―ILM-FAN VA TA‘LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR‖ MAVZUSIDAGI 4-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI 30 - SENTABR 2020 - YIL ―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 11
www.academiascience.uz
Geometrik nuqtaiy nazardan tahlil qilsak, geometriya darslarida inter faol
usuldan foydalanish o‘quvchilarda tasviriy vositalar orqalimavzularni o‘ganish
osonlashishi mumkin. Kompyuter ekranida biron mavzuning to‘liq bayoni, rangli
tasvirlarning namoyon bo‘lishi, tasvirlarning harakatlanishi o‘quvchi tasavvurini
boyitadi.
Bunda geometrik shakllar o‘quvchilarga istalgan holatda namoyon bo‘ladi va
o‘quvchilarning oz‘lari ham uni o‘zgartirishi mumkin. Shunda o‘quvchi ushbu shakl
bo‘yicha yaqqol tasavvurga ega bo‘ladi. O‘zi ham ushbu jarayonda faol ishtirok etadi.
Misol uchun dars jarayonida kub mavzusini o‘qitishni qaraylik. O‘quvchilarga
kubning figurasini tushuntirishda doskaga chizib ko‘rsatamiz. Lekin o‘quvchilarga
kubning to‘liq hamma tomonlarini ko‘rsatib bera olmaymiz. Agar o‘quvchilarga kub
figurasi
tushuntirishda
axborot
tehnologiyalarning
kompyuter
vositasidan
foydalansak, kubning barcha tomonlarini yaqqol ko‘rsatishimiz mumkin.
O‘quvchilarga kubning barcha tomonlarini ko‘rsatish uchun Microsoft Power Point
va Mikrosoft 3DMax dasturlaridan foydalanib kubning barcha tomonlariga har xil
ranglar beramiz,kubni harakatlantirish dasturini tuzamiz yoki uni har qanday
(kattalashtirish va kichiklashtirish) namoyon bo‘lish usullaridan foydalanamiz.
Mavzuni o‘zlashtirish jarayonida o‘quvchilar kubning harakatlanishi, har qanday
shaklda namoyon bo‘lishini ko‘rishlari orqali kub haqidagi tasavvurlari oshadi, uning
barcha hususiyatlarini o‘rganish osonlashadi. Shu mavzuni yuqoridagi dasturlardan
foydalanib, ovozli yozish orqali taqdimot qilinsa, o‘tilgan dars usuli masofadan turib
o‘qitishga misol bo‘la oladi. Geometruya darslarini axborot tehnologiyalardan
foydalanib, interfaol usulda dars o‘tish o‘quvhilarda quyidagi bilim va ko‘nikmalarni
shakllantiradi:
- o‘quvchilarning geometrik figuralar elementlari to‘g‘risidagi tasavvurlari
shakllanadi, harakatli tasvirlarning namoyon bo‘lishi o‘quvchilar xotirasida
mustaxkam saqlanadi, o‘quvchilarda geometriya faniga bo‘lgan qiziqishlari ortadi,
o‘quvchilarda geometriya va informatika fanlarining tushunchalari bir-biriga bog‘liq
ravishda shakllanib boradi.
Ta‘lim jarayonida noan‘anaviy usullardan fodalanishdan maqsad: zamonaviy
ishlab chiqarish sharoitida o‘quvchilarni amaliy faoliyati uchun zarur bilim, konikma
va malaka bilan qurollantirish, ijodkorlik qobiliyati o‘stirish, tasavvur qilish kuchini
yuksaltirish, ilm-fan taraqqiyotiga yangilik olib keladigan izlanuvchan yoshlarni
tarbiyalashdir.Shu maqsad yo‘lida men o‘zimni quyidagi pedagogik g‘oya bilan
qurollantirganman: Oltinko'l tumani 3-maktab matematika fani o‘qituvchisi
Qosimova Guljahonning ―Matematika‖ fanini o‘qitish bo‘yicha ―Innovatsion