Ilm-fanning ta’rifi. Ilm-fan tadqiqot faoliyati sohasi sifatida


Ilmiy bilimning o‘sish qonuniyatlari. Fanning «o'sish nuqtalari»



Download 173,12 Kb.
bet12/27
Sana09.07.2022
Hajmi173,12 Kb.
#762880
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27
Bog'liq
ITM MUSTAQIL TA`LIM REFERAT

Ilmiy bilimning o‘sish qonuniyatlari. Fanning «o'sish nuqtalari». 0 ‘z rivojlanish jarayonida fan o ‘zi to ‘plagan bilimlar hajmini
о ‘stirish bilan bir vaqtda uning mazmunida ham sifat o ‘zgarishlari
yasaydi, uni olish va asoslash usullarini takomillashtiradi, uni
tashkillashtirish tizimini qayta quradi.
Ilmiy bilim daraxtida yangi va
yangi novdalar kurtak otadi. Yangi fanlar qanday paydo bo‘ladi?
Awalambor, shuni esga olish lozimki, hozirgi fanlarning aksariyati
falsafadan ajralib chiqqan (masalan, fizika, kimyo, tibbiyot, psixologiya,
mantiq va h.k.) Yangi fanlarning shakllanishi biron-bir murakkab obyekt
haqidagi yagona umumiy fan qismlarga ajralishi va ular ayni shu
obyektning turli tomonlari yoki elementlari haqidagi ozmi-ko‘pmi
285
mustaqil alohida fanlarga aylanishi bilan bog'liq boiishi mumkin.
Masalan, biologiyada jonli organizmlami turli tomonlardan o‘rganish
bilan anatomiya (organizm tuzilishi), fiziologiya (uning faoliyat
ko‘rsatishi), embriologiya (homila holati), sitologiya (hujayralar
tuzilishi) shug‘ullanadi. Yangi fanlar biron-bir turdagi obyektlarga doir
bilimlaming yigilishi va yaxlit bir butunga birlashtirilishi natijasida
paydo boiishi mumkin. Bu holda «kollektor dasturi» («faqat и haqda»
tamoyiliga muvofiq) yangi fanni shakllantirish mexanizmiga aylanadi.
Masalan, bunday dastur mamlakatshunoslikka xos («faqat Gretsiya
haqida»). Ornitologiya (faqat qushlar haqidagi fan), ixtiologiya
(baliqlar haqidagi fan), entomologiya (hasharotlar haqidagi fan) kabi
biologik fanlar ham ayni shu prinsipga muvofiq tashkil etilgan. Ilgari
odamlarga
та 'lum bo ‘Imagan (yoki та ’lum bo ‘Isa ham ilmiy
o'rganilmagan) yangi obyektlami bilish natijalari ham yangi fanga
aylanishi mumkin.
Masalan, XVIII asrda moziydan oldin yashagan
hayvonlaming qoldiqlarini
о ‘rganish natijasida paleontologiyaga asos
solingan.
XX asrda ilgari odamlarga maium boimagan mikrodunyo
fizik tadqiqotlaming yangi sohasiga aylanadi va bu atom fizikasi, kvant
mexanikasi, yad.ro kimyosi va boshqa fanlar yaratilishiga olib keladi.
Kompyuterlaming yaratilishi natijasida yangi turdagi mazkur texnikani
ishlab chiqish va undan foydalanish bilan bogiiq bir qancha ilmiy fanlar
paydo boiadi.

9-MAVZU:


Ijodning maxsus shakli bo’lgan ilmiy tadqiqot jarayoni o’ziga xos metodologik xarakterga ega. U sub’ektning borliq hodisalarini qay darajada bilishida namoyon bo’ladi. Shu nuqtai nazardan, ilmiy tadqiqot fanda evristik xarakterga ega. Zero, ilmiy-tadqiqot jarayonida sub’ekt ob’ektga faol, izchil ta’siri ko’rsatadi. Bu ta’sir jarayonida inson o’zini qurshab turgan muhitni o’zgartiradi, shu paytgacha ko’rilmagan, anglanilmagan, o’rganilmagan, g’aroyib va jozibali yangilikni yaratadi yoki kashf etadi. Shu ma’noda faoliyat kishilik jamiyati mavjudligining zaruriy sharti sifatida dunyoni o’zining maqsadiga ko’ra o’zgartirishga qaratilgan inson xatti-harakati namoyon etadi. Ilmiy-tadqiqot – bu insonning o’zi va atrofidagi o’zgarishlarni anglab yetishga doimiy ravishda tayyor turish, yangicha tafakkur qilish asosida o’z qobig’idan chiqa olishidir. Yangi narsalarni ixtiro etishga bo’lgan intilish olimning nazariy huzur-halovatini namoyon etadi.
Bugungi kunda ko’plab olimlar ilm-fanning nazariy va amaliy masalalarini ilmiy asosda tadqiq etmoqdalar. Bizning nazarimizda nazariy g’oyalarni amaliyot bilan uyg’unlashtirish, kashfiyotlar yaratish va ixtirolar qilishda buyuk olimlar tajribasidan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Chunki ilmiy- tadqiqot jarayonida shaxs yoki jamoa jamiyat taraqqiyotini ilgarilashiga ta’sir qiluvchi yangilik yaratiladi.
Ijod va uning barcha turlari (badiiy, texnikaviy, ilmiy va boshqalar) haqidagi ilmiy bilimlarning rivoji uning mohiyatiga nisbatan turlicha falsafiy talqinlarning shakllanishiga olib kelgan. Bu esa ijodiy faoliyat doirasida erishilgan ilmiy izlanishlar natijalariga tayangan holda uning mazmuniga aniqlik kiritish, ilmiy asoslangan ta’rifni ishlab chiqishni taqozo qilmoqda.
Ilmiy-tadqiqot faoliyati insonga o’z-o’zini anglash, o’z-o’zini baholashga amaliy yordam beradi, ya’ni agar inson haqiqiy olim bo’lishni istasa, o’zining ehtiros va intilishlarini boshqarishi, oqilona, samarali va optimal qarorlar qabul qilishi, ezgulikka xizmat qiladigan evristik faoliyat bilan mashg’ul bo’lishi lozim. Bunday faoliyatning natijasi kashf qilish, yaratuvchanlik sifatida namoyon bo’ladi. Ushbu holat, ilmiy-ijodiy faoliyatni tahlil qilish, tushunish va unga baho berishda yangidan-yangi imkoniyatlarni ochadi. Shu nuqtai nazardan ham ilmiy-tadqiqot jarayoniga oid yondashuvlarni yanada chuqurroq tadqiq etish, uning o’ziga xos xususiyatlarini izlab topishga yordam beradi.

Download 173,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish