G’. Davlat kreditning kreditorlar bo’yicha tasnifi
Davlat byudjeti defitsitini qoplash uchun jalb qilingan qarzlarni – qarz
majburiyatlarini to’lanmagan, qaytarilmagan qismlarining yig’indisi- davlat krediti
deyiladi. Dunyoning barcha davlatlari o’z iqtisodiy siyosatini o’tkazishning muhim bir
mexanizmi sifatida qarzlardan foydalandilar. XVF ning GFSY, 2000da keltirilgan 126
davlatning 98 tasining byudjeti defitsitlidir. Aktiv byudjetga ega bo’lgan davlatlarda ham
davlat qarzi mavjud. Davlat qarzlari mavjud bo’lishining zaruriyati jamiyat ehtiyojlari
darajasi bilan davllatning imkoniyatlari (davlat byudjetining daromadlari) o’rtasidagi
ziddiyatdan, ya’ni davlat byudjetining defitsitligidan vujudga keladi.
Davlat krediti (qarzi) to’g’risidagi hozirgi zamon ilmiy- amaliy qarashlar
keyncchilik maktabining ishlanmalari asosida shakllangan. Bunda davlat krediti
iqtisodiyotga qo’shimcha yuklama bo’lib, iqtisodiy muvozanatning buzilishiga olib
keladi, ijtimoiy tadbirlarni amalga oshirishga to’siq bo’lishi bilan birga, davlat qarzlari
iqtisodiyotni tartiblashtirishning muhim mexanizmi sifatida hizmat qiladi. Davlat
kreditining ko’lamiga statistikada u ikki yoqlamalikni e’tiborga olgan holda baho bermoq
zarur. Shuning uchun davlat krediti hajmini to’g’ri baholash lozim.
XVFning davlat moliyasi to’g’risidagi standartining (G’) davlat krediti tarkibiga
faqat davlat boshqaruvi sektori bo’yicha ja’mi qarz, unga kiruvchi birliklar (kichik
sektorlar)ning: markaziy xukumat (federal, respublika), shtatlar, regionlar yoki viloyatlar
hamda mahalliy boshqaruvi idoralarining rasman tan olingan, to’g’ri, to’lanmagan
(qaytarilmagan) qarzlari kiritiladi. Demak, quyidagilar davlat qarzi hajmiga
qo’shilmaydi:
davlat boshqaruvi sektorining kichik sektorlari orasidagi o’zaro qarzlar (4.7-
jadval);
davlatga qarashli korxonalarning ichki va tashqi qarzlari;
107
davlat boshqaruvi sektorini moliyaviy muassalar (pul-kreditni tartiblashtiruvchi
idoralar) vazifalarini bajarishi bilan bog’liq bo’lgan qarzlari;
jismoniy shaxslarning ichki va tashqi qarzlari va hakozo.
Demak, milliy iqtisodiyotning davlat boshqaruvi sektoridan boshqa sektorlarining
rezidentlar va norezidentlardan qarzlari davlat qarzi tarkibiga kirmaydi. Statistikada
davlat qarzi summasini brutto holida, ya’ni davlat boshqaruvi sektorining boshqa
sektorlar va norezidentlarga bo’lgan qarz talablari summasi ayrilmasdan ko’rsatiladi.
Davlatning qoplanmagan (to’lanmagan) qarzlarini kreditorlar tipi bo’yicha
tasnifining sxemasi:
I. Ja’mi summasi (II+III)
II. Ichki qarz:
1. Davlat boshqaruvi sektorining boshqa qismlariga
1
2. Pul-kreditni tarkiblashtiruvchi
idoralarga
3. Depozitivli banklarga
4. Boshqa ichki qarzdorlik:
4.1.Boshqa moliya muassalariga
4.2.Davlat nomoliyaviy korxonalariga
4.3.Nomoliyaviy xususiy sektorga
4.3.1.Korxonalarga
4.3.2. Uy xo’jaligiga
4.4.Boshqa kategoriyalarga kiritilmagan boshqa ichki qarzdorlik.
5.Turlicha baholash bilan bog’liq bo’lgan korrektirovka.
III. Tashqi qarz.
6.Xalqaro rivojlanish tashkilotlariga
7.Xorij boshqaruv boshqarmalariga
8.Boshqa tashqi qarzdorlik
8.1.Bank ssudalari va bo’naklar
8.2.Ta’minlovchilarning kreditlari
8.3.Boshqa kategoriyalarga kiritilmagan boshqa tashqi qarzdorlik
9.Turlicha baholash bilan bog’liq bo’lgan korrektirovka.
Ma’lumotnoma tariqasida moddalar
10.Xorij valyutasida to’lanadigan ichki qarz
11. Milliy valyutada to’lanadigan tashqi qarz
12. Davlat boshqaruvi sektorininng ichki tuzilmaviy qarzlari
13. To’lanmagan majburiyatlar bo’yicha joriy qarzlar.
Davlat kreditini boshqa jihatlari: to’lanishi muddati, davlat boshqaruvi sektorining
birliklari (markaziy hukumat, shtatlar, regionlar yoki viloyatlar, hamda mahalliy
boshqaruvi idoralari), daromadni to’lash usuli, daromadlarni hisoblanishi usuli, bozorga
murojaat qilish imkoni va boshqa aspektlari bo’yicha tasniflanishi mumkin.
Davlat kreditini to’lanishi muddati bo’yicha tasnifi 4.8-jadvalda ko’rsatilgan. Bu
tasnif yordamida qarzlarni to’lash borasida tadbirlarni rejalashtirish mumkin bo’ladi.
Davlat byudjeti daromadi va sarflarini boshqa tasniflari ham mavjuddir. Masalan
1
Қарз мажбуриятларининг жаъми суммасига давлат бошқаруви секторининг кичик секторлари ичидаги ва кичик
секторларнинг ўзаро тўланмаган қарзлари киритилмайди Улар алоҳида ўрганилади.
108
sarflarni vazifa jihati bilan iqtisodiy tipi bo’yicha bir vaqtda tasniflash. Bunday shahmat
usulida tasniflash davlat sarflarini tahlil va boshqarish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Masalan, har bir vazifa bo’yicha davlat sarflarida ish haqi, tovar va xizmatlar xaridi,
transfertlar, kapital sarflar (rivojlanishi imkoniyati) va boshqa sarflarning hajmi va
salmog’ini baholash mumkin. O’z o’rnida ish haqi bo’yicha sarflarni davlatning qaysi
vazifasida berilganligini ham bilish mumkin.
4.8-jadval
Davlat kreditini to’lanishi muddatlari
6
Yil oxirida
To’lash
muddati
2010
2011
2012
2013
2014
Ja’mi qarzlar:
2010
2011
2012
2013
2014
2014-2020
2020dan so’ng.
Muddati
ko’rsatilmagan
Ichki qarzlar:
2010
2011
2012
2013
2014
2014dan so’ng.
Muddati
ko’rsatilmagan
Tashqi qarzlar
2010
2011
2012
2013
2014
2014-2020
2020dan so’ng.
Muddati
ko’rsatilmagan
XVFning davlat byudjetining daromadlari va sarflarini tasniflash tizimi tarkibida
shtat, region yoki viloyat, mahalliy hukumatga mo’ljallangan «L»-(lokal) tasniflar
(A,V,S,D,E,G’) tizimi ham mavjuddir (GFSY ga qarang). Jahon mamlakatlarida
XVFning standart tasniflar tizimi bilan birga, o’zlarining milliy tasniflari tizimidan ham
foydalanishadi.
Masalan
Germaniya
moliya
statistikasida
davlat
byudjeti
6
Давлат бошқаруви секторининг ички тузилмавий қарзларисиз, яъни сектор қисмларининг ўзаро қарзларисиз.
109
daromadlarining iqtisodiy, vazifa jihatlari va tashkiliy tasniflari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |