Илм-фан ва таълимнинг ривожланиш истиқболлари тўртинчи конференцияси тўплами 27 июль 2020 йил



Download 7,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/58
Sana12.07.2022
Hajmi7,68 Mb.
#778856
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   58
Bog'liq
1-Qism Aniq, Tabiiy, Texnika, Ijtimoiy, Filologiya, Iqtisod (1)

Foydalanilgan adabiyotlar 
1. F.Muhiddinova. Siyosiy va huquqiy ta`limotlar tarixi. T.: T DYUI .2007. 77-
Bet.
2. С.А.Аxmedov, Н.С.Axmedova - O`rta Osiyoda arifmetika taraqqiyoti va 
uning o`qitilish tarixi‖. Toshkent. - Oqituvchi‖, 1991-yil, 29-bet
3. Buyuk siymolar, allomalar (O`rta Osiyolik mashhur mutafakkir va 
donishmandlar) І kitob, Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti.
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
27 July 2020
www.openscience.uz
13


 
NATURAL SCIENCES / ТАБИИЙ ФАНЛАР 
 
 
NANOZARRALARNING TARKIBIY VA FAZOVIY O’ZGARISHLARINI
Zoirov S.X. 
Erkinova Q.B. 
Samarqand davlat universiteti 
 
Hozirgi kunda
 
zamonaviy elektronika sanoatining gurkurab rivojlanishi 
natijasida juda ko‘plab yangi asboblar yaratilmoqda. Bu asboblarning ishlash 
tamoyili va tezligi mavjudlarinikidan tubdan farq qiladi. Shunday zamonaviy 
yo‘nalishlardan biri sifatida nanoelektronika hisoblanadi.Nanoelektronika fani 
zamirini esa nanozarrachalar tashkil qiladi. Alohida olingan nanozarrachaning sirti 
nanoobyektning xossalariga katta hissa qo’shadi. Termodinamik funksiyalarning 
fazalar chegaralari bilan bog’liq va sirtiy energiyalar kiritilishi tufayli bir-biriga 
qo’shilmasligi termodinamik kattaliklarning o’lchamga bog’liq effektlariga olib 
keladi.
Nanozarralar
 
o’lchamlari 100nm dan kichik bo’lib,nanozarrachalar 10
6
yoki 
undan ozroq miqdordagi atomlardan tashkil topgan va ularning hossalari xuddi shu 
atomlardan tashkil topgan hajmiy moddaning xossalaridan farq qiladi.O’lchamlari 
10nm dan kichik nanozarrachalarni nanoklasterlar deyiladi.Nanoklasterda odatda 
1000 tagacha atom bo’ladi. Nanozarrachalar uchun sirtiy taranglikning zarrachalar 
o’lchamlariga bog’liqligini hisobga olish zarur. Sirtiy energiya ta’siri fazaviy 
o’tishlar termodinamik sharoitlarda seziladi. Nanozarrachalarning moddaning yirik 
holatiga xos bo’lmagan fazalar ham vujudga kelishi mumkin. Zarrachalar o’lchamlari 
kichiklashishi bilan sirt energiyasi 
erkin energiya F=F
v
+F
s
(F
v
hajmiy 
energiyahissasi)ga qo’shayotgan hissasi ortib boradi. Sirtiy energiya hajmiyga 
nisbatan yetarlicha katta:
F
v
(2)
+F
s
(2)
≤F
v
(1)
+F
s
(1)
(1) 
(1) shartdan ko’rinadiki, tizimning to’la energiyasini kamaytirish uchun 
deformatsiya hosil qilish foydaliroq ekan. Bunday kichraytirish nanozarrachaning 
kristall tuzilishini yirik donador namunalarnikiga nisbatan o’zgartirish orqali amalga 
oshirilishi mumkin. Sirtiy energiya zich taxlangan tizimlar uchun eng kichik bo’lgani 
uchun, nanokristall zarrachalar uchun tajribalarda ko’proq uchraydigan yopiq 
markazlashgan kubik (YOMK) yoki zich taxlangan geksogonal (ZTG) tuzilishlar 
ko’proq maqul.Ayrim hollarda zarracha sirtiy energiyasining kamayishi faqatgina 
uning tuzilishi o’zgarishlari bilan emas, balki tarkibning deformatsiyalanishi tufayli 
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
27 July 2020
www.openscience.uz
14


ham yuz berishi mumkin. Ikki mingdan kam atomlardan tuzilgan klasterlar haqida 
alohida to’xtalish lozim. 2*10

tagacha atomdan iborat gigant klasterlar ham mavjud. 
Bunday klasterlarning farqlanuvchi xususiyatlaridan biri ular hossalarining 
klasterdagi atomlar soniga nochiziqli bog’langanligidir. Dispers va hajmiy 
monokristall moddalarda bunday bog’lanish mavjud emas, lekin bu hollarda klaster 
xossalari zarrachalar o’lchamlari belgilaydi. Klaster ko’p bo’limli umuman olganda 
o’zgaruvchan sonli o’zaro ta’sirlashuvchi atom,ion va molekulalar guruhidan tashkil 
topgan. Klasterda kamida ikkita atom bo’ladi. Klasterdagi atomlarning eng ko’p soni 
unga qo’shiladigan yana bitta atom uning xossalarini o’zgartirmaydigan sondir. 
Nazariy hisoblashlarning ko’rsatishicha, hajmiy kristallarga xos YOMK tuzilishi 
bilan bir qatorda, klasterlar 5-tartibli simmetriya o’qiga ega bo’lgan kristallik 
simmetriyasini olishi mumkin. Kam atomli klasterlar modelini yasashda ikki asosiy 
holat hisobga olinadi. 1. Klasterlar zich joylashgan tartibli va eng sodda turg’un 
konfiguratsiyali atomlardan tuzilgan bo’lishi kerak; Klasterdagi barcha atom 
konfiguratsiyalari ichidagi tetraedrlar imkon darajada ko’p bo’lishi kerak. 2. 
Klasterlar energetik jihatdan turg’un bo’lishi kerak. Klasterlar elementlari tarkibiy 
tuzilishi sifatida tetraedr, oktaedr, kub, kubooktaedr, pentaganol piramida, ikosaedr 
va boshqalar qabul qilingan. Eng kichik turg’un klaster beshinchi tartibli simmetriya 
o’qi va yetti atomdan iborat bo’lib, pentagonal bipiramida shakliga ega, undan 
keyingi turg’un klaster ham beshinchi tartibli simmetriya o’qi, o’n uch atomdan 
iborat ikosaedr shaklida bo’ladi. Hamma klasterlar har xil usulda birikkan uch 
atomdan iborat bo’lib, unda atomlar bir xil masofalarda, teng tomonli uchburchak 
hosil qilgan holatlarda joylashgan. Klasterning turg’un kofiguratsiyalari o’lchamli 
fazoda sirtiy potensial energiyasi eng kichik bo’lgan n tarkibiy atomlar koordinatalari 
bilan aniqlanadi. 

Download 7,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish