Ilk uygonish davri goyalari.
Reja:
Abu Nasr Forobiyning iqtisodiy g'oyalari
Abu All ibn Sinoning iqtisodiy g'oyalari
Yusuf Xos Xojib asarlarida iqtisodiy goyalar
Abu Rayhon Berimiyning iqtisodiy ixtirosi
X-XII asrlarga kelib Urta Osiyo ilgor ijtimoiy tafakkurning Sharkdagi yirik markazlaridan biriga aylandi. Bu davrda feodal davlat markazlashgan va eng rivojlangan pallaga kirdi. Urta Osiyo Yevropani Osiyo bilan boglovchi yirik moddiy, madaniy va savdo markaziga aylandi. Bu jarayonlar bir-biridan minglab chakirim uzoklikdagi davlatlar, xalklar urtasidagi iktisodiy munosabatlarni shakllantirdi.
Bu davrda butun dunyoga tanilgan Al-Fargoniy, Al-Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Nizom-ul-mulk va boshka kuplab mutafakkirlar yashab, ijod kilishdi. Ularning asarlarida iktisodiy goyalar xam uz aksini topgan. Shark renessansi davridagi olimlar shu davrdagi tijorat, mulkdorlik xunari sirlarini bayon etganlar. Ularning asarlaridagi umumbashariy iktisodiy taffakkur bugungi kunda xam dolzarbligi bilan muxim urin tutadi.
1. Abu Nasr Forobiyning iqtisodiy g'oyalari
Abu Nasr Forobiy va Abu Ali ibn Sino iqtisodiy merosi markazida inson va uning ehtiyojlarini qondirish masalasi turadi. Zero, yuqorida aytilganidek, inson bu dunyoning oliy ne'mati va uning ehtiyojlarini qondirish har qanday jamiyatning yashash va rivojlanish shartidir. Albatta, inson ehtiyojlari turli-tuman va doimiy o'sib boruvchidir. Odamlar ehtiyojlarini iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma'naviy guruhlarga ajratish mumkin. Ammo inson ehtiyojlari ichida ustuvor o'rinda iqtisodiy-ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish turadi.
Abu Nasr Forobiy buyuk ajdodlarimizdan biridir. U ilm-fan tarixiga Sharqning buyuk faylasufi, Sharq Arastusi, Sharq Aflotuni kabi mashhur nomlar bilan muhrlangan. Uning iqtisodiy va boshqa ijtimoiy qarashlari Arastu va Aflotun asarlarini tushuntirishga qaratilgan bir qancha asarlarida bayon etilgan, jumladan, uning iqtisodiy dunyoqarashi «Fozil odamlar shahri» asarida ham o'z ifodasini topgan.
Mutafakkir Aflotun qarashlari haqida gapirar ekan, «mulkka ega bo'lish yomon odat emasligini, qashshoqlikda (mulksiz) yashagandan ko'ra, badavlat yashamoq afzaldir», degan fikrni aytadi. Faqat «mulknibefoyda jamg'arishdan saqlanish zarur», degan fikrni ilgari suradi. Fikrini davom ettirib yozadiki: «Odamlarga, avlodga zarar keltirmaydigan mol-mulk orttirish foydali ishdir; bunda qonunlar yordamida ruh va badanni e'zozlanishiga sazovor qiladigan tarbiya muhim ahamiyatga ega. Faqat boshqalar uchun zarar keltiradigan boylik to'plash, mol-mulkka ega bo'lish yomon odatdir1».
Olim Aflotun falsafasini sharxlar ekan, odamlarni mulkiy qonunlar asosida tarbiyalash masalasiga alohida e'tibor beradi. «Agar shahar aholisi ma'rifatsiz, tajribasiz odamlar va bolalardan iborat bo'lsa, u holda ular qonun o'rnatgan tartib va boshqaruv usulini qabul qilmaydilar». (O'sha joyda, 39-bet. ) Qayd etiladiki, qonunlar asosida, ya'ni huquqiy tarbiya ijtimoiy-iqtisodiy hayotda g'oyat muhim ahamiyatga ega. Huquqiy tarbiya faqat o'zini emas balki boshqalarni ham o'ylab yashash va ishlashga xizmat qiladi, mulkni, manbalarni to'g'ri tasarruf etish, undan yaxshi natijalar olishga da'vat etadi. Shuning uchun ham mamlakatimizning Ta'lim to'g'risidagi Dasturi va Qonunida huquqiy va mulkiy tarbiyaga katta o'rin ajratildi. Forobiy uqtiradiki, «Mulk orttirishda unchalik xavf yocq, ammo uni ehtiyot qilib saqlash kerak. Agar boshqa birovlar hisobiga mulk orttirganlar jazolanmasalar, u holda shahar aholisidan insof va shuhrat yo'qoladi. Mulkni ehtiyot qilib saqlab, ocz ehtiyoji uchun ishlatsa, bu yomon ish -hisoblanmaydi».
Bu korsatmalarning ahamiyati bugungi kunda juda ham katta. Zero, odamlar, mustaqillik va demokratiya tufayli mulkdor bo'lmoqdalar. Biroq mulkdor bo'lish boshqa-yu, mulkni ehtiyot qilib, oczi va jamiyati uchun samarali foydalanish undan ham muhim.
Ishlab chiqarish va iste'mol uchun harajat qilish muayyan zaruratdir. Ishlab chiqarish va hayotning samarasi ko'pincha ana shu harajatlar miqdori, tartibi va mezonlariga ham bog'liqdir. Olim hisoblaydiki, yashash uchun ega bo'lingan mablagclami, mahsulotlar va mulkni to'g'ri taqsimlan- masa, me'yori bilan harajat qilinmasa, bunday ishda «nomaqbulchilik ro'y beradi». «Bu — boshqarilishi eng qiyin bo'lgan ishdir, kimda-kim ocz ixtiyorida bo'lgan mulkni foyda chiqarish uchun muomalaga qo'ymasa, uni faqat oЈzi uchungina jamg'arsa, juda katta zarar keltiradi».
Forobiy qarashlarida taqsimot masalasi juda keng va o'ziga xos usulda talqin etiladi. U jamiyat va odamlar yo'lidagi mulk va noz-ne'matlarni to'g'ri taqsimlash davlat qurilishida asosiy masaladir, degan fikrni bildiradi. Demak, jamiyat hayotida eng muhim muammolardan biri mulkni, mahsulotlarni kerakli maqsadlarga to'g'ri, samarali taqsimlanishidir. Taqsimot ishi maqsadga muvofiq yo'lga qo'yilmas ekan, ko'pchilik odamlar bachkanalashib ketadi, odamlar faqir ahvolga tushib qoladi.
Taqsimot mavjud mulk, mahsulot, boyliklar hisobini to'g'ri yo'lga qo'yishdan boshlanadi. Xuddi ana shu fikr Forobiy tomonidan oldingi o'ringa chiqariladi. «Awalo, — deydi olim, — yer va joylarning miqdori, keyin ularning egalari va tutgan o'rinlari, so'ngra nihoyatda zarur narsalar bo'lgan oziq-ovqatlar, ekiladigan yerlar, saroy va shaxsiy uylarning miqdori hisobga olinishi zarur1». Forobiy Aflotunning quyidagi fikrlarini alohida ajratib keltiradi: «Taqsimotning ishi juda qiyin, lekin juda zarar ishdir». Buyuk daholarning taqsimot va mulkni tasarruf etish masalalariga bu qadar chuqur qarashlari bejiz emas.
Albatta, taqsimot mavjud narsalar taqsimotidir, u ishlab chiqarishga nisbatan vaqt jihatidan keyingi o'rinda turadi, ishlab chiqarish munosabat- laridagi ikkinchi bo'g'indir. Biroq shuni unutmaslik kerakki, taqsimot ishlab chiqarishning boshqa tomoni, aslida uning davomi va takrorlanishidir. Buning ma'nosi shuki, to'g'ri va adolatli taqsimot tizimi yaratilgan sharoitdagina ishlab chiqarish natijalari shunchalik yaxshi bo'ladi. Bu yerda gap faqat makroiqtisodiy darajadagi taqsimot ustidagina borayotgani yo'q, bu xulosa mikroiqtisodiyotning barcha bo'g'inlari uchun ham bab-baravar ahamiyatga ega. Forobiyning iqtisodiy qarashlarida jamiyat hayotining eng muhim masalalari ko'tarilgan.
Sharq falsafasida ehtivoilar masalasi deganda odamlar ehtiyojlari va ularning qondirish vositalarini qidirish emas, balki har bir odamning shaxs sifatidagi zaruriy ehtiyojlarni tadqiq qilish va ularni qondirish muammolari muhim ahamiyat kasb etadi. Ana shu ehtiyojlar tizimida odamning shunday fiziologik ehtiyojlari mavjudki, ular faqat harakat qilish, mehnat va yaratuvchanlik (ishlab chiqarish) bilan qondiriladi. Demak, inson ehtiyojlarining eng muhimi mehnat qilish (yaratuvchanlik) ehtivoiidir. barcha ehtiyojlarni qondirishga ham xuddi ana shu mehnatga bo'lgan ehtiyojni qondirish orqali erishiladi. Sharq iqtisodiy tafakkuri markazida inson va uning ehtiyojlari, ularni qondirish masalasining turishi bejiz emas.
Ijtimoiy-iqtisodiy tafakkurning ana shu eng dolzarb masalasi Sharqning buyuk farzandi, faylasuf Abu Nasr Forobiy asarlarida asosiy o'rin olganligi fikrimizning dalilidir. Sharq Arastusi nomi bilan mashhur bo'lgan alloma Arastu falsafasi tahliliga bag'ishlangan asarida iqtisodiyot fanining muhim kategoriyasi bo'lgan ehtiyojlar masalasiga alohida e'tibor berib, ehtiyojlarni qondirish inson harakatining markazida turajagini ko'rsatdi. U inson ehtiyojlarini qondirishda mehnat va mehnat qurollarining o'rni beqiyos ekanligini uqtirib o'tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |