Ilm sahroda do’st, hayot yo’llarida tayanch, yolg’izlik



Download 6,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/260
Sana25.01.2022
Hajmi6,07 Mb.
#408770
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   260
Bog'liq
Moliya statistikasi darslik

 
 
 
2.5. Aktuar hisoblash metodlari 
 
Manfaat  va  talofat  miqdori  hamda  hissasi  har  xil  bo’lgan  sharoitda  bitimda 
qatnashuvchi  tomonlarning  manfaati  va  talofatini  hisoblashga  aktuar  hisoblar  deb 
aytiladi. Buning o’zi aktuar hisoblarni bir vaqtning o’zida ikki va undan ortiq formulalar 
bilan amalga oshirishni talab qiladi va uni boshqa hisoblardan ajratib turadi.  
Aktuariylar deganda ko’pchilik sug’urta bilan shug’ullanishni tushunishadi. Ushbu 
fikrni  ishlatilishiga  ma’lum  bir  darajada  asos  bor.  Masalan,  qadimgi  Rimda  Senat 
qarorlarini  yozib  boruvchi  va  xujjatlarni  saqlovchi,  daromadlarni  ro’yxatga  oluvchi 
rasmiy  tayinlangan  registrator–arxivarusni  aktuariy  deb  atashgan,  eski  Angliyada  esa 
biznes  sohasida  ilk  bor  1762  yilda  inson  hayotini  va  tirik  (yashash)  qolishini  adolatli 
sug’urtalash  jamiyati  tuzilgan  va  ushbu  jamiyatga  bosh  mansabli  shaxs  saylangan.  U 
shaxs (adjaster)ning vazifasi hamma narsani yozib borish bo’lgan. Xozirgi kundagi kotib 
vazifasini  bajargan. 1775  yilda ushbu  mansabga  Vilyam  Morgan  (asli kasbi  matematik) 
tayinlanadi.  V.Morgan  kotiblik  (u  ushbu  mansabda  qariyb  50  yil  ishlagan  va  dunyoda 
birinchi  aktuariy  deb  tan  olingan)  vazifasini  bajarish  bilan  bir    qatorda  sug’urta 
badallariga mos va ma’qul stavkalarni aniqlash va jamiyatning moliyaviy operatsiyalarini 
ishonchliligini ta’minlash hisob-kitoblari bilan shug’ullanadi.  1819 yilda ilk bor aktuariy 
so’zi Angliyada sug’urta bo’yicha qabul qilingan rasmiy xujjatlarda ham ishlatilgan.  
 
Frantsiya  amaliyotida  aktuariylar  deganda  statistika  va  ehtimollar  nazariyasining 
metodlarini  sug’urtada  va  moliyaviy  operatsiyalarda  qo’llovchi,  kengroq  ma’noda 
stavkalarni qabul qiluvchi shaxs – mutaxassis tushuniladi.  
Rossiyada  aktuariylarga  berilgan  ta’riflar  turli-tuman  va  ayrim  xollarda  biri 
ikkinchisini  inkor  etadi.  Masalan,  “Aktuariylar  (inglizcha  actuary  –  tez  yozuvchi, 
hisobchi)  deganda  statistika,  ehtimollar  nazariyasi  va  uzoq  muddatli  moliyaviy 
hisoblashlarda  qo’llaniladigan  matematik  metodlar  asosida  ilmiy  asoslangan  sug’urta 
tariflarini hisoblash metodlarini ishlab chiqish va tariflarni aniqlash bilan shug’ullanuvchi 
mutaxassis  tushuniladi”
1
  deb  yozadi  N.P.Saxirova.  Ushbu  ta’rif,  bizning  fikrimizcha, 
aktuariylarni  juda  tor  ma’noda  tushunish  va  sug’urta  bilan  shug’ullanish  degan  eski 
tushuncha asosida berilgan. 
 
Aktuariylar 
deganda 
akademik 
V.Simcheraning 
fikricha, 
moliya 
kompaniyalarining  majburiyatlari  va  kelgusidagi  aktivlarni  baholovchi  ekspert, 
moliyaviy  risklarni  hisoblovchi  va  moliyaviy  matematika  sohasi  bo’yicha  mutaxassis 
tushuniladi.  Aktuariylarni  moliyaviy  matematika  sohasidagi  mutaxassis  deb  atash 
                                                           
1
 Н.П.Сахирова. Страхование. М.: “Проспект”, 2006, 382 б. 


 
46 
unchalik to’g’ri bo’lmasa kerak? 
Ayrimlar aktuariy deganda faqat moliyaviy risklarni  baholash bo’yicha mutaxassis 
shaxsni  tushunadi.  Bu  fikr  bir  tomonlama  va  juda  tor  ma’noga  ega.  Isbot  sifatida 
quyidagi  fikrni  keltirsak  bo’ladi.  Har  qanday  aktuariy  faoliyatining  maqsadi  –  bo’lajak 
xodisalarni qanday natijalar bilan tugashi noaniqligi bilan bog’liq bo’lgan hamma erda va 
joyda paydo bo’ladigan moliyaviy risklardan ko’riladigan zararni minimallashtirishdir. 
Sodir bo’lgan hodisalarni tahlil qilish va kelajak istiqbolining ehtimolini baholash 
bo’yicha zaruriy bilim va malaka sohibi bo’lgan, joriy moliyaviy konyukturada bashorat 
qiladigan,  sog’lom  fikr  va  sezgirlikka  (ayrim  hollarda  ayyorlikka)  suyangan  aktuariylar 
kam  xarajat  bilan  ijobiy  finalga  ega  bo’lish  imkoniyatini  ta’minlovchi  qarorlarni  qabul 
qilishni  ta’minlaydilar.  Akturiylarda  o’rganilayotgan  hodisani  sezgirlik  bilan  baholash, 
jiddiylk va isbotlash doimo uyg’unlashtiriladi. 
Aktuariylar  ishi  kimga  kerak?  Aktuariylar  ishi  boshqarish  va  risk  bilan  bog’liq 
bo’lgan  har  qanday  tarmoq  uchun  qimmatlidir.  Zamonaviy  biznesda  tomonlar  rolini 
tenglashtirish,  ya’ni  manfaat    bilan  javobgarlikni  moslashuvi  aktuariylar  ishiga 
boshqacha  qimmat  bag’ishlaydi.  Chunki,  ularni  axloq  kodeksi  yuqori  darajadagi  tartibli 
halollikni,  insoflilikni,  o’z  ishiga  sodiqlikni  va  nafaqat  professional,  xatto  axloq-odob 
normalaridan qisman bo’lsada chekinishga yo’l qo’ymaydi. 
Aktuariylik,  to’g’risi,  boshqa  kasblarga  nisbatan  jamiyatda  kam  tarqalgan  hunar. 
Shunga qaramasdan u o’zning qimmatiga va obro’siga ega. Ma’lumki, zamonaviy biznes, 
ayniqsa  moliyaviy  biznes  tez  o’zgaruvchan  va  qarama-qarshi  iqtsiodiy  faoliyatning 
ob’ektlaridan  biridir.  Kundalik  hayotdagi  tez  o’zgaruvchanlik  va  qarama-qarshilik  o’z 
navbatida  noaniqlik,  beqarorlik  va  ishonchsizlikni  keltirib  chiqaradi.  Doimiy  kengayib 
boruvchi  noaniqlik  va  beqarorlik  vaziyatida  aktuar  hisob-kitoblarni  faol  qo’llash 
zarurligini tushunib etishni o’zi aktuar xizmatlarga bo’lgan talabni oshishiga olib keldi va 
kelgusida, bizning fikrimizcha, ushbu talab va ehtiyoj yanada ortadi. 
Aktuariylar  ixtisoslik  va  bandlilik  sohasiga,  tayyorlash  va  qayta  tayyorlash  turiga 
attestatsiya  qilish,  sertifikatlash,  litsenziyalash  va  akkreditatsiyalash,  tartib  shakli  va 
usullariga qarab ham farqlanadi. 
Angliyada  hukumat,  korporativ  va  mustaqil  (ozod)  aktuariylar  mavjud.  Ularning 
xuquqlari,  javobgarligi,  faoliyat  sohasi  va  baholash  usullari  bir-biridan  butunlay  farq 
qiladi.  SNG  davlatlarida  bugungi  kungacha  ham  davlat  va  nodavlat  aktuariylari 
tushunchalari ishlatilmaydi. 
Aktuariylik  kasbining  kelib  chiqishi  sug’urta  bilan  bog’liq  bo’lsa  ham, 
aktuariychilar  yildan  yilga  o’z  faoliyatlari  bilan  boshqa  sohalarga  ham  qirib  borishga 
xarakat  qiladilar.  Masalan,  aktuariylarni  pensiya  daromadlari  bo’yicha  qaror  qabul 
qiluvchilar  bilan  hamkorligi,  o’z  faoliyatlarini  kengaytirishda  ilk  qadam  bo’ldi. 
Ta’kidlash lozimki, ushbu hamkorlik hozirgi kunda ham juda muhim va davom etmoqda. 
Ma’lumki, pensiya faoliyati bilan bir qatorda aktuariylar  xizmati maxsus tashkil 
etilgan  investitsion  fondlarga,  sanoatning  turli  tarmoqlariga,  moliyaviy  kompaniyalarni 
turli  xizmatlariga,  xatto  xukumat  tashkilotlariga  kirib  keldi.  Aktuar  faoliyat  kengayishi 
bilan  bir  qatorda  aktuar  xizmatni  mazmuni ham  chuqurlashib,  ham  takomillashib bordi. 
Masalan,  Angliyada  aktuariylarni  professional  xizmatlari  tufayli  sotsial  hodisalar  va 
pensiyani sug’urtalashni majburiy shakliga o’tiladi. Hozirgi kunda aktuariylar investitson 
va  tijorat  faoliyatlarida  faqat  baholovchi  emas,  partner  sifatida  ham  qatnashadilar  yoki 


 
47 
ular  nomidan va  topshirig’iga binoan  aktuar  hisoblashlarni  kompaniyaning  tartiblangan, 
kafolatlangan  va  samarali  faoliyatini  bir  qismi  deb  qaralishini  ta’minlaydilar.  Ulug’ 
Britaniya  xukumati  qoshida,  misol  uchun,  aktuariylar  departamenti  tuzilgan.  Ushbu 
departament,  ichki  daromadlar  bo’yicha  Qo’mitaga,  bosh  registratsiya  palatasiga  va 
boshqa  palatalarga  (Angliya  va  boshqa  davlatlar  uchun  ham)  aktuariya  xizmatini 
ko’rsatadi.  
Ishbilarmon doiralarda aktuariy kasbi egalari katta xurmatga ega va uning vakillari 
tartibligi,  aniq  va  sof  vijdonli  bo’lganlari  uchun  yuqori  baholanishadi.  Aktuariylarning 
yuridik  va  jismoniy  shaxslarni  qonuniy  manfaatlari  va  daromadlariga  ko’z  olaytirgan 
insofsiz  kompaniyalardan  himoya  qila  olishlarini    tan  olinishi  bilan,  ular  kasblarining 
obro’yi  yillar  davomida  oshib keldi.  Aktuariylar  kasbi  va xizmatini  tan  olinishning toji 
bo’lib, ular oylik ish xaqi miqdorining, deyarli barcha davlatlarda, o’rtacha ish xaqidan 
yuqoriligi hisoblanadi.  
Oldingi  paytlarda  aktuariylar  faqat  sug’urta  faoliyati  bilan  shug’ullangan  bo’lsa, 
hozirgi kunda ularga qo’yiladigan talablar juda keng tarmoqli va quyidagilardan iborat: 

 
Aktuariylar  risklarni  statistik  ma’lumotlarini  o’rganish  asosida  asosiy 
qonuniyatlarni  aniqlashadi  va  o’rganilayotgan  hodisa  va  jarayonlarning 
prognozini (bashoratini) tuzishadi; 

 
Ilmiy  asoslangan  tarif  va  normalar  ishlab  chiqish,  biznes  turlari  bo’yicha 
daromadlarni  rejalashtirish  va  ekspert  sifatida  operatsiya  yoki  bitimni 
samaradorligini baholashadi; 

 
Aktuariylar  firma  yoki  kompaniyalarning  investitsion  faoliyatini  ishlab 
chiqishda,  korxonani  moliyaviy  barqarorligi  va  to’lov  qobiliyatini  aniqlashda 
qatnashadi.  Shu  munosabat  bilan  ular  korxonani  boshqaruvchilar  tarkibiga 
kiritiladi; 

 
Aktuariylar  mustaqil-muxtor  sifatida  “aktuar  baholash”  uchun  taklif  etiladi. 
Masalan,  ular  moliyaviy  xolat  mustaqil  eksperti  sifatida  sud  jarayonlarida 
ishtirok etishadi; 

 
Aktuariylarni  auditor  yoki  iqtisodiy  tahlilchi  bilan  adashtirmaslik    kerak. 
Auditorning  asosiy  funktsiyasi  –  buxgalteriya  hisobini  yuritish  to’g’riligi  va 
moliyaviy  hisobotni  ishonchliligini  tekshirish  bo’lsa,  iqtisodiy  tahlilchiniki  – 
korxona iqtisodiy vaziyati va holatini baholashdir. 
Yuqoridagi  fikr-mulohazalardan  kelib  chiqqan  holda aktuariy  kim  degan  savolga, 
bizning  fikrimizcha,  quyidagicha  javob  bersa  bo’ladi:  Aktuariy  deganda,  moliya  va 
biznes sohasidagi tasodifiy hodisalar bilan bog’liq risk va ehtimollarni baholay oladigan 
kasb egasi tushuniladi. 
Aktuar  hisob-kitoblarni  tarixi  ancha  uzun.  Ilmiy  tamoyillar  asosida  stavkani 
hisoblash  birinchi  bo’lib  Britaniya  kompaniyasida  (kompaniya  1762  yilda  tuzilgan) 
amalga  oshirilgan  va  bir  yildan  kam  vaqt  ichida  kompaniyada  3255  f.st.  daromad 
ko’rgan.  Bu  summa  o’sha  payt  uchun  juda  katta  mablag’  hisoblangan.  Sug’urta 
sohasidagi  boshlang’ich  omadli  qadam  bunday  kompaniyalar  sonini  ko’payishiga  bosh 
turtki  bo’ldi.  XVIII  asrning  o’zida  ushbu  soha  taniqli  olimlarning  juda  ko’p  norasmiy 
uchrashuvlari  qayd  qilingan.  Aktuar  ishlarning  kengayib  borishi  va  aktuar 
shug’ullanishlarni  mustaqil  kasb  turi  sifatida  asta-sekin  tashkil  topishi  yuqoridagi 
uchrashuvlar natijasi deb ham qarash mumkin. 


 
48 
Tarixiy  manbalar  tahlilining  ko’rsatishicha,  matematika,  ehtimollar  nazariyasi, 
statistika  metodlarini  birgalikda  qo’llash  ilmiy  bilishda  yangi  tarmoqni  –  aktuar 
hisoblashlar nazariyasining paydo bo’lishiga olib keldi. 
Aktuar  hisoblashlar  nazariyasiga  asos  solgan  olimlar  (XVIII  asr)  ingliz  D.Graunt 
va  niderland  Ya  de  Vitt  hisoblanadi.  Ular  tarif  hisoblari  uchun  insonlarning  o’limi 
haqidagi  statistik  ma’lumotlarni  tekshirish  metodlarini  ishlab  chiqishgan  va  sug’urta 
to’lovlarining darajasini sug’urtalanuvchi shaxslar yoshiga va pulning o’sish normasiga 
iqtisodiy-matematik bog’liqligini aniqlashgan. 
Aktuar  hisob-kitoblar  nazariyasi  ingliz  olimi  E.Galley  asarlarida  yanada 
rivojlantirildi. Yashashning o’rtacha uzunligi, yashash va o’lishning ehtimoli, moliyaviy 
renta  ko’rsatkichlarini  va  ularni  hisoblash  sxemalarini  birinchi  bo’lib  taklif  etgan  olim 
E.Galleydir.  U  taklif  qilgan  uslubiyat  (metodika)  hozirgi  kunda  ham  uzoq  muddatli 
sug’urta qilish turlari bo’yicha tarif stavkalarini hisoblashda asos bo’lib xizmat qiladi. 
XVIII  asrda,  o’sha  davrning  yirik  matematik  olimlari  bo’lgan  –  E.Eyler, 
E.Dyuvilyar,  N.Fuss,  S.Lakrua,  V.Kersebum,  A.Deparselar  aktuar  hisoblashlar 
nazariyasini rivojlanishiga  katta hissa qo’shganlar. 
Aktuar hisob-kitoblarni tarkib topishi va rivojlanishida SNG davlatlari olimlaridan 
B.Maleshevskiy,  N.Lunskiy,  V.Simchera,  G.Falin,  E.Chetirkin  o’z  hissalarini 
qo’shganlar. 
Turli sohalardagi sotsial-iqtisodiy hodisalar va jarayonlar (suv transportidan tortib 
to  investitsiyagacha)  aktuar  hisob-kitoblarni  o’rganish  ob’ektidir,  ular  bo’yicha  amalga 
oshirilgan va oshiriladigan hisoblashlar va bitimlar – predmeti yoki umumiy ko’rinishda 
natijaning  noaniqligi,  riski  va  ehtimolligi  sharoitida  (biznesda  boshqa  sharoitning  o’zi 
yo’q) jami moliyaviy bitim va operatsiyalar aktuar faoliyatning ob’ekti bo’ladi. 
Samarali 
aktuar  hisoblashlar  deganda  har  qanday 
xosilaviy-moliyaviy 
ko’rsatkichning  hisob-kitobiga  aytiladi.  Hisob-kitoblar  ikki  va  undan  ortiq  nomli 
boshlang’ich  ko’rsatkichlarni  taqqoslash  asosida  amalga  oshiriladi  va    koeffitsient, 
norma,  foiz,  xissa,  indeks,  stavka,  tarif  va  boshqa  shakllarda  ifodalanadi.  Ular  bir 
ko’satkichni  ikkinchisiga  nisbatan  o’zib  boruvchi  differentsial  (samara)ni 
xarakterlaydilar. 
Noaniqlik  va  riskni  kirib  kelishi  hollarida  qo’shimcha  manfaat  ko’rish  va  zararni 
qoplashni  ko’zda  tutuvchi  samarali  moliyaviy  ko’rsatkichlarni  hisoblashning  qo’shma 
sxemalari  qo’llanilgan  holatlarida  oliy  moliyaviy  hisob-kitoblarni  muhim  turi  bo’lgan 
aktuar  hisoblashlar  haqida  gapiriladi.  Aktuar  hisoblashlar  faoliyatning  (litsenziyaga  ega 
bo’lgan)  maxsus  turi  bo’lib,  moliya,  kredit,  investitsion,  payli,  aktsioner,  sug’urta 
kompaniyalarining  (asosan  qarz  mablag’lari  bilan  ishlovchi  kompaniyalar)  mavjud 
aktivlarini  kelgusidagi  passivlariga  mosligini  bozoriy  baholashdir.  Bundan  maqsad  – 
qarzdorni ogohlantirish, aniqrog’i, ularda passivlarni aktivlardan oshib ketmasligiga yo’l 
qo’ymaslik va investor-kreditorlar haqiqiy himoyasini ta’minlashdan iboratdir. 
Qarz mablag’lar bilan ishlovchi tashkilotlar (ularning soni O’zbekistonda mingdan 
ortiq)ning kreditorlik qarzlari ularni shaxsiy aktivlaridan yuqori bo’lmasligi (bu holat yuz 
bersa  millionlab  aybsiz insonlar  zarar ko’radi) uchun ular  majburiy  sug’urtalash  ob’ekti 
deb qaraladi va aktuar baholanishi zarur. 
Korxona  aktivlari  va  passivlari  balansini  tuzish,  majburiyatlarning  (ularni  bozor 
qimmati  doimo  o’zgarib  boradi)  risklarini  hisobga  olgan  holda  qoplashni  yoki  tahmin 


 
49 
qilishning rasmiy muolajasi (protsedura) aktuar ishi deb nomlanadi, uni o’tkazish (aktuar 
balanslarni,  hisobotlarni  tuzish  va  ular  bo’yicha  xulosa  qilishni  o’z  ichiga  oluvchi) 
protsedurasi – aktuar baholash deyiladi, bu ishni tashkil qiluvchi va o’tkazuvchi organ – 
aktuar tashkilot deb yuritiladi. 
Bundan  aktuar  hisoblashlarni  tashkil  etish  va  bajarish  texnikasini  birgalikda 
o’rganilishi  bilan  nafaqat  aktuariylar,  balki  moliya  bozoridagi  har  qanday  mutaxassis 
tanish  bo’lishi  dolzarbligi  kelib  chiqadi.  Demak,  aktuar  hisob-kitoblarni  amalga 
oshirmaslik  yoki  xohlamaslik,  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  bankrotlikka  uchrashga 
to’g’ri  yo’l,  ularni  bilish  va  amalga  oshirish  esa  moliyaviy  operatsiya  va  bitimlar 
samaradorligini  oshirishda  nafaqat  juda  katta  foydalanilmagan  zaxira,  bugungi  kunda, 
mumkin eng muhimi – har qanday zamonaviy qarz mablag’lari bilan ishlovchi va kredit 
tashkilotining  himoyalanganligini,  ochiqligini,  legalligini,  moliyaviy  barqarorligini  va 
bardamligini, eng asosiysi, kompaniyaning istiqboli porloq ekanligini ko’rsatuvchi oyna 
hisoblanadi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 6,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish