“UzACADEMIA” scientific-methodical journal
181
www.academiascience.uz
o'qitish texnologiyalarini tatbiq etishni taqozo qiladi. Hozirda o'quvchilarga bilim
berish, bilimlarni oshirishda mustaqil ishlarni uyushtirish, bilimlarni hisobga olish
kabi metodik tavsiyalar tizimi ishlab chiqilmoqda, texnik vositalardan unumli
foydalanish, grammatik ta‘limiy o'yinlarni joriy etish keng tus olmoqda, ta‘lim
jarayonida test topshiriqlaridan, turli boshqotirma va jadvallardan keng foydalangan
holda mashg'ulotlar uyushtirilmoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI.
28.
T. G'afforova, X. G'ulomova. G. Eshturdiyeva. 1-sinfda savod o'rgatish
darslari. - Т.: „O'qituvchi", 1996.
29.
T. G'afforova, E. Shodmonov, X. G'ulomova. Ona tili (1 -sinf uchun
darslik). — Т.: „Sharq", 2005.
30.
www.ziyouz.com
“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA
YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 2
4
-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
“UzACADEMIA” scientific-methodical journal
182
www.academiascience.uz
BO„LAJAK TEXNOLOGIYA FANI O„QITUVCHILARINI KASBIY
FAOLIYATGA TAYYORLASHDA INDIVIDUAL YONDASHUVNING
AHAMIYATI
Sayfullayeva Dilafro‗z Axmadovna
Buxoro davlat universiteti dotsenti
Oliy ta‘lim muassasalarida bo‗lajak texnologiya fani o‗qituvchilarini kasbiy
faoliyatga tayyorlashda o‗qitish samaradorligin oshirish yo‗nalishlaridan biri
individual yondashuv hisoblanadi.
Ta‘limda individual yondashuv ta‘lim oluvchilarning aniq bir kasb faoliyatni
o‗rganishida ularning individual-psixologik xususiyatlarini, qiziqishlari va
moyilliklarini hisobga olgan holda o‗qitishni, bo‗lajak texnologiya fani
o‗qituvchilarning kasbiy faoliyatga tayyorlashda shaxsi, individualligini hamda
o‗zlashtirish imkoniyatlarini yanada to‗laroq ochib berishga qaratilgan. Bu ta‘lim
oluvchining faqat umummilliy, gumanitar, texnologik va kasbiy, amaliy bilimlarni
egallab olishgina emas balki uning intellektini, kreativ va mustaqil ishlash
qobiliyatini shakllantirish hamdir.
Individuallashtirish muammosini hal qilishni pedagoglar va psixologlar
tomonidan bo‗lajak texnologiya fani o‗qituvchilarning kasbiy faoliyatga tayyorlashda
mustaqil ishlarining tashkil etish va boshqarishning maqbul variantini izlash,
talabalarning individual xususiyatlarini o‗rganish, didaktik materiallarni ishlab
chiqish, ularning tavsifi va mazmuni talabalarning fikrlash faoliyati darajasiga,
ularning o‗qitishga tayyorlanganliklari darajasiga bog‗liqligi bir qator ilmiy
tadqiqotlar olib borilgan. SHuningdek tadqiqotlarda o‗qitishning adaptiv tizimlarini
tashkil etishga katta e‘tibor qaratilib, bo‗lajak texnologiya fani o‗qituvchilarning
kasbiy faoliyatga tayyorlashda ijodiy bilish faoliyatining va mustaqil faolligining
individual shakllarini rivojlantirishning muhim yo‗nalishlari bo‗yicha izlanishlar olib
borilgan. O‗qitishning adaptiv tizimlarining mohiyati o‗quv jarayonini ham
o‗qituvchining, ham har bir talabaning maksimal faolligi, e‘tiborni frontal ishdan
mustaqil ishga ko‗chirishdan, uni uzluksiz boshqarish, tezkor aloqani tashkil etish
xisobiga jadallashtirishdan iborat. O‗qitishni individuallashtirish sharoitida esa
bo‗lajak texnologiya fani o‗qituvchilarning kasbiy faoliyatga tayyorlashda mustaqil
ishlarini tashkil etish va boshqarish uchun zarur didaktik sharoitlar tadqiq etiladi.
Tadqiqot ishlarida talabalarning individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olish
imkoniyatlari tadqiq qilingan va adaptiv o‗qitishni tashkil etishning bir qator shakl va
yo‗llarining samaradorligi o‗rnatilgan.
“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA
YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 2
4
-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
Do'stlaringiz bilan baham: |