Mustaqillik (avtonomiya, xususiylik koeffitsienti) - emitent mulki qiymatidagi
uning moliyaviy barqarorligini xarakterlovchi shaxsiy mablag’lari ulushi.
Mutloq likvidlik koeffitsienti - pul mablag’larini va qisqa muddatli moliyaviy
qo’yilmalar summasining emitentlarning to’lov qobiliyatini xarakterlaydigan qisqa
muddatli qarz majburiyatlari summasiga nisbati.
Naqd pulsiz oboroti – pul oborotining ma’lum bir qismi bo’lib, bunda to’lovchi
hisob raqamidagi summa oluvchi hisob raqamiga o’zaro kelishilgan asosda o’tkaziladi.
Nominal baho - qimmatli qog’oz blankasida qayd etilgan, aktsionerlik jamiyati
nizom kapitali miqdorini yoki zayomni chiqarilgan qog’ozlar soniga nisbati bilan
aniqlanadigan baho.