“UzACADEMIA” scientific-methodical journal
136
www.academiascience.uz
kompetensiyaviy yondashuvdan foydalanib, talabalarga matematik tushunchalarni
hayotiy bog‘liqliklar asosida o‘qitish va o‘rgatishni tashkil qilish bugungi kunda
ta‘limning asosiy omilidir.
Kompetensiya (lot.competo - erishyapman, munosibman, loyiqman) –u yoki bu
sohadagi bilimlar, tajriba. ― Competence‖ so‘zi ― to compete‖ so‘zidan kelib chiqqan
bo‘lib, ―musobaqalashmoq‖, ―raqobatlashmoq‖, ―bellashmoq‖ degan ma‘noni
bildiradi. So‘zma-so‘z tarjima qilinsa ―musobaqalashishga layoqatlilik‖ ma‘nosida
keladi. Ilmiy pedagogik, psixologik manbalarda berilishicha, kompetensiya,
kompetentlilik o‘ta murakkab, ko‘p qismli, ko‘pgina fanlar uchun mushtarak bo‘lgan
tushunchalardir. Shu boisdan uning talqinlari ham hajman, ham tarkibiga ko‘ra, ham
ma‘no, mantiq mundarijasi jihatidan turli-tuman. Atamaning mohiyati shuningdek,
"samaradorlik","moslashuvchanlik",
―yutuqlilik",
―muvaffaqiyatlilik",
"tushunuvchanlik", ―natijalilik", "uquvlilik‖, "xocca", xususiyat‖, sifat", "miqdor"
kabi tushunchalar asosida ham tavsiflanmoqda. Shunga ko‘ra ta‘lim
kompetensiyalarini tasdiqlangan standartda keltirilgan ta‘rif bo‘yicha qabul qilamiz:
•bilim—o‘rganilgan ma‘lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish;
•ko‘nikma—o‘rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo‘llay olish;
•malaka—o‘rganilgan bilim va shakllangan ko‘nikmalarni notanish vaziyatlarda
qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qilish;
•kompetensiya—mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda
qo‘llay olish qobiliyati.
Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan o‘qitishning asosiy mohiyati
fanlardan tashkil etilgan ta‘lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilar tomonidan egallangan
bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘z shaxsiy hayoti davomida, shuningdek, kelgusida
kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida qo‘llay olish kompetensiya¬larini shakllantirishga
yo‘naltirish sanaladi. Ma‘lumki, ta‘lim-tarbiya jarayoni orqali o‘quvchilarda tayanch
kompetensiyalar, jumladan, kommunikativ, axborot bilan ishlay olish, shaxs sifatida
o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi, ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi,
umummadaniy
kompetensiyalar,
matematik
savodxonlik,
fan
va
texnika
yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyalarini tarkib
toptirish vazifasi yuklatilgan. Ta‘lim-tarbiya jarayoniga kompetensiyali yondashuv
o‘qitish maqsadlari¬ga erishish uchun ta‘lim mazmunini boyitish o‘quv jarayonini
innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish va natijalarini tahlil etishga imkon
beradigan umumiy prinsiplar yig‘indisi sanaladi. Ular jumlasiga quyidagilarni
nazarda tutish zarur:
•Talabalarning mustaqil hayotdagi turli faoliyat va yo‘nalishlardagi
muammolarni o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalar, o‘zlarining hayotiy
tajribalari, kuzatishlari, shaxsiy xulosalariga asoslanib hal etish, muammoli
“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA
YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 2
4
-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
Do'stlaringiz bilan baham: |