I.Tashkiliy qism. 1. Salomlashish.
2. Davomatni aniqlash.
3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: O’quvchilarning ishlarini ko’rib chiqish ,izohlah va baholash.
III. Yangi mavzu bayoni.
O’qituvchi rejasiga asosan nazorat turi test yoki amaliy bo’lishi mumkin.
O'quvchilar bilan mavzu yuzasidan darslikda berilgan va o'qituvchi tomonidan namoyish etiladigan fotolar, rasm va savollar asosida suhbat uyushtiriladi. Kompozitsiya uchun rangli va yaltiroq qog'ozlar, barglar, daraxt shoxlari, paxta kabilar tasviridan foydalanish mumkinligi aytiladi.
I. Nazariy bilimlaringizni mustahkamlang.
1. Qushlar o‘zaro bir-biridan qanday farq qiladi?
2. Naqshning qanday turlari bor?
3. Yurtimizdagi qaysi me’moriy yodgorliklarni bilasiz?
4. Mashhur yog‘och o‘ymakori, ganchkor va naqqosh ustalarni aytib bering.
II. Zehningizni sinab ko‘ring.
1. Issiq ranglarni toping.
A) yashil, ko‘k, qora
C) ko‘k, qizil, yashil
B) oq, qora, kulrang
D) zarg‘aldoq, qizil, sariq
2. Naqqoshlikka oid atamalarni toping.
A) haykal, bezak, byust
B) girih, kompozitsiya, islimiy
C) kitob, mo‘yqalam, qalam
D) bo‘yoq, qog‘oz, palitra
3. Samarqanddagi obidaning nomini toping.
4. Buxorodagi tarixiy inshoot nomini toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |