―ILM-FAN VA TA‘LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR‖ MAVZUSIDAGI
4-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
30 - SENTABR 2020 - YIL
―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal
134
www.academiascience.uz
Tabiatdagi ko`plab hodisalar insoniyatning hayot kechirishi uchun katta
imkoniyatlar yaratdi. Lekin inson buni tushunib yetmadi, balki tabiat hodisalari
insonlar uchun sirli, mavhum bo`lib tuyuldi. Natijada g`ayri tabiiylik yuzaga keldi.,
tabiatni jonlantirish hodisasi kuchaydi. O`simlik inonchlari bilan bog`liq e‘tiqod
qoldiqlari Xorazmda ko`plab uchraydi. Ular genetik jihatdan juda qadimiy bo`lib,
davriy xususiyatga ega. Daraxtlarni ilohiylashtirish, ayrim turlarini muqaddas sanab
ularga sig`inish keng tarqalgan. Daraxt va butalar g`ayri-tabiiy kuchga ega deb,
ulardan tumorlar yasashgan. Eng muqaddas daraxtlar qatoriga tut, jiyda, do`lana,
na‘matak, anor kirgan. [2] Tutdan uchburchak tumorlar yasalib, ustiga naqshlar
tushirilgan. Jiyda, bodom, pista, anor urug`laridan tizilgan marjonlar va ichiga
sarimsoq piyoz, isiriq, garimdori solib tikilgan xaltachalar eng qadimgi tumor-
taqinchoqlar sanalgan. Tut va anordan qilingan tumorlar ayollarga serfarzandlik
ramzi hisoblangan. [3] Undan tashqari arpa somonidan qilingan uchburchak tumorlar
ham hosildorlik ramzi hisoblangan. Farg`on ava Zarafshon vodiylari, Xorazm,
Buxoro, Toshkent hududlarida keng tarqalgan yopiq bilaguzuk sathini arpa donini
ifodalovchi halqalar bilan bezashgan, ko`ksiga taqiladigan temir bo`laklar marjoni –
―javak‖ deb atalgan. Don shaklidagi osma taqinchoqlar ham mavjud bo`lgan. Bu kabi
e‘tiqod turlarining paydo bo`lishi chorvachilik va qishloq xo`jaligi bilan
shug`ullanuvchi qabilalarning hosildorlik inonchlariga borib taqaladi. O`simlik va
daraxtlarni ilohiylashtirishdan tashqari xorazmliklar hayvonlarni ham muqaddas
sanab, ularga hosildorlik ilohlari sifatida qaraganlar. Jumladan, Xorazm totemlaridan
biri Gopadshoh – buqa-odam bo`lib, borliq yaratilishining totemizm bilan
bog`liqligiga ishora hisoblanadi. Avestoga ko`ra, ―xaoma‖ ichimligi bilan abadiy
hayot ato etuvchi totem – Xodayash bo`lib, uning tanasidan o`simliklar va shifobaxsh
giyohlar o`sib chiqqan, urug`idan esa hayvonlar yaralgan. Shuning uchun qadimdan
xorazmlik dehqonlar bahorgi ekish oldidan hosil mo`l bo`lishi uchun dalalarga
hayvonlarning loydan yasalgan haykalchalarini tashlashni odat qilgan.
Demak, Avestoda dunyo yaralishining totemlari sifatida borliq ibtidosi
hisoblangan ilk buqa va uning egizagi – Gayomart – ilk odam deb ta`kidlanadi.
Zardushtiylik qo`shiqlarida ushbu ilk buqa va odam borliq negizida joylashib,
Axrimanning yovuzligi oqibatida halok bo`lganidan keyin buqaning tanasidan 55
turdagi donli, 12 turdagi dorivor o`simliklar o`sib chiqqan, nasl urug`idan esa buqa va
sigir paydo bo`lgan, ulardan 272 turdagi hayvonlar yaralgan. Dastlab Gopadshoh
Xorazmda chorva mollar homiysi va suvlar qo`riqchisi bo`lmish ilohiy buqa-inson
siymosini ifodalagan. Keyinchalik So`g`d hududi bilan bog`langan va Gava
hududining hukmroni Gopadshohga aylangan. So`g`dda Amudaryo xazinasidan
topilgan uzuk-muhrda buqa-odam Gopadshoh tasviri ustida Amudaryo ilohining
Do'stlaringiz bilan baham: |