Илм-фан ва таълимнинг ривожланиш истиқболлари тўртинчи конференцияси тўплами 27 июль 2020 йил



Download 7,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/58
Sana12.07.2022
Hajmi7,68 Mb.
#778856
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   58
Bog'liq
1-Qism Aniq, Tabiiy, Texnika, Ijtimoiy, Filologiya, Iqtisod (1)

 
Foydalanilgan adabiyot 
1. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/internet 18/07/2020 
2. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/kommunikatsiya 18/07/2020 
3. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Multimedia 18/07/2020 
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
27 July 2020
www.openscience.uz
32


YUQORI KUCHLANISHLI TAQSIMLASH QURILMALARINING 
ISHONCHLILIGINI OSHIRISH 
 
Mo’minov Boburbek Ulug’bek o’g’li 
b.muminovboburbek9618@gmail.com 
Toshkent temir yo’l muhandislari instituti 
 
Annotatsiya: 
Elektrlashgan temir yo’l elektr ta’minotida yuqori kuchlanishli 
taqsimlash 
qurilmalari 
asosiy 
vazilfalardan 
birini 
bajaradi. 
Taqsimlash 
qurilmalarining ishonchli ishlashi eng ustuvor vazifa hisoblanadi. 
Kalit so’zlar: 
kuchlanish, elekta zanjir, rele himoyasi, yuklama toki, shina, 
kabel 
Yuqori kuchlanishli elektr jixozlar o`zlarini ishlash tartibi va vazifalariga ko`ra 
quyidagi xillarga bo`linadi:

kuch elektr zanjirlarini ulash, uzish, ajratish, ayirish va yerlash uchun yuqori 
kuchlanishli operativ kommutasiya jixozlari: ajratkichlar va uzgichlar; ajratkich va 
uzgichlarning operativ ishlashini ta’minlaydigan yuritma mexanizmlar, elektr 
yuritmalar;

operativ ishlarda qatnashmaydigan va qisqa tutashuv toklarini cheklash, o`ta 
tok va ortiqcha kuchlanishlardan himoya qilish jixozlari: reaktorlar, saqlagichlar, 
razryadniklar;

birlamchi yuqori kuchlanishli zanjirlardagi tok, kuchlanish, quvvat va boshqa 
ko`rsatgichlarning kattaligi o`lchanadigan ikkilamchi zanjirlar bilan bog`lash 
jixozlari. Tok va kuchlanishni o`lchash transformatorlari bunday jixozlar jumlasiga 
kiradi. O`lchov asboblari, rele himoyasi va avtomatik asboblar shunday 
transformatorlarga ulanadi va ularning normal tartibda ishlashini ta’minlaydi.
Kuch transformatorlari elektr stansiyalardan iste’molchilarga elektr energiyani 
uzatish va taqsimlashda kerakli kattalikdagi kuchlanish hosil qilish uchun ishlatiladi. 
O`lchash asboblari taqsimlash qurilmasining ayrim zanjirlari ishini nazorat qilish, 
elektr energiya sifatini, ya’ni kuchlanish va chastotasini, tekshirish, ishlab 
chiqarilayotgan hamda iste’mol qilinayotgan energiyani hisoblash uchun ishlatiladi.
Releli himoya, avtomatika va signalizasiya qurilmalari avariya va normal ish 
rejimlarining buzilish sabablarini tezda bartaraf qilishga imkon beradi, normal 
bo`lmagan ish rejimlarining kelib chiqish sabablarini topish va ularni yo`qotishga 
yordam beradi.
Elektr zanjirlarini uzuvchi va ulovchi operativ jixozlarni uchta asosiy guruhga 
bo`lish mumkin:
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
27 July 2020
www.openscience.uz
33



yuklama toki bo`lmaganda yoki yuklama toki juda kam bo`lganda, operativ 
ish bajaruvcha jixozlar, jumladan, ajratgichlar;

normal qiymatdan oshmaydigan operativ ish bajaruvcha jixozlar; jumladan, 
uzgichlar;

har qanday yuklamada, o`tayuklama va qisqa tutashuv vaqtlarida elektr 
zanjirlarini uzish va ulash jixozlari; jumladan, quvvat uzgichlari.
Elektr jixozi nominal kuchlanishi deb, uning zavod tomonidan berilgan pasport 
va shitida ko`rsatilgan fazalararo kuchlanishga aytiladi. Biroq kuchlanish nominal 
kuchlanishdan 15- 20 % ortiq bo`lganda ham jixozlarning izolyasiyasi uzoq vaqt 
ishonchli ishlay oladi. Bu kuchlanish jixozining maksimal ish kuchlanishi deyiladi. 
Jixozning nominal kuchlanishi qurilmaning nominal kuchlanishidan past bo`lmasa, u 
juda ishonchli ishlaydi.
Ma’lumki, kuchli elektr tok zanjirlarini uzish vaqtida ajraluvchi kontaktlar 
orasida, odatda, operativ jixozlar uchun xavfli elektr yoyi hosil bo`ladi. Shu sababli 
ma’lum 
guruhdagi 
operativ 
jixozlarning 
vazifalariga 
qarab, 
ularning 
konstruksiyalarida mavjud operativ jixozning ishonchli va xavfsiz ishlashini 
ta’minlovchi, shuningdek, elektr yoyning tezlik bilan so`nishini hamda tok 
zanjirining tezda uzilishini ta’minlovchi zarur qismlar - yoy uzgichlar bo`lishi 
nazarda tutiladi.
Taqsimlash qurilmalariga quyiladigan asosiy talab – ular normal sharoitlarida 
ham, avariya sharoitlarida ham iste’molchilarni elektr energiya bilan uzluksiz va 
yuqori sifatli ta’minlab turishlari zarurligidadir. Taqsimlash qurilmalarining ishonchli 
ishlashiga qurilmaning elektr ulanish sxemasini taqsimlash qurilmasining turlari va 
konstruksiyalarini, elektr jixoz apparaturasini, tok o`tuvchi qismlar va izolyatorlarni 
to`g`ri tanlash va elektr montaj ishlarini sifatli bajarish yo`li bilan erishiladi. 
Taqsimlash qurilmalarining barcha elementlari davomiy normal holatlarda ishonchli 
ishlashi, hamda og`ir qisqa tutashuv sodir bo`lgan paytlarda termik va dinamik 
chidamlilikka ega bo`lishi kerak. Shuning uchun jixozlar, shinalar, kabellar va 
ularning boshqa elementlarini tanlashda, ularning parametrlarini ishlatish sharoitida 
yuz berishi mumkin bo`lgan uzoq muddatli ish va qisqa muddatli avariya holatlariga 
mos bo`lishi muhim ahamiyatga ega. 

Download 7,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish