Foydalanilgan adabiyotlar
1. Karimov I.A. Amir Temur haqida so‘z.- T. “O‘zbekiston”. 1996, 25-bet.
2. Amir Temur o’gitlari. T. “O’zbekiston”, 2007.
3. Sodiqov H. Amir Temur saltanatida xavfsizlik xizmati (tarixiy badiyalar), T.,
“ART FLEX”, 2010
4. Lyusen Keren. Amir Temur saltanatisalti. T., “Ma’naviyat”, 1999.
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
27 July 2020
www.openscience.uz
91
TABIAT VA INSON
Xidirova Dilorom Islomovna
Navoiy shahar, 7-maktab
Tabiat - bizni o'rab turgan butun borliq (olam), kishilarning moddiy va ma'naviy
ehtiyojlarini qondirish manbaidir. Inson - murakkab ijtimoiy va mehnat faoliyatini
yurgazuvchi tirik organizm - individdir. U jamiyatning moddiy va ma'naviy-madaniy
rivojlanishining asosi hisoblanadi. Inson va tabiat bir biriga o'zaro ta'sir ko'rsatadi.
Inson uchun tabiat qanchalik muhum ekanligini har bir o'quvchi yoshga tushuntirish
kerak. Buning uchun o'qituvchilar ularga nafaqat tabiatshunoslil darslarida bolarga
buni tushuntirishi lozim. Bunda 3-sinf darsligida "Tabiatni muhofaza qilish" deb
nomlangan bo'lim bor unda "Inson va tabiat", "Tabiat muhofazasi" va "Ekologik
xavfsizlik" kabi mavzular bor. O'quvchilarga tabiatga zarar keltirish o'ziga zarar
yetkazish bilan barobar ekanini tushuntirish kerak. O'quvchilarga mavzuni
tushuntirish uchun musmmoli ta'lim metodlaridan foydalanish kerak. Bunda
o'quvchilarni mantiqiy fikrlashga o'rgatiladi. Bunda o'quvchilarga klaster, bumerang,
qora quti metodlarini qo'llash orqali mavzuni yanada chuqurroq o'rganadi.
Tabiat boyliklari va ularning inson uchun ahamiyati. Inson o'zining kundalik
ehtiyojlarini qondirish maqsadida tabiat boyliklaridan foydalanishga majbur. Tabiat
boyliklarini beshta asosiy guruhga ajratish mumkin: mineral, iqlimiy, suv, yer va
biologik boyliklar. Aholining yashashi uchun rudali va noruda mineral boyliklar
zarur. Ularsiz jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini tasavvur etish qiyin. Rudali
foydali qazilmalarga temir, mis, olmos, oltin, uran va boshqalar, noruda mineral
boyliklarga oltingugurt, neft, gaz, fosforit va boshqalar kiradi. Tabiatshunoslik
darslaridan boshqa darslarda masalan o'qish, odobnoma va boshqa darskarda ham
tabiatni asrash, tabiat ne'matlaridan unumli foydalanish haqida qiziqarli mavzular
bo'lib ularni o'tishda turli metodlardan foydalanish samara beradi. Insoniyatning
qishloq xo'jalik mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish uchun iqlimiy boyliklarning
ahamiyati beqiyos. Shuning uchun odamlar qadimdan tabiiy-iqlimiy sharoiti qulay
bo'lgan hududlarga joylashganlar. Xo'jalikda eng ko‘p foydalaniladigan tabiat boyligi
suv hisoblanadi . «Suv bor joyda hayot bor», «suv tugagan joyda hayot tugaydi»
degan xalq maqollari suvning bebaho mineral boylik ekanligidan dalolat beradi.
Dehqonchilikni rivojlantirishda hosildor yer - tuproqlarning ahamiyati juda katta.
Aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondinshda tuproqning
hosildorligini oshirish muhim tadbirlardan hisoblanadi. Muayyan hududning
hayvonot olami va o'simlik qoplami biologik boyliklarni tashkil etadi. Bu
boyliklarning eng muhim xususiyatlari ularni qayta tiklash mumkinligidir. Ularni bir-
biridan juda uzoq masofada joylashgan materiklarga ko'chirish va ko'paytirish ham
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
27 July 2020
www.openscience.uz
92
mumkin. Masalan, Amerika qit'asidan Yevrosiyo va Afrikaga makkajo'xori,
kartoshka, pomidor, shirin va achchiq garmdori, kakao, loviya, qovoq, ananas
keltirilgan. Aksincha, Amerika qit'asiga ot, sigir, qo'y, tovuq, asalari, kofe, bug'doy,
sholi, arpa, karam, sholg'om, nok kabilar olib ketilgan . Tabiiy komplekslar inson
ta'siri darajasiga ko‘ra uch guruhga ajratiladi:
1. Tabiiy landshaltlar. 2. Tabiiy-antropogen landshaftlar. 3. Antropogen
landshaftlar. Tabiiy landshaftlar deganda insonlar tomonidan foydalanilmaydigan
hududlar landshaftini tushunamiz. Ularga Antarktida, Shimoliy Muz okeanidagi
doimiy muzliklar, orollar, tog'lar, cho'llar, qalin o'rmonzorlar tipik misol bo‘ladi.
Tabiiy-antropogen landshaftlarni oraliq landshaftlar deb ham atashadi. Bunday
landshaltlar tabiiy va antropogen landshaftlarning oralig'ida tarkib topadi.
Yaylovlar,lalmikor yerlar tabiiy-antropogen landshaftlardir. Antropogen landshaftlar
- kishilarning xo'jalik faoliyati ta'sirida o'zgargan tabiiy landshaftlar bo‘lib, ular Yer
yuzasida keng tarqalgan. Aholi punktlari - qishloq va shaharlar antropogen
landshaftlarning tipik namunasi hisoblanadi. Shaharlar landshafti dastlab 5-4 ming yil
muqaddam “qal'a-shahar”, «shahar-davlat« sifatida shakllana boshlagan. Odamlar
tabiat boyliklaridan o‘z ehtiyojini qondirish maqsadida foydalanadi. Inson aql-
zakovatining rivojlanishi, mehnat qurollari va texnikaning taraqqiyoti natijasida
tabiatga ta'siri ortib bormoqda.
Insonning tabiatga ta'siri kuchaygani sari Ona zaminimizning havosi va suvlari
ifloslanmoqda, tabiat boyliklari kamaymoqda. Shuning uchun tabiatni asrash odamlar
uchun juda katta hayotiy ahamiyatga ega. Inson tabiatga beparvo, e'tiborsiz bo'lsa,
tabiatdagi o'zaro bog'liqlik buziladi. Bu esa u yoki bu tirik jon zotning halokatiga olib
keladi. Masalan, agar o'rmondagi kesilgan daraxtlar o'rniga ko'chatlar ekib o'rmon
tiklanib borilmasa, inson uchun zarur bo‘lgan havodagi kislorod miqdori kamayib
ketadi. O'rmonlarning qisqarishi hayvonlarning qirilib ketishiga sabab bo‘ladi.
Hozirgi paytda tabiatni muhofaza qilish, uning boyliklaridan oqilona foydalanish
muammolari dunyo miqyosiga ko‘tarilgan. Yuzdan ortiq mamlakatda tabiatni
muhofaza qilish bo‘yicha maxsus tashkilotlar tuzilgan, ko'plab qonunlar qabul
qilingan. O'zbekistonda ham tabiatni muhofaza qilishga hukumatimiz miqyosida
alohida e'tibor berilmoqda. Jumladan, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi
tuzildi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza
qilish masalalari qo'mitasi tashkil etildi. Mamlakatimizda tabiatni muhofaza qilish,
uning boyliklaridan oqilona foydalanish O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi va «Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida»gi qonunga asosan amalga
oshiriladi. Har birimiz ana shu qonunlarga rioya qilishimiz, jonajon tabiatimizni
asrashimiz, u haqida qayg'urishimiz lozim. Mamlakatimizdagi yo'qolib borayotgan
o'simliklar va hayvonlar «O'zbekiston Respublikasi qizil kitobi»ga kiritilib muhofaza
qilinadi «Qizil kitob» o'simlik va hayvonot olamining kamyob, yo'qolib ketish xavfi
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
27 July 2020
www.openscience.uz
93
bo‘lgan turlari haqida ma'lumot beradigan, insonlarni tabiat muhofazasi masalasiga
jalb etadigan kitobdir. «O'zbekiston Respublikasi qizil kitobi»ga o'lkamiz hududidagi
o'simliklarning 324 turi, hayvonot olamining 184 turi kiritilgan. Ularni muhofaza
qilish uchun qo'riqxonalardan tashqari 2 ta milliy bog'lar, 12 ta buyurtma
parvarishxonalar va 1 ta ekomarkaz tashkil etilgan. Bu maskanlarga kelgan kishi
o'lkamiz tabiati bilan yaqindan tanishadi, uning go'zalligidan va toza havosidan
zavqlanadi. Tabiatni asrash va avaylash nechog'lik zarurligini tushunib yetadi.
Tabiatga, Vatanimizga bo'lgan mehri ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |