Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo`yiladigan davlat talablari reja: kirish I bob. Maktabgacha ta`lim tizimining yangicha rivojlanishi



Download 57,8 Kb.
bet3/9
Sana22.06.2022
Hajmi57,8 Kb.
#690752
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
109-Nafosat (3)

Kurs ishining ilmiy yangiligi:
-ilk va maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalar rivojlanishiga qo`yiladigan davlat talablari mohiyatini izohlash;
Kurs ishining obekti: tarbiya jarayonida maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo`yiladigan talablardan foydalanish jarayoni.
Kurs ishining predmeti: ilk va maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalar rivojlanishiga qo`yiladigan davlat talablaridan tarbiyalanuvchilarga tarbiyalash jarayonida samarali foydalanishning zamonaviy shakl, usul va vositalari.
Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati: tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati ilgari surilgan muhim nazariy g`oya, taklif etilgan fikr, mexanizm va tarkibiy tuzilma, ishlanmalar,tarbiya jarayonida davlat talablaridagi talablardan keng foydalanish.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi: kirish, ikki bob, besh band, umumiy xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati va ilovalardan tashkil topgan.

I BOB. MAKTABGACHA TA`LIM TIZIMINING YANGICHA RIVOJLANISHI

    1. Maktabgacha ta`lim tizimini rivojlantirish tamoyillari va asosiy yo`nalishlari

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti rahbarligida davlat va jamiyat hayotini, jumladan, ta`lim tizimini tubdan yangilash va isloh etish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Istiqlolning dastlabki yillaridayoq birinchi Prezidentimiz kadrlar tayyorlashning zamonaviy yagona tizimini yaratish g`oyasini ilgari surib: «Ta`lim berishning ma`naviy, axloqiy va kasb malakasi bo`yicha tarbiyalashning mutlaqo yangi tizimi ishlab chiqilishi zarur. Sifat jihatidan butunlay yangi o`quv dasturlari yaratilishi darkor», deya ta`kidlagan edi. Davlatimiz birinchi rahbarining ushbu fikrlari keyinchalik ta`lim-tarbiya sohasiga oid ko`plab qonunlarning, tegishli me`yoriy hujjatlarning, eng muhimi, butun dunyo jamoatchiligi tomonidan tan olingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturining yaratilishiga metodologik asos sifatida hizmat qildi. Ushbu dasturda maktabgacha va maktab, o`rta maxsus va kasb-hunar hamda oliy ta`limni uch bosqichda isloh qilishni, besh bosqichli ta`lim tizimini yaratish ko`zda, tutilgan edi.
Bu boradagi milliy dastur konsepsiyasi O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti tomonidan 1997-yil Oliy Majlisning IX sessiyasida «Barkamol avlod - O`zbekiston taraqqiyotining poydevori» nomli ma`ruzasida asoslab berildi. Unga binoan, mamlakatimizda noyob, dunyoda o`xshashi yo`q uzluksiz ta`lim tizimi yaratildi.
Maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`lim tizimining dastlabki bosqichi hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi - bola shaxsining har jihatdan rivojlanishini ta`minlash, qobiliyatlarini ro`yobga chiqarish, o`qishga, doimiy ta`lim olish uchun zarur bo`lgan ko`nikmalarni shakllantirish va maktabda muvaffaqiyatli o`qish uchun tayyorlashdan iborat. Maktabgacha ta`lim muassasalari bolalarning bilimi va amaliy ko`nikmalarini shakllantirish bilan birga, ularni vatanparvarlik, mustaqillik g`oyalariga sadoqat, tariximiz va boy ma`naviy-ma`rifiy merosimiz va qadriyatlarimizga yuksak hurmat ruhida tarbiyalashda muhim o`rin tutadi.
Maktabgacha ta`lim muassasalari faoliyatining qonuniy asoslari «Ta`lim to`g`risida»gi Qonun (1992-y.), Kadrlar tayyorlash milliy dasturi (1997-y.), «Maktabgacha ta`lim to`g`risida»gi Konsepsiya (2008, 2011), Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 528-son qaroriga «Davlat maktabgacha ta`lim muassasasi to`g`risida”gi NIZOM (2017), «Nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasi to`g`risida NIZOM», «Ilk qadam» o`quv dasturi (2018) “Ta`lim to`g`risida” gi qonun (2020) va boshqa me`yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilab berilgan.
Masalan, 2008-yilda ishlab chiqilgan «Maktabgacha ta`lim to`g`risida»gi Konsepsiyada maktabgacha ta`lim muassasalari taraqqiyotining ustuvor yo`nalishlari, ta`lim- tarbiya ishlarini takomillashtirish usul va uslublari belgilab berilgan bo`lib, bu borada ilgari surilgan davlat talablari har bir bolaning yoshini e`tiborga olgan holda rivojlanish darajasini aniqlash, pedagog va tarbiyachilar ish samaradorligini oshirish imkonini beradi. Vazirlar Mahkamasining 2017- yil 19-iyuldagi 528-sonli qaroriga binoan «Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo`lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta`lim muassasasi to`g`risida»gi qaroriga asosan mazkur nizom jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo`lgan maktabgacha yoshdagi bolalarni sog`lomlashtirishga yo`naltirilgan ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta`lim muassasalarining (keyingi o`rinlarda ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta`lim muassasasi deb ataladi) maqsadi va vazifalarini, uning faoliyatini tashkil etish, moliyalashtirish va ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta`lim muassasasini boshqarish tartibini belgilaydi. Ixtisoslash¬tirilgan maktabgacha ta`lim muassasasi ta`lim-tarbiya berish, korreksion-pedagogik va davolash-sog`lomlashtirish faoliyatni olib boruvchi muassasa hisoblanadi. Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo`lgan bolalarni ularning bilish imkoniyatlariga muvofiq tarbiyalash, nuqsonlarni korreksiyalash, imkoniyatiga muvofiq maktab ta`limiga tayyorlash, jamiyatga moslashuviga ko`maklashish maqsadida tashkil etiladi.
Quyidagilar ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta`lim muassasasining vazifalari hisoblanadi:
-maktabgacha ta`limga qo`yiladigan davlat talablari hamda ular asosida ishlab chiqilgan ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim-tarbiya va sog`lomlashtirish ishlariga qo`yiladigan talablarga muvofiq bolalarning ta`lim- tarbiya olishlarini va korreksion pedagogik ishni ta`minlash;
-korreksion ta`lim-tarbiya jarayonini shaxsgayo`naltirilgan, individual tarzda tashkil etish;
- bolaning ijtimoiy-hissiy rivojlanishi, hayotiy qobiliyatlari shakllanishi uchun zarur korreksion-rivojlantiruvchi ta`lim- tarbiya muhitini yaratish;
- bolaning jismoniy yoki psixik rivojlanishidagi nuqsonlarni bartaraf etish uchun zaruriy korreksion pedagogik ishni tashkillashtirish;
- bolalarni ijtimoiy hayotga va maktab ta`limiga sifatli tayyorlash.
O`zbekiston Respublikasining «Ta`lim to`g`risida»gi qonunga muvofiq, ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta`lim muassasasi akkreditatsiyasi attestatsiya asosida vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
«Maktabgacha ta`lim muassasasi tarbiyalanuvchilarining sog`lom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etish to`g`risida NIZOM»da maktabgacha ta`lim muassasalari tarbiyalanuv-chilarining sog`lom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom talablari mulkchilik shaklidan qat`iy nazar, barcha turdagi maktabgacha ta`lim muassasalariga nisbatan tatbiq etiladi. Tarbiyalanuvchilarning sog`lom va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etish maktabgacha ta`lim muassasalarining oshxonalarida (keyingi o`rinlarda oshxona deb yuritiladi) sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq shart-sharoitlar yaratilgan holda amalga oshiriladi.
Respublikadagi barcha maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarning hayoti va sog`lig`ini muhofaza etish masalalariga alohida e`tibor qaratib kelinmoqda. Jumladan, Maktabgacha ta`lim va Sog`liqni saqlash vazirliklari tomonidan ishlab chiqilgan «Maktabgacha ta`lim muassasalarida bola hayoti va sog`lig`ini muhofaza etish tartibi to`g`risida»gi Nizomda bolalar hayoti va sog`lig`ini muhofaza etishni tashkil qilish tartibi, bolalarning muassasaga kelib-ketish qoidalari, binoda sog`liqni muhofaza etishga, yong`in xavfsizligiga doir talablar bayon etilgan.
O`zbekistonda maktabgacha ta`lim muassasalarining zamonaviy tizimi:
> Maktabgacha ta`lim va boshlang`ich ta`lim muassasasi (bolalar bog`chasi - maktab);
> bir necha ustuvor yo`nalishda faoliyat yurituvchi maktabgacha ta`lim (badiiy-estetik, tillarni o`rganish va sport yo`nalishlari va h.k);
> tarbiya jismoniy va ruhiy rivojlanishdagi og`ishlarni kvalifikatsion yaxshilovchi tiklovchi turdagi bolalar bog`chasi;
> tibbiy-gigiyenik, profilaktik va sog`lomlashtirish tadbirlari orqali jismonan zaif bolalarga qarab tu- rish va ularning sog`lig`ini tiklashga yo`naltirilgan bolalar bog`chasi;
> birlashtirilgan turdagi bolalar bog`chasi (birlashtirilgan turdagi bolalar bog`chasiga rivojlantiruvchi, tiklovchi va rivojlantiruvchi guruhlar umumlashtirilgan ko`rinishda kiradi). Ta`kidlash joizki, maktabgacha ta`lim oldida turgan maqsad hamda vazifalarni amalga oshirishda jamoat va Hayriya tashkilotlari, mahalla, xalqaro jamg`armalar, shuningdek, tadbirkorlik tuzilmalari faol ishtirok etib kelmoqda.
Bugungi kunga kelib, respublikada maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim-tarbiya ishlari amaldagi qonunchilikka binoan o`zbek, rus, qoraqalpoq, tojik, qirg`iz va qozoq tillarida olib borilmoqda.
O`zbekiston Respublikasining ta`lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
1)ta`lim-tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterga ega ekani;
2)ta`limning uzluksizligi va izchilligi;
3)o`rta maxsus, kasb-hunar ta`lim yo`nalishini akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o`qishni tanlashning ixtiyoriyligi;
4)ta`lim tizimining dunyoviyligi;
5)Davlat ta`lim standartlari doirasida ta`lim olish huquqiga ega ekani;
6)ta`lim dasturini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
7)har bir shaxsning bilim olishi va iste`dodini rivojlantirishning rag`batlantirilishi;
8)ta`lim tizimida davlat va ijtimoiy boshqaruvning o`zaro uyg`unligi.
Uzluksiz ta`lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat ta`lim muassasalarini tarkibiy jihatdan o`zgartish va ularni izchil rivojlantirish davlat tomonidan boshqarib boriladi. Barcha bo`g`in ta`lim boshqaruv organlarining huquq va vakolatlari «Ta`lim to`g`risida»gi qonunga muvofiq belgilanadi. Mazkur qonun ta`lim muassasalari faoliyatining me`yoriy-huquqiy asoslarini belgilab berish barobarida uning moliya xo`jalik ishlarini to`g`ri va oqilona yuritishni, ta`lim jarayonini tashkil etishda o`quv yurtlarining mustaqil faoliyat ko`rsatishini ta`minlaydi. Shunday qilib, mustaqillik yillarida mamlakatimizda ta`lim tizimi, jumladan, maktabgacha ta`lim tizimini tubdan yangilash va takomillashtirish davlatimiz siyosatining ustuvor yo`nalishlaridan biriga aylanadi.

Download 57,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish