Ilm sahroda do’st, hayot yo’llarida tayanch, yolg’izlik


 Korxona faoliyatining moliyaviy natijalariga



Download 6,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/260
Sana25.01.2022
Hajmi6,07 Mb.
#408770
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   260
Bog'liq
Moliya statistikasi darslik

10.4. Korxona faoliyatining moliyaviy natijalariga  
inflyatsion jarayonlarning ta’sirini statistik baholash 
 
Inflyatsiya asosida iqtisodiyot va moliya tizimining izdan chiqqanligi, buzilganligi 
yotadi.  Inflyatsiya  pulning  qadrsizlanishi,  uning  muomalada  ko’payishi  va  tovar 
ta’minotiga to’g’ri kelmasligi jarayoni sifatida qaraladi. Inflyatsiyaning ikki turi mavjud: 
«talab  inflyatsiyasi»  va  «xarajatlar  inflyatsiyasi».  Birinchi  turda,  tovarlarga  (ish, 
xizmatga) bo’lgan talab takliflardan yuqori bo’ladi, ikkinchi turda esa, bir tovarga to’g’ri 
keladigan xarajatlar oshgan holda, u tovarlarning jami taklifi hajmi kamayib ketadi. 
Ishlab chiqarish xarajatlari bahosining o’sishi bilan bog’liq inflyatsiya, xom-ashyo, 
materiallar, elektroenergiya va mehnat haqini ortishi asosida paydo bo’ladi. Bu mahsulot 
ishlab  chiqarish  hajmining,  tovar  va  xizmatlar  jami  taklifining  va  korxona  foydasining 
kamayishiga  olib  keladi.  Bundan  tashqari,  inflyatsiya  asosiy  fondlarni  takror  ishlab 
chiqarishga, amortizatsiya ajratmalari hajmiga va korxonaning barcha moliyaviy natija va 
barqarorligini  xarakterlovchi  ko’rsatkichlarga  salbiy  ta’sir  ko’rsatadi.  Bu  erdan, 
inflyatsiya va moliyaviy natijalar o’rtasidagi bog’liqlikni o’rganish zaruriyati tug’iladi. 
Inflyatsiya darajasini o’lchash uchun, statistikada ko’rsatikichlar  tizimi (qismiy va 
to’liq)  va  baho  indekslari  ishlatiladi.  Indeks  metodi  inflyatsiya  jarayonini  o’rganishda 


 
264 
boshqa  metodlar  ichida  eng  muhim  o’rinni  egalaydi.  Inflyatsiyaning  korxona  moliyaviy 
natijalariga  ta’sirini  o’rganishda,    korxonaning  natijaviy  ko’rsatkichlari  va  baho 
indekslari asos bo’lib xizmat qiladi. 
Korxona  va  tashkilotning  foyda  summasi  va  rentabellik  darajasi  qator  omillarga 
bog’liq.  Ular  orasidan  quyidagilarni  ajratish  zarur:  solishtirma  baholardagi  taqqoslama 
mahsulotni  sotishdan  tushgan  mablag’ning  o’zgarishi;  solishtirma  baholardagi 
tannarxning  o’zgarishi;  taqqoslama  mahsulot  tannarxining  o’zgarishi;  yangi  mahsulot 
ishlab  chiqarishni  tashkil  etilishi;  sanoat  mahsulotiga  bo’lgan  ishlab  chiqaruvchilar 
baholarini  o’zgarishi;  tovar–moddiy  qiymatlarni  sotib  olish  baholarining  o’zgarishi; 
asosiy fondlar va kapital qo’yilmalarni baholashning o’zgarishi; inflyatsiya bilan bog’liq 
mehnat  haqini  o’zgarishi;  foydani,  sotilmaydigan  operatsiyalarni  o’zgarishi  hisobidan 
o’zgarishi; korxona aktivlari qiymatining o’zgarishi; korxona shaxsiy kapitalining o’sishi 
(kamayishi) va boshqalar. 
Bu  omillarga  qo’shimcha  qilinishi,  ular  maydalashtirilishi  yoki  guruhlarga 
ajratilishi  mumkin.  Masalan,  birinchi  omilda  chiqarilgan  mahsulot  hajmini  va 
sotilmasdan  qolgan  mahsulot  qoldig’ini  o’zgarishini  ajratish  mumkin,  ikkinchi  omilda  - 
material  talabchanlik,  mehnat  talabchanlik  va  fond  talabchanlikni  o’zgarishi.  Alohida 
omil  sifatida  chiqariladigan  va  sotiladigan  mahsulot  assortimentining  o’zgarishlari 
qatnashishi mumkin. 
Quyidagi  shartli  misolda  foyda  va  rentabellik  hamda  inflyatsiya  o’rtasidagi 
bog’liqlikni  o’rganish  maqsadida,  keyingi  hisob-kitobda  qatnashadigan  to’rt  guruh 
indekslarni olamiz: 
-mahsulot (tovar, xizmat) sotish bahosi indeksi; 
-xom-ashyo, material, yoqilg’i, xizmatlar va boshqalarni «sotib olish» indeksi; 
-asosiy fondlar qiymati va kapital qo’yilmalarning o’zgarish indeksi; 
-inflyatsiya munosabati bilan o’rtacha ish haqining o’zgarish indeksi. 
Bu  indekslar  mahsulot  va  xarajat  tarkibi  o’zgarmas  bo’lgan  holatda  hisoblanishi 
zarurligini eslatib o’tamiz.  
Misol.
 Joriy davr uchun korxonaning quyidagi ma’lumotlari berilgan, ming so’m. 
1. Mahsulotni sotishdan olingan sof tushum (mablag’), joriy baholarda –200000;  
2. Sotilgan mahsulot tannarxi-160000, shu jumladan: moddiy xarajatlar - 128000; 
amortizatsiya ajratmalari - 8000; ish haqi - 24000  
3. Mahsulotni sotishdan olingan foyda - 40000; 
4. Boshqa foyda - 3000. 
5. Ishlab chiqarish fondlari va nomoddiy aktivlarning o’rtacha qiymati - 60000; 
6. Moddiy aylanma mablag’larning (aktivlarning) o’rtacha qiymati - 25000. 
7. Pul mablag’lari, debitorlik qarzlari va boshqalar - 5000. 
8. Shaxsiy kapital - 64000. 
Bundan tashqari, quyidagi qo’shimcha ma’lumotlar mavjud: 
1. Sotilgan mahsulot baho indeksi 2,5 baravarni  tashkil qiladi; 
2. Xom-ashyo, material, yoqlg’i va hokazo sotib olish bahosi indeksi - 2,35; 
3. Asosiy fondlar va kapital qo’yilmalar bahosi indeksi –1,8;  
4. Ish haqi indeksi –1,75 oshgan. 
Bu ma’lumotlar asosida rentabellik ko’rsatkichini (inflyatsiya  hisobga olingan va 
olinmagan  hollarda),  hamda  korxona  foyda  va  rentabelligiga  ta’sir  qiluvchi  omillarni 


 
265 
inflyatsiya ta’sirida o’zgarishini o’rganamiz. 
1. Umumiy foyda summasi teng: 
Fu=40000+3000=43000 ming so’m. 
2. Korxona aktivlari qiymati (A) teng: 
A=60000+25000+5000=96000 ming so’m. 
3. Inflyatsiya hisobga olmagan holda korxona rentabelligi darajasi: 
A. Mahsulot rentabelligi: 
  

Download 6,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish