Tabiat burchagi.
Bu bolaga yovvoyi hayotdagi muammolarini muvaffaqqiyatli hal qilish, bolalarni o’simlik qismlarining vazifalari, o’simliklar qanday nafas olishlari, oziqlanishi, qanday rivojlanishi, ko’payishi, o’simliklarning tuzilishi, o’simliklarning ma’nosi bilan tanishtirishga imkon beradi.
Bu yerda xonaki gullarni parvarishlash ham mumkin. Tajriba shuni ko’rsatadiki bolalar tabiat burchagida o’simliklarni qanday qilib to’g’ri parvarish qilishni o’rganadilar. Shuningdek, bu yerda akvarium joylashtirilib unda baliqlarni ham boqish mumkin. O’simliklarni va akvariumdagi baliqlarni parvarish qilish uchun materiallar ham lozim. Bular navbatchilar uchun fartuklar, suv idishi, baliqlar uchun yemish, purkagich, cho’tkalar, matolar, belkurak.
Do'stlaringiz bilan baham: |