Ilm manfaati, jaholat zarari haqida



Download 133,53 Kb.
bet1/4
Sana29.05.2022
Hajmi133,53 Kb.
#615374
  1   2   3   4
Bog'liq
ADIB AHMAD YUGNAKIY



ADIB AHMAD YUGNAKIY
«HIBATU-L-HAQOYIQ«DAN HIKMATLAR

ILM MANFAATI, JAHOLAT ZARARI HAQIDA
Biliktin ayurman, so’zumga ula,
Biliklikka ya do’st o’zungni ula
(Bilim haqida so’zlayman, so’zimga quloq sol, ey do’st ilmli kishiga o’zingni yaqin tut).
Bilik birla bilnur sa’adat yo’li,
Bilik bil sa’adat yo’lini bula.
(Bilim bilan saodat yo’li ochiladi, (shunga ko’ra) ilmli bo’l, baxt yo’lini izla).
Bahaliq dinar ul biliklik kishi,
Bu jahil biliksiz bahasiz bishi.
(Bilimlik kishi baholik dinordir, ilmsiz johil kishi qimmatsiz yemish (meva)dir).
Biliklik biliksiz qachan teng bo’lur,
Biliklik tishi er jahil er tishi.
(Ilmlik kishi bilan ilmsiz odam qachon teng bo’ladi, bilimlik xotin kishi — er kishidir, bilimsiz erkak — xotin kishidir).
So’nakka yilik tek eranga bilik,
Eran ko’rki aql ul so’nakning yilik.
(So’ngakda1 ilik bo’lishi lozim ekanligi kabi er kishiga bilim kerakdir, er kishining ko’rki aqldir, so’ngakning ko’rki esa ilikdir).
Biliksiz yiliksiz so’ngak tek xali,
Yiliksiz so’ngakka sunulmas elik.
(Ilmsiz iliksiz so’ngak kabi bo’shdir, iliksiz so’ngakka esa qo’l urilmaydi).
Bilik bilti bo’lti eran belguluk,
Biliksiz tirikla yituk ko’rguluk.
(Ilmli kishilarning (nomi) mashhur bo’ldi, bilimsiz (kishilar) esa tiriklayin o’ldi hisob va bu unga ko’rgulikdir).
Biliklik er o’lti ati o’lmatu,
Biliksiz esan erkan ati o’luk.
(Bilimli kishi o’lsa ham, uning nomi o’chmaydi, ilmsiz kishining o’zi hayot bo’lsa ham, oti o’likdir).
Biliklik biringa biliksiz mingil,
Tengakli tengadi bilikning tengin.
(Bilimlikning biri bilimsizning mingiga teng, ilmli kishilar ilm-ma’rifatning qadriga yetadi).
Baqa ko’rgil emti uqa sinayu,
Ne neng bar biliktin asig’liq o’ngin.
(Endi o’zing sinab, uqib, boqib ko’r, bilimdan foydaliroq qanday narsa bor).
Bilik birla alim yuqar yuqladi,
Bilikni biliksiz uzun ne qilur.
(Bilim bilan olim yuqoriga ko’tariladi, ilmsizlik esa kishini tubanlashtiradi).
Bilik bil usanma bil o’l haq rasul,
Bilik kimda ersa siz arqang dedi.
(Bilimli bo’l, hech qachon erinma, Haq Rasul(i) kim ilmli bo’lsa, uni siz maqtang (qidiring) deb aytdi).

Download 133,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish