T/R
|
Bo’limlar
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O`tgan mavzuni mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
15 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
|
10 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Jami
|
45 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism. 1. Salomlashish.
2. Davomatni aniqlash.
3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: O’quvchilarning ishlarini ko’rib chiqish ,izohlah va baholash.
I
Shahar ko‘chalarida harakatlanuvchi robot
II. Yangi mavzu bayoni.
Odamga o‘xshash va kattaligi ham odamdek bo‘lgan haqiqiy robot 1737-yilda fransuz ixtirochisi Jak de Vokanson tomonidan yaratilgan bo‘lib, bu robot fleytada 12 xil musiqani chala olgan. 1928-yilda amerikalik muhandis Roy uensli bugungi robotlarga o‘xshash robot yasagan. Yaponiyalik biolog Makoto Nasimuro tomonidan yaratilgan robot ham insonlarga o‘xshash robotlarning dastlabki namunalari hisoblanadi.
Robot atamasi birinchi bo‘lib chex yozuv chisi Karel Chapek va uning akasi, rassom yozef Chapeklar tomonidan 1920-yilda qo‘llanilgan.
Turli shakldagi robotlar namunalari.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan siz robotlarning turlari, bajaradigan ishlari haqida tushunchaga ega bo‘ldingiz. Siz harakatdagi robotni chizish jarayonida e’tibor qarating: ular sizga kitob o‘qib beradi, musiqa asbobida kuy ijro etadi, raqsga tushishi, uyni yig‘ishtirishi, oshxonadagi ishlarga ko‘maklashishi, ko‘chada transport harakatini tartibga solishda ishtirok etishi mumkin.
Siz o‘z robotingizni chizishga kirishishdan avval uni qanday vazifa bajarishini tasavvur qilib, bir necha qoralamalar ishlab oling. Ularni umumlashtirgan holda ma’qul kelgan variantda kompozitsiya ishlang. Muhimi, ularning harakatida qandaydir mantiq bo‘lishiga e’tibor qiling. Ijodiy ishga kirishishdan oldin yuqorida rasmlari keltirilgan robotlarning umumiy ko‘rinishi, qismlarining shakllari, harakatini diqqat bilan kuzating.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quydia berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:
1. Odamga o‘xshash robot birinchi bo‘lib kim tomonidan ixtiro qilingan?
2. Robotlarning qanday turlarini bilasiz?
3. Robotlar qanday ishlarni bajaradi?
V. O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantiraman. Bajarilgan amaliy ishlar baholanadi va ko’rsatmalar beriladi.
VI.Uyga vazifa: O`quvchilarga uy vazifasini bajarilishi yuzasidan ko`rsatma berib darsni yakunlayman.
Darsda ulgirmagan o’quvchilar uyda yakunlab keladilar
Do'stlaringiz bilan baham: |