Ilm sahroda do’st, hayot yo’llarida tayanch, yolg’izlik



Download 6,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/260
Sana25.01.2022
Hajmi6,07 Mb.
#408770
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   260
Bog'liq
Moliya statistikasi darslik

 
 
V BOB. BANKLAR VA BANK  FAOLIYaTI STATISTIKASI  
 
5.1. Bank statistikasining predmeti va vazifalari
 
 
Bozor  iqtisodiyotini  banklarsiz  tassavur  ham  qilib  bo’lmaydi.  Ularni  bozor 
mexanizmi  bo’laklari  ichida, shu  mexanizmning  «motori»  deb atashadi.  Bugungi kunda 
bu «motorlar» soni va turi juda ham ko’p (O’zbekistonda 2009 yil boshiga banklar soni 
30),  ular  bajaradigan  ish  va  xizmatlar  soni  (yirik  banklarda  100  dan  ortiq  xizmat  turi 
mavjud)  undan  ham  ko’p.  Banklarning  quyidagi  turlari  mavjud:  Markaziy  bank  (asosiy 
maqsadi  -  milliy  valyutani  barqarorligini  ta’minlash);  tijorat  banklari  (ularni  «kredit 
supermarketlari»  yoki  «moliyaviy  univermaglar»  ham  deb  atashadi);  ixtisoslashgan 
moliya  -  kredit  muassasalari:  investitsiya  banklari;  jamg’arish  idoralari;  sug’urta 
kompaniyalari; pensiya fondi; investitsiya kompaniyalari. 
Mulk  formasi  bo’yicha  banklar  bo’lishi  mumkin:  davlat,  xususiy,  aktsionerlar 
banki,  kooperativ,  munitsipial,  aralash  banklar.  Xalqaro  banklar  mavjud:  jahon  banki, 
xalqaro  rivojlanish  va  qayta  qurish  banki.  Xalqaro  banklar  transnatsional  va  ko’p 
natsional  banklarga  bo’linadi.  Transnatsional  bank  bo’lishi  uchun,  bank  kamida  5  ta 
mamlakatda o’zining «qiz» tashkilotiga ega bo’lishi kerak. 
O’zbekistonda,  boshqa  rivojlangan  mamlakatlar  kabi,  banklar  tizimi  ikki 
pog’onalidir: O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat hamda maxsus banklar. 
Qonun  bo’yicha  (21.  XII.  1995  yilda  qabul  qilingan  «O’zbekiston  respublikasi 
Markaziy  banki  to’g’risidagi»  qonun)  Markaziy  bankga  quyidagi  vazifalar  yuklatilgan. 
Ularga: monetar siyosatni va valyutani tartibga solish sohasidagi siyosatni shakllantirish, 
qabul  qilish  va  amalga  oshirish;  O’zbekiston  Respublikasida  samarali  hisob-kitoblar 
tizimini  tashkil  qilish  va  ta’minlash;  barcha  banklar  faoliyatini  uyg’unlashtirish  va  ular 
ustidan  nazorat  qilish;  mamlakatning  rasmiy  oltin-valyuta  zaxaralarini  saqlash  va 
boshqarish;  boshqa  bank  muassasalarining  majburiy  zaxiralarini  saklash  va  boshqarish; 
moliya vazirligi bilan birgalikda davlat byudjetini kassaviy bajarilishi ta’minlash; milliy 
valyutani  muomalaga  chiqarish;  pul  muomalasini  tartibga  solish  va  boshqarish,  milliy 
valyutaning boshqa valyutalarga nisbatan kursini aniqlash va ayirboshlash. 
Qisqacha qilib aytganda Markaziy bank mamlakatning pul-kredit siyosatini asosiy 
yo’nalishlarini  belgilash  va  boshqarish  funktsiyasini  bajaradi.  U  faqat  foyda  olishga 
intilib  faoliyat  ko’rsatmaydi,  davlatning  butun  iqtisodiy  holatini  yaxshilash  siyosatini 
amalga  oshiradi  va  ijtimoiy  siyosatni  amalga  oshirishga  ko’maklashadi.  Tijorat 
banklarida  esa  asosiy  tamoyil-ko’proq  foyda olish.  Ular bo’sh   turgan pul  mablag’larni, 
qo’yilma va to’plamalarni saqlash va to’plash, hisob-to’lov mexanizmini va pul oborotini 
tashkil  qilish  va  ta’minlash,  jismoniy  va  yuridik  shaxslarni  kreditlash,  banklararo 
kreditlash  tizimida  samarali  qatnashish,  kafolatlash  ishlarini  amalga  oshirish,  turli  xil 
xizmatlar (lizing, trast, hisob-kitob) ko’rsatish va boshqa vazifalarni bajaradi. 
Tijorat  banklari  yuqoridagi  vazifalar  bilan  bir  qatorda  quyidagi  funktsiyalarni 


 
110 
bajaradi:  kredit  vositachisi;  xo’jalikda  jamg’arishni  rag’batlantirish;  to’lovlarda 
vositachilik. 
Tijorat  banklarining  kredit  vositachiligi  funktsiyasi  –  bu  korxonalar  va  aholida 
shaxslarning  fondlarini  aylanishi  natijasida  vaqtinchalik  ozod  bo’lgan  resurslarini  qayta 
taqsimlanishidir,  boshqacha  aytganda  kredit  berishdir.  Ushbu  funktsiyaning  bosh 
xususiyati,  resurslarni  qayta  taqsimlashning  bosh  mezoni  bo’lib,  qarzdor  ularni  unumli 
ishlatishi hisoblaniladi. 
Rusurslarni  taqsimlash  xo’jalik  aloqalarining  gorizontali  bo’yicha  banklarning 
vositachiligida qaytarib berish va to’lash  sharti sharoitida  amalga oshiriladi.  Olingan  va 
berilgan mablag’lar uchun to’lov summasi talab va taklif summalari ta’sirida shakllanadi. 
Natijada xalq xo’jaligida moliyaviy resurslarning erkin xarakatiga erishiladi. 
Tijorat  banklarining  ikkinchi  funktsiyasi  –  bu,  xo’jalikdagi  pul  to’plamalarni 
rag’batlantirishdir.  Pul  mablag’larining  to’plamasi  banklar  tomonidan  rag’batlantirish 
ularni  epchil  depozit  siyosati  asosida  shakllantiriladi.  Kreditorlarga  yuqori  foizlardan 
tashqari, to’plagan mablag’larini banklarga joylashtirish uchun yuqori darajadagi banklar 
kafolati  zarur.  Tijorat  banklarining  depozitlarini,  bank  muassasalarining  aktivlarini 
sug’urtalash foizini tashkil etish kafolatni yaratilishiga xizmat qiladi. 
Mustaqil  sub’ektlar  o’rtasidagi  to’lovlarda  vositachilik  tijorat  banklarining 
navbatdagi funktsiyasi bo’ladi. Respublikada fond bozorini rivojlanib borishi bilan tijorat 
banklarining  qimmatli  qog’ozlar  operatsiyasidagi  vositachilik  funktsiyasini  keltirib 
chiqardi. 
Kredit  tizimiga  banklardan  tashqari  maxsus  moliya-kredit  institutlari  kiradi. 
Ularga:  kredit  ittifoqlari  va  kooperativlar;  moliyaviy  va  trast  kompaniyalari;  sug’urta 
kompaniyalari;  pensiya  fondlari;  ssuda-omonat  assotsiyatsiyalari,  investitsion  fondlar, 
lombardlar va boshqalar. 
Ular  aholi  va  yuridik  shaxslarning  mablag’larini  to’playdi,  korxona  va  jismoniy 
shaxslarga  kredit  beradi,  banklararo  kreditlashda  kafolatchi  bo’la  oladi,  ishonch 
operatsiyalarini bajaradi. 
Demak, mamlakatda bank tizimini dinamik rivojlanishi banklari soni va ish 
faoliyatini baholovchi statistik informatsiya bilan aniqlaniladi. 
Bank statistikasining predmeti – banklar faoliyatini samaradorligini xarakterlovchi 
ko’rsatkichlarni hisoblashni va tahlil qilishni o’rgatuvchi statistik metodlar yig’indisidir, 
ob’ekti – barcha banklar faoliyati, sub’ekti – har bir bank va boshqa kredit muassasalari, 
bank mijozlari, yuridik va jismoniy shaxslar bo’ladi. 
Bank statistikasi oldida quyidagi vazifalar turadi: 

 
banklar  va  boshqa  kredit  muassasalarining  maqsadiga  va  bajaradigan 
operatsiyalariga muvofiq, ularning aniq tiplarga, guruhlarga va sinflarga ajratish; 

 
bank      mijozlarini      soni      va      tarkibini,      ularni      pul  qo’yilmalarini  hajmi, 
dinamikasi  va  tarkibini,  to’ldirilish  mablag’lari  va  foydalanish  yo’nalishlarini 
o’rganish va tahlil qilish; 

 
bank  normativlarini  asoslash,  ulardan  chetlanishni  hisoblash,  hamda  chetlanishni 
pasaytirish  va  bank  moliyaviy  barqarorligini  ta’minlash  bo’yicha  takliflar  ishlab 
chiqish; 

 
har  bir  bank  operatsiyasi  bo’yicha  risk  darajasini  aniqlash  va  uni  pasaytirish 
bo’yicha takliflar ustida doimiy ishlash; 


 
111 

 
bank  xarajat  va  daromadlarni  hisoblash  va  tahlil  qilish  (iloji  boricha  bu  ishni  har 
bir operatsiya uchun bajarish zarur). 
Banklar  statistikasining  eng  muhim  vazifasidan  yana  biri  bo’lib  bank  faoliyatini 
xarakterlovchi  ko’rsatkichlarni  hisoblash  metodlari  va  metodologiyasini  rivojlantirish, 
statistik      o’rganishga  jalb  qilinadigan  ob’ektlarni  ko’paytirish,  ayniqsa,  olingan  va 
olinadigan natijalarni ishonchliligini, aniqligini va tezkorligini oshirishdir. 
Yuqoridagi vazifalarni bajarish uchun bank statistikasi o’rganadi:  

 
davlat, kooperativ, jamoatchilik tashkilotlari va korxonalari va aholini vaqtinchalik 
bo’sh mablag’larining to’planmasini (akkumulyatsiyasini); 

 
xalq xo’jaligi va aholini uzoq va qisqa muddatli kreditlashini; 

 
kapital mablag’larni moliyalashtirishni; 

 
pulsiz hisob-kitoblarni; 

 
kredit muassasalarining kassalari orqali naqd pul oborotini; 

 
omonat ishi; 

 
davlat byudjetining kassa bajarilish. 
Bank statistikasi banklarni va ularning faoliyatini turli aspektlarda o’rganadi: soni; 
mulk shakli; tayinlanishi; xizmat qilish turlari va assortimenti bo’yicha va boshqalar. 
Masalan,  korxona  va  tashkilotlarga  hamda  aholiga  ko’rsatiladigan  bank 
xizmatlarini statistikada quyidagi turlarga bo’lib o’rganiladi: 

Download 6,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish