Ilm sahroda do’st, hayot yo’llarida tayanch, yolg’izlik



Download 6,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/260
Sana25.01.2022
Hajmi6,07 Mb.
#408770
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   260
Bog'liq
Moliya statistikasi darslik

 
 
8.6. Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy  
sug’urtalash statistikasi
 
 
Ijtimoiy  ta’minot ijtimoiy  himoyalash  fondidan  amalga oshiriladi.  Bu  fond davlat 
byudjeti, korxonalar, tashkilotlarni majburiy sug’urta to’lovlari va fuqarolarning ish haqi 
fondidan  ma’lum  foizda  to’lanadigan  sug’urta  badallaridan  tashkil  topadi.  Ijtimoiy 
ta’minot  fondining  mablag’lari  umumta’lim  maktablarini,  litsey  va  kollejlarni, 
kasalxonalarni,  poliklinikalarni,  madaniyat  uylarini,  nogiron  bolalarni  uy-internatlarini 
saqlashga,  pensiyalarni  to’lashga,  nafaqalarni  to’lashga,  aholini  muxtoj  guruhlariga 
kompensatsion to’lovlarni berishga, stipendiyalar to’lashga va hokazolarga sarflanadi. 
Ijtimoiy    ta’minotning    shakli      bo’lib      ijtimoiy      sug’urtalash  hisoblanadi,  u 
mehnatkashlarga,  qarilik  holatlarida,  mehnat  qobiliyatini  vaqtinchalik  yo’qotganda, 
kasalligida,  jaroxatlanganda  va  moddiy  ta’minotga  ta’sir  qiladigan  boshqa  holatlarda, 
moddiy  yordam  berishning  kafoloti  bo’lib  hisoblanadi.  Ijtimoiy  sug’urtalash  fondining 
katta  qismi  pensiyalarni  to’lashga  sarflanadi:  qarilik  bo’yicha  (yoshiga  qarab), 
nogironligi bo’yicha, boquvchisini yo’qotganligi holatlarida, xizmat qilingan yil bo’yicha 
va ijtimoiy pensiyalarga. 
Yoshi bo’yicha qarilik pensiyasi hamma fuqarolarga umumiy asosda yoshi va ish 
stajini  hisobga  olgan  holda  belgilanadi.  Erkaklarga  -  60  yoshda  ish  staji  25  yildan  kam 
bo’lmagan  holatlarda,  ayollarga  -  55  yoshda,  ish  staji  20  yildan  kam
 
bo’lmagan 
ishlaganlar uchun belgilanadi.  Bir guruh  aholi  yoshi  bo’yicha  imtiyozli sharoitlarga ega 
bo’lib, ularga 5 va undan ortiq bola tuqqan ayollar va bolaligidan nogiron bolasi bo’lgan 
va  uni  8  yoshgacha  tarbiyalagan  onalar  kiradi,  ko’rish  bo’yicha  birinchi  guruh 
nogironlari;  alohida  zararli  mehnat  sharoitlaridagi  ishlab  chiqarishda  band  bo’lgan 
ishlovchilar,  doimiy  shahar  marshrutlaridagi  avtobus,  trolleybus,  tramvay  xaydovchilari 
va  h.k.  Bu  shaxslar  uchun  pensiyalar  boshqalar  uchun  umumiy  asosda  belgilanadigan 
pensiyalarga nisbatan staji va yoshidan 5-10 yil kam holatda belgilanadi. 
Nogironligi bo’yicha pensiyalar sog’ligini yo’qotishi oqibatida, umumiy va kasbiy 
kasallik  natijasida,  mehnatda  shikastlanganda,  radiatsiya  avariyalari  va  xalokatlari 
natijasida to’lanadi. Pensiyaning miqdori nogironlik guruhi bo’yicha belgilanib, ularning 


 
202 
har  biri  mehnat  qobiliyatini  yo’qotganligi  darajasi  bilan  xarakterlanadi.  Mehnat 
layoqatini to’la (yuz foiz) yo’qotganida birinchi guruh nogironligi, 50 foiz yo’qotganida - 
ikkinchi guruh va 25% yo’qotganida - uchinchi guruh nogironligi o’rnatiladi. 
Ijtimoiy  ta’minotda  boquvchisini  yo’qotganligi  holatida  pensiyalar  berish  ko’rib 
chiqilgan bo’lib, bu har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun tayinlanadi: bolalarga 
18 yoshgacha, pensiya yoshidagi shaxslar va nogironlarga esa umrbod beriladi. 
Ishlab qo’ygan yili uchun pensiyani O’zbekiston hukumati tomonidan tasdiqlangan 
kasb-lavozimlar ro’yxatidagi ishlovchilar oladilar. Bularga uchish sostavi va uchuv-sinov 
sostavi  ishlovchilari,  sportchilar,  er  osti  va  ochiq  tog’li  ishlarda  band  bo’lgan  etakchi 
kasb egalari, ijodiy ish bilan shug’ullanuvchilarning alohida kategoriyalari kiradi. 
Fuqarolarning  aloxida  kategoriyalari  ijtimoiy  himoya  fondidan  1-guruh 
nogironlarini  parvarish  qilganliklari  uchun  pensiyaga  qo’shimcha  oladilar,  mehnatga 
qobiliyatsiz oila a’zolariga qaraganligi uchun, asossiz siyosiy motivlarga ko’ra qatag’on 
qilinganlar,  shuningdek  Ulug’  Vatan  urushi  qatnashchilari,  mehnat  qahramonlari  va 
boshqalar oladilar.  
Ijtimoiy yordam fondidan ona va bolaga har xil yordam turlari belgilangan. Ularga 
homiladorlik va tug’ishga beriladigan pul nafaqalari kirib, bular ishlovchi ayollarning ish 
stajlariga  bog’liq  bo’lmagan  holda  oylik  ish  haqi  miqdorida  to’lanadi,  har  bir  bola 
tug’ilganda  bir  yo’la  beriladigan  nafaqalar,  bola  1,5  yashar  bo’lguncha  uni  parvarish 
qilish uchun ta’til vaqtida beriladigan oylik nafaqalar, umumta’lim maktabida o’qiydigan 
har  bir  bola  uchun  o’qishni  bitirgunga  qadar  beriladigan  oylik  nafaqalar  va  boshqa 
to’lovlar  kiradi.  To’lovlarni  hisobga  olishdan  tashqari,  statistika  onalik  va  bolalikni 
himoya qilish bilan bog’liq bo’lgan turli xil ob’ektlar soni va ularni saqlash xarajatlarini 
ham hisobga oladi. Bularga - bolalar kasalxonalari (o’rinlar soni), bolalar poliklinikalari 
va  bir  smenadagi  tashriflar  soni,  tug’ruqxonalar  va  ulardagi  o’rinlar  soni,  ayollar 
konsultatsiyasi va bir smenadagi tashriflar soni, bolalar uyi va go’daklar uylari, (ulardagi 
joylar  soni  bilan),  etim-bolalar  uchun  maktab-internatlar,  ulardagi  o’quvchilar  joyi  soni 
va boshqalar kiradi. 
Amaldagi      qonunchilikda      kasalligi      va      ishlab      chiqarishda  jarohatlanganligi 
tufayli vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi bo’yicha nafaqalar berish ko’rsatilgan. 
Aholining  kasalligi  statistikasi  kasallanish  to’g’risidagi  aniq  ma’lumotlarga 
asoslanadi.  Bu  ma’lumotlarni  u  mehnatga  qobiliyatsizlik  varaqalaridan  (kasallik 
varaqalaridan)  oladi.  Bu  varaqalarda  kasallik  turi,  jinsi,  yoshi,  kasbi,  mehnatga 
qobiliyatsizlik  kunlari  soni,  to’lov  summasi  ko’rsatilgan  bo’ladi.  Kasallik  varaqalari 
asosida,  ularda  ko’rsatilgan  belgilar  bo’yicha  kasallikni  turlari  bo’yicha  soni,  ularni 
jinslar,  yoshlari,  kasblar  bo’yicha  taqsimlanishi,  tarmoq  va  xududiy  belgilari  bo’yicha 
yakuniy  ko’rsatkichlar  aniqlanadi.  Kasallikni  erkaklar,  ayollar,  turli  xil  kasbdagi 
ishlovchilarning  regionlar  bo’yicha  turlari    va  guruhlarini    qiyosiy  xarakterlash  uchun 
kasallikning har 1000, 10000, 100000 kishi soniga to’g’ri keladigan nisbiy ko’rsatkichlari 
hisoblab chiqiladi. 
Aholi  sog’lig’i  holatini  tahlil  qilish  uchun  nisbiy  (har  100  yoki  1000  ishlovchi 
hisobiga) va o’rtacha ko’rsatkichlar hisoblab chiqiladi. Ularga quyidagilar kiradi. 
Vaqtincha  mehnat  qobiliyatini  yo’qotish  xodisalarining  tebranishi  -  bu  vaqtincha 
mehnat  qobiliyatini  yo’qotish  holatlari  sonini  ishlovchilarning  o’rtacha  soniga  nisbatini 
100 ga yoki 1000 ko’paytmasi bilan aniqlanadi. Bu ish bilan band bo’lganlarning har 100 


 
203 
yoki 1000 tasiga to’g’ri keladigan mehnatga qobiliyatsizlik holatlari sonini ko’rsatadi. 
Kasallikni  og’irlik  koeffitsienti.  Bu  vaqtincha  mehnat  qobiliyatini  yo’qotganlik 
sonini kasallik holatlari soniga nisbati bilan aniqlanadi. 
Bitta ishlovchiga to’g’ri keladigan mehnat qobiliyatini vaqtincha yo’qotganligining 
o’rtacha  kunlar  soni  mehnat  qobiliyatini  yo’qotishganlikning  kalendar  kuni  sonini 
ishlovchilarning o’rtacha soniga nisbati bilan aniqlanadi. 
Vaqtincha  mehnat  qobiliyatini  yo’qotganlikning  o’rtacha  davomiyligi  -kasallik 
kunlari  sonini  vaqtincha  mehnat  qobiliyatini  yo’qotganlik  holatlari  soniga  nisbati  bilan 
aniqlanadi. 
Ijtimoiy  sug’urtalash  statistikasida  ishlab  chiqarishda  olingan  jarohatlanishni 
hisobga olishga va taqlil qilishga katta ahamiyat beriladi, bular to’g’risidagi ma’lumotlar 
ham  mehnatga  qobiliyatsizlik  varaqalaridan  olinadi.  Jaroqatlanishning  har  bir  turi 
bo’yicha  jarohatlanuvchilarning  soni  odam-kunda  ko’rsatilgan  holda  mehnatga 
qobiliyatsizlikning 1, 2, 3, 4 va boshqa ish kunlarini ko’rsatgan holda hisobga olinadi. 
Ishlab  chiqarishdagi  jarohatlanish  ishlab  chiqarishga  va  bir  butun  iqtisodiyotga 
katta zarar etkazadi. 
Jarohatlanish darajasini xarakterlash uchun quyidagi ko’rsatkichlar hisoblanadi: 
—  mehnatga  qobiliyatsizlik  kunlari  soni  bo’lib,    u  mehnatga  qobiliyatsizlikning  odam-
kun  sonini  (o’lganlarni  ham  qo’shib),  ishlovchilarning  o’rtacha  soniga  nisbati  bilan 
aniqlanadi (1000 ta ishlovchi hisobiga);  
—  bitta  jaroxatlanuvchiga  (o’lganlarni  ham  qo’shib)  to’g’ri  keladigan  mehnatga 
qobiliyatsizlikning  odam-kunini  mehnat  qobiliyatini  yo’qotganlar  va  o’lim  bilan 
tugagan holatlar soniga nisbati bilan; 
— baxtsiz xodisalarning umumiy sonida o’lim bilan tugagan baxtsiz xodisalarning foizi - 
baxtsiz  xodisa  tufayli  o’lganlar  sonini  baxtsiz  xodisalar  umumiy  soniga  nisbatining 
foizdagi ifodasi; 
—  jaroxatlanishni  tebranishi  jaroxatlanish  natijasida  mehnatga  qobiliyatsizlik  odam-
kunini baxtsiz xodisalar (jarohatlanishlar) soniga nisbati bilan aniqlanadi. 
 

Download 6,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish