hisobotda pul oqimlari
quyidagi guruhlarga bo’lib o’rganiladi: 1) operatsion faoliyat; 2) investitsiya faoliyati; 3)
moliyaviy faoliyat; 4) soliqqa tortish.
Bularning har biri hisobot davrida pul qo’yilishi va chiqimini xarakterlaydi.
Masalan, moliyaviy faoliyat bo’yicha sof pul kirimi/chiqimi quyidagicha aniqlanadi.
Olingan va to’langan foizlar plyus/minus olingan va to’langan dividentlar plyus
aktsiyalar chiqarishdan yoki xususiy kapital bilan bog’liq bo’lgan boshqa
instrumentlardan kelgan pul tushumlari minus xususiy aktsiyalar sotib olingandagi pul
to’lovlari plyus/minus uzoq va qisqa muddatli kredit va qarzlar bo’yicha pul tushumlari
va to’lovlari plyus/minus uzoq muddatli ijara (lizing) bo’yicha pul tushumlari va
to’lovlari plyus/minus moliyaviy faoliyatning boshqa pul tushumlari va to’lovlari.
Korxona va tashkilotlar chet el valyutasidagi pul mablag’larining xarakati
to’g’risida alohida ma’lumotnoma tuzadilar. Yil boshidagi qoldiq summaga kelib tushgan
valyuta mablag’lari (sotishdan olingan tushum, konventatsiya, moliyaviy faoliyat
bo’yicha va boshqalar qo’shilib sarflangan valyuta mablag’lari ajratiladi, kelib chiqqan
summaga chet el valyutasidagi pul mablag’larini qayta baholashda yuzaga kelgan kurslar
saldosi qo’shilsa (ayrilsa), yil oxiridagi valyuta qoldig’i kelib chiqadi.
Korxona va tashkilotlar xususiy kapital to’g’risidagi (5-sonli shakl) hisobotni va
asosiy vositalar xarakati to’g’risidagi (3-sonli shakl) hisobotni va boshqa xisobot (Moliya
vazirligi va davlat statistika qo’mitasi tasdiqlagan)larni taqdim etadilar.
Davlat statistika qo’mitasida 5f-shakl ma’lumotlari asosida oylik va choraklik
statistik to’plam va byulletenlar tayyorlanadi: “Korxona va tashkilotlarning moliyaviy
natijalari”; “O’zbekiston Respublikasi va chet el xo’jalik yurutuvchi sub’ektlarning
debitorlik va kreditorlik qarzlari”; “Korxona va tashkilotlar xarajatlari”; “O’zbekiston
Respublikasi korxona va tashkilotlarning moliya-xo’jalik asosiy ko’rsatkichlari”;
“O’zbekiston Respublikasi korxona va tashkilotlarning shaxsiy kapitali va pul oqimlari”;
“Asosiy mablag’lar va boshqa nomoddiy aktivlarning mavjudligi va xarakati”;
“O’zbekiston moliyasi” (yillik statistik to’plam).
Hisobotlar orqali ma’lumotlar to’plash juda yaxshi usul. Lekin o’quvchiga eslatib
qo’ymoqchimiz, buxgalteriya va statistik hisobotlar orqali to’plangan ma’lumotlar
monografik tekshirishlar o’tkazish uchun etarli emas. Agarda korxona va tashkilotlarning
moliyaviy natijalari va xolatini chuqur o’rganish maqsad qilib qo’yilsa, maxsus tashkil
qilinadigan kuzatishlarni qo’llash maqsadga muvofiqdir.
270
Do'stlaringiz bilan baham: |