―ILM-FAN VA TA‘LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR‖ MAVZUSIDAGI
4-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
30 - SENTABR 2020 - YIL
―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal
302
www.academiascience.uz
- o`quv- uslubiy rejalar, dastur va qo`llanmalarning yetishmasligi, maktab
talablariga bo`ysunmaslik, soda masalalarni yechishda aqlni ishlatishni xohlamaslik,
dars vaqtida o`qishga halaqit beradigan o`yinlarni o`ynab o`tirish, uyga berilgan
vazifalarga yomon tayyorgarlik ko`rish yoki umuman bajarmaslik.
Shuni ta`kidlash kerakki, tarbiyaviy ishlar va maktablardagi tashkiliy tartibning
yaxshi yo`lga qo`yilmagani ham o`quvchilar tomonidan o`zlashtira olmaslik,
jumladan, bolalar bilimida bo`shliqning paydo bo`lishiga sabab bo`ladi.
Boshlang`ich sinflar ta`lim- tarbiya jarayonida o`zlashtirishning samaradorligini
oshirish uchun hozirgi kunda o`quvchilarga ko`proq o`yin mashg`ulotlari, mavzuli
mozaikalar, rasmli testlar va mantiqiy xotirada saqlashni rivojlantirishga yordam
beruvchi usullarni qo`llash lozim.
Matematika fani bo`yicha eshituv xotirasini rivojlantirish maqsadida ixtiyoriy
sonlar aytiladi. Masalan: 2,3,5,7,9. O`quvchilar esda qolgan sonni daftariga yozib
oladi. O`qituvchi esa nazorat qilib boradi. Shu kabi turli qiziqarli mashq- o`yinlar
orqali o`quvchilarning esda saqlab qolish qobiliyatini shakllantirish mumkin. Bundan
tashqari o`quvchilarning tovushlarni eshitib, ongli ravishda yozish malakasini
rivojlantiruvchi o`yinlardan foydalanish mumkin. Masalan, uy, kitob, ko`cha,
maktab, non, stul. O`quvchilar yodda qolgan so`zlarni dartariga yozadi.
Shuningdek, o`quvchilarning mantiqiy fikrlash va esda saqlash qobiliyatini
rivojlantirish bo`yicha ham mashg`ulotlar olib borish tavsiya etiladi. O`qituvchi
o`quvchilarga baliq, qush, kema, samolyot so`zlarini aytadi, ularning qanday
harakatlanishi haqida so`raydi.
Baliq suvda suzadi, Kema suvda suzadi.
Qush havoda uchadi, Samolyot havoda uchadi.
Muammoli vaziyat hosil qilish uchun ―Baliq va kemaning suzishidagi farq
nimada ekanini ayting?‖, ―Qush va samolyotning uchishida qanday farq bor?‖ kabi
savollar beradi. O`quvchilar baliq suvda yashovchi jonivor ekanini, kema esa
transport vositasi ekanini, motor yordamida harakatlanishini, qush qanotlari orqali
havoda tabiiy ucha olishini, samolyot esa motor yordamida harakatlanib uchishini
aytadilar.
Ko`p hollarda o`quvchilar bilimidagi bo`shliq deganda, faqat sust
o`zlashtiruvchi bolalar tushuniladi. Aslida esa bu hol yaxshi o`qiydigan, darslarda
faol bo`lgan bolada ham kuzatilishi mumkin. O`qituvchi shu narsani tez ilg`ay olishi
kerak. Chunki bolaning ruhiy holatidagi o`zgarishlar, kasallik, dars qoldirish,
charchoq, e`tiborsizlik kabilar uning ongida bo`shliq paydo qilishi mumkin. Bunday
paytda o`qiyuvchi bolaning ruhiy holatini o`rganib, turli didaktik o`yinlar, qiziqarli
kartochkalar, rasmli topishmoqlar, mozaikalar orqali bo`shliqni to`ldirishi kerak.
O`qitish sifati va samarasini oshirishning eng qulay usullaridan biri multimedia
vositalaridir. Multimedia kompyuterli texnalogiyada ko`rgazmali vositadan tashqari
ta`lim beradigan manba hamdir. Chunki, o`rganiladigan materiallar oldindan
kompyuter xotirasiga joylashtirilgan bo`ladi. O`qituvchi esa kerakli tayyor
Do'stlaringiz bilan baham: |