―ILM-FAN VA TA‘LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR‖ MAVZUSIDAGI
4-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
30 - SENTABR 2020 - YIL
―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal
57
www.academiascience.uz
fanlarga bog‘lab o‘tish mumkin. Albatta buni optimallashtirish o‘qituvchidan yuqori
salohiyatni talab qiladi chunki har qanday mavzu integratsiyalashda tanlangan
fanlarga mos kelishi va o‘quvchilarda bilish tushunchalarini shakllanishida
qiyinchilik tug‘dirmasligi lozim. Biologiya o‘qitishda 6- sinflarda ―Gullarning xilma-
xilligi‖, ―Mevalar‖ kabi mavzularni ingliz tili va rus tili kabi fanlarga bog‘lab o‘tish
mumkin, bunda o‘quvchilar mavzu haqidagi ma‘lumotlarni ingliz va rus tillarida ham
aytib,qanday nomlanishi va ahamiyatli tomonlari haqida so‘zlab berishadi.10-
sinflarda―Evolutsion g‘oyalarning paydo bo‘lishi‖ mavzusini tarix, adabiyot,
geografiya kabi fanlarga bog‘lash mumkin, bunda o‘quvchilar kichik guruhlarga
ajratiladi va ularga mavzudan kelib chiqib va boshqa fanlardan olgan bilimlariga
tayangan holda rivoyat, hikoya, she‘r va dostonlar to‘qishlari buyuriladi. Xullas
ta`limni integratsiyalashtirish o`quvchilarda jo`shqinlik, fanlarni o`rganishga qiziqish
hissini kuchaytiradi, o`quv fanlari bo`yicha bilim darajasini oshiradi, ularning aqliy
faoliyatini rivojlantiradi,o`quv materiallarining o`zaro, tabiiy ravishda uzviylikda
bo`lishni ta`minlaydi. Darsda o`quvchilarda ongli qiziqish faoliyati, mustaqil fikrlash
qobilyati rivoj topadi, ularda o`quv faniga nisbatan shaxsiy munosabatda bo`lish,
ijodkorlik hissi shakllanadi. Hozirgi kunda innovatsion texnologiyalar hisoblanmish
pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish,
e‘tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda, bunday bo‘lishining sabablaridan biri, shu
vaqtgacha an‘anaviy ta‘limda o‘quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga
o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari
qidirib topishlari, mustaqil o‘rganib tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‘zlari
chiqarishlariga o‘rgatadi. Albatta bunda o‘qituvchi har bir dars mavzusi uchun
oldindan mos keladigan turli interfaol metodlar va usullarni izlab topishi hamda
o‘quvchilarning bilish tushunchalarini yanada shakllanishi uchun qulaylik
tug‘diruvchi elektron axborot vositalari va internet ma‘lumotlaridan, mavzuga oid
slaydlardan, animatsion video roliklardan, rasmli ko‘rgazmalardan, o‘quv film va
multimediyalardan foydalanishi, ta‘lim sifatini samaradorligini oshirishning eng
muhim omili hisoblanadi. Interfaollik bu o‘quvchining o‘quvchi bilan hamkorlikda
yoki kompyuter bilan muloqoti o‘zaro ta‘sir ko‘rsatish rejimida ishlashi tushuniladi.
Interfaol o‘qitishning asosiy mohiyati shundaki, o‘qitish mobaynida barcha
o‘quvchilar bilish jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi, ular muhokama
etilayotgan muammolarni,voqea va hodisalarning rivojini tushunadi, muammoli
vaziyatlarni anglaydi, uni hal etish yo‘llarini izlab topadi, qolaversa o‘z kuchi, bilimi
va iqtidorini namoyon etishga keng imkoniyatlar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |