Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Бондаренко Е.В. Электрические станции и подстанции: методические
указания к лабораторным работам по дисциплине “Электрические станции и
подстанции» для студентов, обучающихся по направлению “Электроэнергетика
и электротехника” // “Электроснабжение”. – Ульяновск: УлГТУ, – 2014. – 31 с.
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
27 July 2020
www.openscience.uz
34
2. Амиров С.Ф., Сафаров А.М., Рустамов Д.Ш. Электромагнитный датчик
тока для систем управления устройствами тягового электроснабжения//
Химическая технология. Контроль и управление. Ташкент, 2014.
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
27 July 2020
www.openscience.uz
35
QISHLOQ XOʼJALIKLAR ELEKTR TAʼMINOTI TIZIMLARIDA
ENERGIYA TEJAMKOR USULLAR, VOSITALAR, MUQOBIL
MANBALARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI
Urishev Omadjon Musurmonqul og’li
orishevomadjon@gmail.com
O’tanov Asadillo Asiljon og’li
asadbekahmedov3366@gmail.com
Farg’ona Politexnika Instituti
Noanʼanaviy energiya manbalari asosidagi energetik qurilmalarni yaratish va
ulardan foydalanish boʼyicha dunyoning koʼplab mamlakatlarida, jumladan АQSh,
Germaniya, Daniya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Xitoy,Rossiya, va boshqalarda ishlar
jadal ravishda olib borilib, elektr energiyani ishlab chiqarilishi bugungi kunning
dolzarb muammolaridan biri sanaladi. Ekologik toza, qimmat boʼlmagan va ishonchli
energiya manbalaridan foydalanish imkoni yoʼqligi inson salohiyati rivojlanishini,
umuman, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiѐtni toʼxtatadi va Ming yillik deklaratsiyasida
ifodalangan rivojlanish maqsadlariga erishishda asosiy toʼsiq boʼlishi shubhasiz.
Oʼzbekistonda ham energiya mustaqilligiga ega boʼlish uchun yangi energiya
zaxiralarini ishlab chiqish bo’yicha salmoqli ishlar qilinmoqda Misol uchun 2017-2021
yillarga moʻljallangan dasturga asosan joriy yilda 34 ming kilometrlik elektr uzatish
tarmogʻi va 7 ming transformator punktida, 2019-yilda 7 ming kilometr elektr uzatish
tarmogʻi va 2 ming transformator modernizatsiya qilinidi.Boshqa hududlarda 2019-
2021 yillarda Osiyo taraqqiyot banki krediti hisobidan avtomatlashtirilgan tizimni joriy
qilish, avtomatik boshqaruv tizimining yagona markazini tashkil etish, 3 yilda 5,6
million dona zamonaviy elektr hisoblagich oʻrnatish vazifasi yuklatildi. Qoʻshni
davlatlar energiya tizimlariga tranzit xizmati koʻrsatish, buning uchun ular bilan
muzokaralarni yoʻlga qoʻyish, yurtimizning tranzit va eksport salohiyatidan unumli
foydalanish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqilishi yuzasidan tegishli ishlar olib
borilmoqda Energiya ishlab chiqaruvchi yangi quvvatlar barpo etish uchun zamonaviy
texnologiyalardan foydalanish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy
qilish “Oʻzbekenergo” aksiyadorlik jamiyatining asosiy vazifasi hisoblanadi
.
Respublikamizda elektr energiya ishlab chiqarish resurslarining asosiy qismini tabiiy
gaz va neft mahsulotlari tashkil qiladi. Shuning uchun uglevodorod resurslarini tejash,
mamlakatning energiya xavfsizligini taʼminlashda qayta tiklanuvchi energiya
manbalarining muhimligini, shuningdek, markazlashgan energiya manbalaridan
(elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiq suv) uzoqda yashaydigan, shuningdek, togʼ va
choʼllarda istiqomat qiluvchi aholini, mavsumiy ishdagilar ѐki ekspeditsiyadagilarni
elektr energiyasi, issiqlik va ichimlik suvga boʼlgan talablarini qondirishda hal qiluvchi
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
27 July 2020
www.openscience.uz
36
ahamiyatga egaligini hisobga olgan holda bu yoʼnalishni rivojlantirishga koʼproq
ahamiyat berilmoqda.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining afzalliklaridan biri shundaki, ulardan
foydalanish elektroenergiya ishlab chiqarishda uglevodorodli energiya manbalaridan
foydalanishni qisqartiradi va neft -kimyo sanoatida xom ashyo sifatida ishlatish uchun
saqlab qolish imkonini beradi.
Oʼzbekiston Respublikasining oʼziga xos iqlim sharoitlarida qayta tiklanuvchi
energiya manbalaridan foydalanishning kelajagi juda porloq. Аyniqsa, bu quyosh
energiyasiga tegishli. Oʼzbekistonning quyosh energiyasi boʼyicha yalpi salohiyati
50973 million tonna neft ekvivalentiga teng deb baholanadi, bu esa respublika
hududidagi hozirgacha aniqlangan barcha qayta tiklanuvchi energiya manbalarining
99,7 foiziga teng.
Respublikada quyoshli vaqt bir yilda shimolda 2000 soatga yetadi, janubiy
hududlarda esa bu koʼrsatkich 3000 soatdan oshadi. Bir kechakunduz davomida
quyosh nur sochishi 7-10 soat, yillik jami nurlanish 4800 MDj/m2 (shimolda)dan 6500
MD/m2 (janubda)gacha oʼzgarib turadi. Oʼzbekistonda elektr taʼminoti borasida
muayyan qiyinchiliklarga duch kelinmoqda. Bu, ayniqsa, aholining 60 foizi istiqomat
qiladigan qishloq joylarida nisbatan sezilarliroq. Elektr stantsiyalar, energiya yetkazib
beruvchi va taqsimlovchi tarmoqlarni modernizatsiya hamda rekonstruktsiya qilish
mamlakatda sanoatni rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan hisoblanadi. Qayta
tiklanadigan energetikani rivojlantirish energiya bilan ishonchli taʼminlab, energiya
yetkazib berishdagi yoʼqotishlarni ancha kamaytirgan holda, olis aholi manbalari
salohiyati katta boʼlishiga qaramay, ulardan foydalanish ulushi hozircha unchalik koʼp
emas. Biz iqtisodiy rivojlanishga eʼtibor berar ekanmiz, tabiiy resurslarimiz zaxirasini
asrash va atrof-muhit yemirilishining oldini olish haqida ham oʼylashimiz darkor.
Yangi energetika texnologiyalarini ishlab chiqish, ѐqilgʼi va energiyadan samarali
foydalanish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Biroq qayta tiklanadigan
energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqarilaѐtgan energiya miqdorini
koʼpaytirishgina energiyani ishlab chiqarishda yuqori samara berishi mumkin.
Hozircha aholi qayta tiklanadigan energiya manbalari toʼgʼrisida yetarlicha
maʼlumotga ega emas, quyosh va shamol energiyasidan foydalanishga doir ilmiy va
amaliy tajriba yetishmaydi. Bunday holat koʼplab rivojlanaѐtgan mamlakatlar uchun
ham xosdir. Ular qayta tiklanadigan energetikaning texnologik jihatdan rivojlanishiga
qarab olgʼa intilishi, xususiy tarmoqni quyosh va shamol energiyasidan foydalanish
jaraѐniga jalb etish imkonini beradigan iqtisodiy muhitni yaratishi va shu tariqa
mamlakat energetika balansida qayta tiklanadigan energiya ulushini oshirishi lozim.
Аnʼanaviy energetika yoqilgʼisi va energiyasining haqiqiy qiymatini aks ettiradigan
narxlarni belgilash, shu yoʼsinda samarali energiya uskunalaridan foydalanish hamda
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
27 July 2020
www.openscience.uz
37
aholi ongiga energiyani tejashga oid gʼoyalarni singdirish ham ana shunday muhim
choralar sirasiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |